Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар
Download 1.64 Mb.
|
Маъруза
2 – savol bayoni. Investitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har bir mulk egasi, birinchi navbatda o‘z manfaatini ko‘zlab yagona maqsadga, ya’ni foyda olish va samaraga erishishni rejalashtiradi. Korxonaning taraqqiyot strategiyasi haqiqatda investitsion faoliyat orqali amalga oshadi va shu orqali ro‘yobga chiqadi. Bu o‘z ichida kompleks tizimlar harakatini va uzoq muddatli maqsadlarga erishish vositalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Investitsion faoliyat tizimi korxona xo‘jalik yuritishning har qanday darajasida investitsiyalarni joylashtirish, ularni amalga oshirish va boshqarishdan iborat bo‘ladi. Investitsion faoliyat tizimi nafaqat har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, balki turli daraja va o‘lchami, kelajakdagi istiqbol taraqqiyot strategiyasiga qaramay butun bir iqtisodiy tizimning muhim shartlaridan hisoblanadi. Investitsiya faoliyatini tashkil etishda ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni mohiyatini chuqur anglagan holda ish yuritishi muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, ya’ni mulk egasi tez o‘zgaruvchan bozor iqtisodiyoti va uning ko‘pqirrali munosabatlarini har tomonlama anglay bilishi lozim. Investitsiya faoliyatini yuritishda investor pul muomalasi, moliya kredit va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay turib, investitsiya faoliyatini tashkil etish tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lib, qisqa davr ichidagi inqirozga uchrashi mumkin. Sanoati rivojlangan davlatlarda investitsiya faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
fuqarolar, davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar, xo‘jalik assotsiatsiyalari, jamoa va o‘rtoqlik xo‘jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan tashkilotlar, nodavlat korxonalari va muassasalari; davlatni ma’muriy va boshqaruv bo‘linmalari, tashkilotlari hamda davlat korxonalari va muassasalari; chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va halqaro moliya – kredit institutlari; qo‘shma korxona ko‘rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar va davlatlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yo‘lga qo‘yilishi, jahon iqtisodiy aloqalarini taraqqiy etishi, qo‘shma korxonalarni iqtisodiyotni barqarorlashtirishda rolini ortishi investitsiya faoliyatini to‘la tashkil etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadi. Mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi, o‘z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el kapitalining kirib kelishi investitsiya faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlarini ham aniqlab beradi. Bunday sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo‘jalik aloqalarini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilashdir. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan tartibda, qimmatli qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Mamlakat miqyosidagi manbalar hisobiga, turli mulk egalarining mablag‘lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarni ulushi, chet el investitsiyalari orqali olib boriladi. Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotini barqarorligi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojini ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va boshqalar yetakchi rol o‘ynaydi. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash hamda u yoki bu yo‘nalishda sarflash va jamg‘arish mamlakatdagi taqsimot tizimiga bog‘liqdir. Qabul qilingan qonunlarni va ularni hayotga tatbiq etilishi eng avvalo bozor munosabatlarining rivojlantirishga, tadbirkorlik, ishbilarmonlikni keng ko‘lamda tarqalishiga xizmat qilsa unda investitsiya manbalari tarkibida davlat mablag‘lari kamayishi hisobiga boshqa mulkdorlar mablag‘lari o‘sib boradi. Ishlab chiqarish munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va davlatning samarali moliya siyosatini yuritish alohida ahamiyatga egadir. Xorijiy kapitalni kirib kelish darajasi ustun darajada mamlakatni olib borayotgan moliya siyosatiga (fiskal siyosati) bog‘liqdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarimiz o‘zining rivojlanish yo‘lida odimlanishi bilan birga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytinglarida o‘zining ijobiy ifodasini ham topmoqda. Investitsion faoliyatni ro‘yobga chiqarish jarayonida qulay muhit sharoitini yaratib beradi yoki aksincha unga to‘siq bo‘ladi. Chunki korxona tomonidan amalga oshirishda investitsiya siyosatini dastlabki manbai investitsiya faoliyatini strategik rejalashtirishga bog‘liq. Korxona tomonidan to‘g‘ri deb tan olingan strategik rejalashtirish ichki davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ma’muriy usullar va tashqi muhit sharoitidagi inqirozlar mazkur jarayonni buzilishiga olib keladi. Shuningdek tadqiqotlarda kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari raqobatbardoshlikka chidamliligi hamda bozordagi mavqiye ham hisobga olinadi. Albatta bu ko‘rsatilgan holatlar ssenariysi kompaniya investitsion siyosatini vujudga keltiradi. Mana shu doirada investitsion faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi, ya’ni: - investitsion faoliyatning barcha umumiy yo‘nalishlari tanlanadi va investitsiyalashning ustuvor shakllari belgilanadi; - investitsion faollikning imkoniyatlarning geografik chegaralari belgilanadi; - investitsiyalashnig aniq mo‘ljallangan sohasi aniqlanadi; - yuqori tavakkalchilikka erishish mumkin bo‘lgan chegara qabul qilinadi; - moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan shakllari aniqlanadi; - samaradorlikning maksimal va minimal erishish mumkin bo‘gan ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritiladi (kapital qiymati, qarz majburiyati, rentabillik darajasi, moliyaviy dastak koefitsenti va boshqalar); - investitsion faoliyat samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar aniq tizimi shakllantiriladi; - korxonaning investitsion jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan va uni ro‘yobga chiqarish va amalga oshirish bosqichi muddatlari belgilanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling