Kafedrasi malaka oshirish
Boshlang„ich 1-4-sinf ona tili darsliklari, ularga yaratilgan
Download 417.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona-tili-fanini-oqitish-metodikasi
1.3. Boshlang„ich 1-4-sinf ona tili darsliklari, ularga yaratilgan
multimedia ilovali metodik qо„llanmalar, ular mazmunining DTS va о„quv dasturlarga mosligi. 2014 yil, 19 fevral kuni tasdiqlangan О‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti qarorining Q-2133 sonli «Sog‗lom bola yili davlat dasturi tо‗g‗risida»gi qaroridagi 71, 75-bandlarida e‘tirof etilgan vazifalarning ijrosini ta‘minlash maqsadida boshlang‗ich sinf о‗qituvchilari uchun metodik qо‗llanmalar yaratish, nashr etish hamda darsliklarning multimediali ilovalarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishning 2014-2017 yillarga mо‗ljallangan rejasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan 2014 yilning 7 mart kuni tasdiqlandi va rejaga asosan ijodiy guruh tomonidan yaratilish muddatlari belgilab olindi. 2014 yilda 1-sinf uchun: ―Savodga о‗rgatish‖, ―Ona tili‖, ―О‗qish‖, ―Matematika‖, ―Atrofimizdagi olam‖ fanlaridan, 2015 yilda 2-sinf uchun: ―Ona tili‖, ―О‗qish‖, ―Matematika‖, ―Atrofimizdagi olam‖ fanlaridan, 2016 yilda 3-sinf uchun: ―Ona tili‖, ―О‗qish‖, ―Matematika‖, ―Tabiatshunoslik‖ fanlaridan, 2017 yilda 4-sinf uchun: ―Ona tili‖, ―О‗qish‖, ―Matematika‖, ―Tabiatshunoslik‖ fanlaridan ilg‗or pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida metodik qо‗llanmalar yaratilishi rejalashtirildi. Mazkur qarorning ijrosi sifatida shu kunga qadar 1-3-sinf ona tili fani bo‗yicha multimedia elektron ilovalar, metodik qo‗llanmalar yaratildi. Bu qo‗llanmada ilg‗or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib o‗qitiladigan dars ishlanmalari, multimedia elektron ilovalar, dars jarayonida qo‗llaniladigan metod va usullar, didaktik o‗yin texnologiyalar, mantiqiy mashqlar va darslikdagi mualliflar haqida ma`lumotlar o‗rin olgan. Ular o‗quvchilarni o‗ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi. Metodik qo‗llanmalarda o‗quvchilarni o‗quvchilarning og‗zaki nutqini o‗stirish, lug‗atini yangi so‗zlar bilan boyitish, so‗zlardan nutqida to‗g‗ri va o‗rinli foydalanishga o‗rgatish maqsad qilib olingan. 7 Har bir o‗qituvchi 1-3-sinf ona tili fanidan yaratilgan ilovali metodik qo‗llanmalardan ta‘lim sifatini oshirishda о‗rinli va maqsadli foydalanishi zarur. Ayniqsa, ona tili darslarida matn ustida ishlashga va ularning xususiyatlari haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitishga alohida e‘tibor qaratish lozim. Shuning uchun mazkur metodik qo‗llanmalar mazmuni, unda berilgan didaktik materiallar, savol-topshiriqlarga ilmiy va tanqidiy yondashuv asosida amaliyotga tatbiq etish talab etiladi. Download 417.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling