Kafedrasi malaka oshirish


Download 417.46 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.06.2019
Hajmi417.46 Kb.

 

О„ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‟LIMI VAZIRLIGI 



 

TOSHKENT SHAHAR XALQ TA‟LIMI XODIMLARINI QAYTA 

TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 

 

“MAKTABGACHA, BOSHLANG„ICH VA MAXSUS TA‟LIM” 



KAFEDRASI 

 

 



MALAKA OSHIRISH “BOSHLANG„ICH TA‟LIM O„QITUVCHILARI” 

KURSLARI

 

UCHUN 

 

“ONA TILI FANINI O„QITISH METODIKASI” MODULI BО„YICHA 



Ma‟ruza matni 

 

 

 

 

Tuzuvchi: 

―Maktabgacha, boshlang‗ich  

va maxsus ta‘lim‖ kafedrasi  

                          katta о‗qituvchisi G.Mamatova 



 

 

 

TOSHKENT - 2017 

  


 

Ma‟ruza I 



“Boshlang„ich ta‟lim ona tili fanidan DTS va  о„quv dasturi, darslik. 

Multimediyali о„quv qо„llanmalar hamda ularning tahlili”. 

Reja: 

 

1.1. DTSning  tarkibiy  tuzilishi,  boshlang‗ich  ta‘lim  ona  tili  fanidan 



umumiy  о‗rta  ta‘limning  Davlat  ta‘lim  standartida  о‗quvchilarning  tayyorgarlik 

darajasiga qо‗yiladigan zaruriy talablar.  

 

1.2. Ona 



tili  fanidan  о‗quv  dasturiga  kiritilgan  о‗zgarishlar, 

kompetensiyaviy yondashuv asosidagi о‗quv dasturining mohiyati.  

1.3. Boshlang‗ich  1-4-sinf  ona  tili  darsliklari,  ularga  yaratilgan 

multimedia  ilovali  metodik  qо‗llanmalar,  ular  mazmunining  DTS  va  о‗quv 

dasturlarga mosligi. 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  o‗quv  dasturi,  darslik, 

uzviylikmultimedia, metodik qо‗llanma, bilim, kо‗nikma, malaka. 



 

1.1.  DTSning  tarkibiy  tuzilishi,  boshlang„ich  ta‟lim  ona  tili  fanidan 

umumiy  о„rta  ta‟limning  Davlat  ta‟lim  standartida  о„quvchilarning 

tayyorgarlik darajasiga qо„yiladigan zaruriy talablar.  

Boshlang‗ich  ta‘lim  umumiy  о‗rta  ta‘limning  asosiy  poydevori  sanalib, 

о‗quvchilarning kelajakda komil inson bо‗lib voyaga yetishini  ta‘minlovchi asosiy 

ta‘lim bosqichi  hisoblanadi.  

―Umumiy  о‗rta  va  о‗rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limining  davlat  ta‘lim 

standartlarini  tasdiqlash  tо‗g‗risida‖  О‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli qarori tasdiqlandi.  

Davlat  ta‟lim  standartining  maqsadi  —  umumiy  о‗rta  ta‘lim  tizimini 

mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy 

mamlakatlarning  ilg‗or  tajribalari  hamda  ilm-fan  va  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalariga  asoslangan  holda  tashkil  etish,  ma‘naviy 

barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 

Umumiy  о‗rta  va  о‗rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limining  davlat  ta‘lim 

standartining vazifalari quyidagilardan iborat: 

-

 



umumiy о‗rta ta‘lim mazmuni va sifatiga qо‗yiladigan talablarni belgilash; 

-

 



milliy,  umuminsoniy  va  ma‘naviy  qadriyatlar  asosida  о‗quvchilarni 

tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 

-

 

о‗quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 



texnologiyalarini  joriy  etish,  umumiy  о‗rta  ta‘lim  muassasalarining 

о‗quvchilari  va  bitiruvchilarining  malakasiga  qо‗yiladigan  talablarni 

belgilash; 


 

-



 

kadrlarni  maqsadli  va  sifatli  tayyorlash  uchun  ta‘lim,  fan  va  ishlab 

chiqarishning samarali integratsiyasini ta‘minlash; 

-

 



ta‘lim  va  uning  pirovard  natijalari,  о‗quvchilarning  malaka  talablarini 

egallaganlik  darajasini  tizimli  baholash  tartibini,  shuningdek  ta‘lim-tarbiya 

faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; 

-

 



davlat  ta‘lim  standartlari  talablarining  ta‘lim  sifati  va  kadrlar  tayyorlashga 

qо‗yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta‘minlash. 

Umumiy  о‗rta  ta‘limning  malaka  talablari  umumta‘lim  fanlari  bо‗yicha  ta‘lim 

mazmunining  majburiy  minimumi  va  yakuniy  maqsadlariga,  о‗quv  yuklamalari 

hajmiga  hamda  ta‘lim  sifatiga  qо‗yiladigan  talablardan  iborat  bо‗lib,  u 

quyidagilardan tashkil topadi: 



Davlat ta‟lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: 

о‗quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; 

umumiy о‗rta ta‘lim mazmunining insonparvarligi; 

davlat ta‘lim standartining ta‘lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, 

shaxs ehtiyojiga mosligi; 

umumiy  о‗rta  ta‘limning  boshqa  ta‘lim  turlari  va  bosqichlari  bilan 

uzluksizligi va ta‘lim mazmunining uzviyligi; 

umumiy о‗rta ta‘lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi 

va yaxlitligi; 

umumiy о‗rta ta‘limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 

innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; 

о‗quvchilarda  fanlarni  о‗rganish  va  ta‘lim  olishni  davom  ettirish  uchun 

tayanch 

va 


fanlarga 

oid 


umumiy 

kompetensiyalarni 

rivojlantirishning 

ta‘minlanganligi; 

rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  ta‘lim  sohasida  meyorlarni  belgilash 

tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. 



Davlat ta‟lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 

umumiy о‗rta ta‘limning tayanch о‗quv rejasi; 

umumiy о‗rta ta‘limning о‗quv dasturi; 

umumiy о‗rta ta‘limning malaka talablari

baholash tizimi. 

 



bilim — о‗rganilgan ma‘lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;  

 



kо„nikma — о‗rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qо‗llay olish;  

 



malaka  —  о‗rganilgan  bilim  va  shakllangan  kо‗nikmalarni  notanish 

vaziyatlarda qо‗llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;  

 

kompetensiya  —  mavjud  bilim,  kо‗nikma  va  malakalarni  kundalik 



faoliyatda qо‗llay olish qobiliyati. 

 

 



 

 



1.2. Ona  tili  fanidan  о„quv  dasturiga  kiritilgan  о„zgarishlar, 

kompetensiyaviy yondashuv asosidagi о„quv dasturining mohiyati.  

 Boshlang‗ich  sinflar  ona  tili  ta‘limi  o‗quvchilarda  nutq  faoliyatining  asosiy 

turlarini o‗stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‗zda 

tutadi:                              

Boshlang‗ich  sinflarda  ona  tilidan  beriladigan  bilimlar  mazmunini  o‗zbek 

tilining  tovush  tuzilishi va  yozma  nutqda  tovushlarni   ifodalash  usullari  haqidagi, 

so‗zlarning  o‗zgarishi  va  gapda  so‗zlarning  bog‗lanishi  haqidagi,  so‗zlarning 

morfemik tarkibi va so‗z yasalishi, so‗zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, 

o‗zbek  tilining  to‗g‗ri  yozuv  qoidalari  va  tinish  belgilarining  ishlatilishi  haqidagi 

bilimlar  tashkil  etadi.  Berilgan  bu  bilimlar  o‗quvchilar  nutqini  o‗stirishga  xizmat 

qiladi.                    

Ona  tili  o‗qitishning  mazmuni  va  metodlari  o‗quvchilarga  dastur  talab  qilgan 

hajmda puxta bilim berish,  ko‗nikma va malakalar hosil qilishga   ko‗maklashishi  

lozim.                                    

Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – 

barang  jabhalarida,  muloqot  va  munosabatning  barcha  turlarida  o‗zbek  tilidan 

bemalol  –  erkin,  samarali  va  to‗g‗ri  foydalana  olish,  uning  cheksiz  imkoniyatlaridan 

to‗laqonli bahramand bo‗lish, zaruriy ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lishlari kerak. 

«Ona tili» darslarida o‗quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‗naltirish lozim. 

Shuning  uchun  ushbu  dastur  va  u  asosida  yaratilajak  darsliklarda  grammatik 

qoidalarni  yodlatishdan  voz  kechish,  ijodiy  tafakkur  tarzini  shakllantirish, 

dars  va  mashg‗ulotlarni  o‗quvchilarning  nutqiy  malakasini  yuzaga  keltirishga  qaratish 

maqsad qilib olindi. 

  Umumiy о„rta ta‟lim muassasalarida ona tili fanini о‗qitishning maqsadi – 

о‗quvchilarda  og‗zaki  va  yozma  nutq  kо‗nikmasini,  ijodiy  fikrlash  malakasini, 

kitobxonlik  va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.  

Ona tili fanini о„qitishning asosiy vazifasi: о‗quvchi shaxsini fikrlashga, 

о‗zgalar fikrini anglashga, о‗z fikrini og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon 

qila  olishga  qaratilgan  nutqiy  kompetensiyani  rivojlantirish;  о‗quvchilarda 

grammatikaga  oid  bilimlarni  (fonetika,  leksikologiya,  sо‗zning  tarkibi,  sо‗z 

yasalishi,  morfologiya,  sintaksis,  yozuv  va  imlo,  tinish  belgilari,  nutq  uslublari, 

stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish  hamda   ona tilining 

keng  imkoniyatlaridan  unumli  foydalangan  holdaо‗qigan,  kо‗rgan,  eshitganlarini 

nutqiy  tо‗g‗ri  va  ravon  bayon  eta  olish  kо‗nikmalarini  rivojlantirishga  qaratilgan 

lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.   

Ona  tili  fanini  о‗quv  dasturi  о‗quvchilarda  kompetensiyalarni 

shakllantirishga  yо‗naltirilgan  Davlat  ta‘lim  standarti  talablaridan  kelib  chiqib 

tuzildi.    О‗quv  dasturida  о‗quvchilarda  fanga  doir  nutqiy  va  lingvistik 



 

kompetensiyalarni 



hamda 

tayanch 


kompetensiyalarning 

elementlarini 

shakllantirish kо‗zda tutilgan.   

Boshlang„ich  ta‟limda  –  о‗quvchilarning  savodxonligini  ta‘minlash,  og‗zaki 

va yozma nutqida adabiy nutq meyorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.  

Boshlang‗ich  ta‘lim    ona  tili  о‗quv  dasturi  quyidagi  bо‗limlarni  о‗z  ichiga 

oladi: 



1.  Savod о‘rgatish va nutq о‘stirish.   

2.  Fonetika, grammatika, imlo va nutq о‘stirish.   

        Savod  о‗rgatish  davri  2  sentabrdan  to  dekabr  oyining  oxirigacha  bо‗lgan 

muddatni,  ya‘ni  2  о‗quv  choragini  qamrab  oladi.  Savodga  о‗rgatish  jarayoni 

tayyorgarlik  va  Alifbe  davridan  tashkil  topadi.  Tayyorgarlik  va  Alifbe  davrida 

ta‘lim savodga о‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga 

oshiriladi.    Savodga  о‗rgatishning  tahlil  -tarkib      usuliga  kо‗ra  matndan  gap, 

gapdan sо‗z, sо‗zdan bо‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush > bо‗g‗in > sо‗z > 

gap  >  matn  uzviy  aloqada  butundan  bо‗lakka,  bо‗lakdan  butunga  qarab  tahlil  va 

tarkib  qilinadi.  Bu  esa,  о‗quvchilar  tafakkur  faoliyatini  onglilik,  tushunarlilik, 

mantiqiylik,  didaktik  mezonlar  asosida  rivojlantirish  imkoniyatini  vujudga 

keltiradi.  Boshlang‗ich  ta‘limning  ilk  savodga  о‗rgatish  davridanoq,  о‗quvchilar 

nutqini yangi sо‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. 

"Alifbe" darsligida berilgan: yangi sо‗zlar, matn, kichik hikoya va she‘rlardan 

foydalanib,  о‗quvchilarni  sо‗z  ma‘nosi  bilan  atroflicha  tanishtirishda,  she‘riy  va 

nasriy  matnlarni  yodlatish,  qayta  hikoyalashga  e‘tibor  beriladi.  Sinfdan  tashqari 

о‗qish  darslari  о‗quvchilarni  bolalar  adabiyoti  namunalari  bilan  tanishtirib 

borishga,  ularni  mustaqil  о‗qishga,  о‗qituvchi  va  ota-onalar  yordamida  badiiy 

о‗qishga  qiziqtirish,  nutqini  boyitish  va  rivojlantirishga  yordam  beradi. 

Boshlang‗ich  ta‘limning  ilk  savodga  о‗rgatish  davridanoq,  о‗quvchilar  nutqini 

yangi sо‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi.  



Husnixatga  о‘rgatish.    Husnixatga  о‗rgatishning  vazifasi  harf,  sо‗z,  gap  va 

matnni  tо‗g‗ri  va  chiroyli  yozishni  takomillashtirishdir.    Yozuvni  о‗rganish 

jarayonida  о‗quvchi  tovushning  shakli  bо‗lgan  harfni,  sо‗z  va  gapni  kitobdan  va 

doskadan  tо‗g‗ri,  husnixat  qoidalariga  rioya  qilib  kо‗chirib  yozish,  yozganlarini 

tekshira  olish  va  yо‗l  qо‗ygan  grafik  kamchilik  hamda  xatolarini  о‗qituvchi 

rahbarligida  о‗zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish kо‗nikmalari ham 

rivojlantirib boriladi.1-sinfda  о‗quv yilining                        2-yarmidan boshlab 

husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir 

Ona tili darsining 5-8 daqiqasi  ―Husnixat daqiqasi‖ga ajratiladi.  

1-4-sinflarda  ―Iqtisod  va  soliq  alifbosi‖  fanining  sodda  elementlari  ona  tili 

fani mazmuniga, ya‘ni mavzular kesimida ham singdirib о‗qitilishi kо‗zda tutilgan.  

Shuningdek,  1-4-sinflarda  Ona  tili  fani  chuqur  о‗rganiladigan  ixtisoslashtirilgan 

davlat umumta‘lim muassasalarida ta‘lim jarayonini takomillashtirish, ta‘lim sifati 


 

va samaradorligini oshirish, о‗quvchilardagi qobiliyat va iste‘dodni yanada kamol 



toptirish  uchun  ixtisoslikka  yо‗naltirilgan  о‗quv  dasturi  kompetensiyalarni 

shakllantirishga yо‗naltirilgan о‗quv dasturiga moslashtirildi.  Bunda yillik о‗quv 

soatlari  A1 bosqichda 608 soat bо‗lsa, A1+ bosqichda esa 680 soatni tashkil etadi.   

Umumiy  о‗rta  ta‘lim  tizimida  о‗quvchilarda  fanga  oid  kompetensiyalar  bilan 

birgalikda tayanch kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan.  Bunga 

kо‗ra,  Ona  tili  fanini  о‗qitish  jarayonida1-4-sinf  о‗quvchilarida  quyidagi  tayanch 

kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.  

O‗rta umumiy  ta‘lim  mazmunida uzviylikni ta‘minlash  maqsadida   2017 yilda 

tasdiqlangan о‗quv dasturida  3-sinf ona tili fani mazmunida “О‗zak”, “О‗zakdosh 

so‗zlar” mavzulari ―Asos‖, ―Asosdosh so‗zlar‖ mavzusiga o‗zgartirildi. 



1.3.  Boshlang„ich  1-4-sinf  ona  tili  darsliklari,  ularga  yaratilgan 

multimedia  ilovali  metodik  qо„llanmalar,  ular  mazmunining  DTS  va  о„quv 

dasturlarga mosligi. 

2014  yil,  19  fevral  kuni  tasdiqlangan  О‗zbekiston  Respublikasi  birinchi 

Prezidenti  qarorining  Q-2133  sonli  «Sog‗lom  bola  yili  davlat  dasturi  tо‗g‗risida»gi 

qaroridagi  71,  75-bandlarida  e‘tirof  etilgan  vazifalarning  ijrosini  ta‘minlash 

maqsadida  boshlang‗ich  sinf  о‗qituvchilari  uchun  metodik  qо‗llanmalar  yaratish, 

nashr etish hamda darsliklarning multimediali ilovalarini ishlab chiqib, amaliyotga 

joriy  etishning  2014-2017  yillarga  mо‗ljallangan  rejasi  Xalq  ta‘limi  vazirligi 

tomonidan  2014  yilning  7  mart  kuni  tasdiqlandi  va  rejaga  asosan  ijodiy  guruh 

tomonidan yaratilish muddatlari belgilab olindi.

 

2014 yilda 1-sinf uchun: ―Savodga 



о‗rgatish‖,  ―Ona  tili‖,  ―О‗qish‖,  ―Matematika‖,  ―Atrofimizdagi  olam‖  fanlaridan,

 

2015  yilda  2-sinf  uchun:  ―Ona  tili‖,  ―О‗qish‖,  ―Matematika‖,  ―Atrofimizdagi 



olam‖  fanlaridan,

 

2016  yilda  3-sinf  uchun:  ―Ona  tili‖,  ―О‗qish‖,  ―Matematika‖, 



―Tabiatshunoslik‖  fanlaridan,

 

2017  yilda  4-sinf  uchun:  ―Ona  tili‖,  ―О‗qish‖, 



―Matematika‖,  ―Tabiatshunoslik‖  fanlaridan  ilg‗or  pedagogik  hamda  axborot 

kommunikatsion  texnologiyalari  asosida  metodik  qо‗llanmalar  yaratilishi 

rejalashtirildi.  

Mazkur  qarorning  ijrosi  sifatida  shu  kunga  qadar  1-3-sinf  ona  tili  fani 

bo‗yicha  multimedia  elektron  ilovalar,  metodik  qo‗llanmalar  yaratildi.  Bu 

qo‗llanmada    ilg‗or  pedagogik  va  axborot  kommunikatsion  texnologiyalardan 

foydalanib  o‗qitiladigan  dars  ishlanmalari,  multimedia  elektron  ilovalar,  dars  

jarayonida  qo‗llaniladigan  metod  va  usullar,  didaktik  o‗yin  texnologiyalar, 

mantiqiy mashqlar va darslikdagi  mualliflar haqida ma`lumotlar o‗rin olgan. Ular 

o‗quvchilarni o‗ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi.  

Metodik  qo‗llanmalarda  o‗quvchilarni  o‗quvchilarning  og‗zaki  nutqini 

o‗stirish, lug‗atini yangi so‗zlar bilan boyitish, so‗zlardan nutqida to‗g‗ri va o‗rinli 

foydalanishga o‗rgatish maqsad qilib olingan.                


 

Har  bir  o‗qituvchi  1-3-sinf  ona  tili  fanidan  yaratilgan  ilovali  metodik 



qo‗llanmalardan  ta‘lim  sifatini  oshirishda  о‗rinli  va  maqsadli  foydalanishi  zarur. 

Ayniqsa,  ona  tili  darslarida  matn  ustida  ishlashga  va  ularning  xususiyatlari  

haqidagi  mavjud  bilimlarini  yanada  boyitishga  alohida  e‘tibor  qaratish  lozim. 

Shuning  uchun  mazkur  metodik  qo‗llanmalar  mazmuni,  unda  berilgan  didaktik 

materiallar,  savol-topshiriqlarga  ilmiy  va  tanqidiy  yondashuv  asosida  amaliyotga 

tatbiq etish talab etiladi.  



 

Nazorat uchun savollar: 

1. DTS qachon qabul qilingan? 

2. DTSda o‗quchilar bilimi qaysi parametrlar bilan o‗lchanadi? 

3. O‗quv dastur nima? 

4. O‗quv dastur qanday tamoyil asosida tuzilgan? 

5. O‗quv dastur necha qismdan iborat? 

6. Dasturning asosiy qismi necha bo‗limdan iborat? Har bir bo‗lim-chi? 

7.  О‗zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidentining  qaysi  qarorida  axborot 

kommunikatsion  texnologiyalari  asosida  metodik  qо‗llanmalar  yaratilishi 

rejalashtirilgan? 

 

 

 



Ma‟ruza II 

“Savod о„rgatish davrida yozuv darslarining о„ziga xos xususiyatlari. 

О„quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari”. 

Reja: 

 

1.1. Savodga  о‗rgatish  davri.  Alifbe  va  yozuv  darslarining  о‗zaro 



bog‗liqligi. 

 

     1.2. Davlat  ta‘lim  standarti  va  kompetensiyaviy  yondashuv  asosidagi 



о‗quv dasturida о‗quvchilarni chiroyli va bexato yozishlariga qо‗yilgan talablar.  

 

1.3. Alifbe va yozuv darslarining о‗zaro bog‗liqligi. Yozuv darslarida dam 



olish daqiqalari. 

 

1.4.  Harf  elementlarini  yozishni  о‗rgatishda  fanlararo  bog‗liqlik  va 



estetik tarbiyaning uyg‗unligi. 

 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  savod  о‗rgatish,  о‗quv 

dasturi, darslik, uzviylikmultimedia, metodik qо‗llanma, tovush metodi, husnixat. 



 

 

2.1.   Davlat  ta‟lim  standarti  kompetensiyaviy  yondashuv  asosidagi 

о„quv  dasturida  о„quvchilarni  chiroyli  va  bexato  yozishlariga  qо„yilgan 

 

talablar.  

Savod  o‗rgatish  davri  sentabrdan  dekabrgacha  davom  etadi.  Savod  o‗rgatish 

jarayoni  ikki  davrni:  alifbogacha  tayyorlov  davri  va  alifbo  (asosiy)  davriga 

ajratiladi. Tayyorlov davri ikki bosqichga bo‗linadi:  

1.

 



 Tovush – harf o‗rganilmaydigan bosqich; 

2.

 



 Unli tovushlar va harflar o‗rganiladigan bosqich. 

Alifbo  davri  o‗rganiladigan  tovush  va  harflar,  so‗zlarning  va  bo‗g‗inlarning 

tuzilishi, murakkablik darajasiga ko‗ra 3 bosqichga bo‗linadi. 

 Bu 


davrda 

bolalarning 

fonematik  eshitish  qobiliyatlari  o‗stiriladi, 

o‗quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi.  

Savod  o‗rgatish  darslari  o‗quvchilarning  umumiy  kamolotiga,  ularda  do‗stlik, 

o‗rtoqlik  kabi  xislatlarni  milliy  qadriyatlarni  shakllantirish,  jamoa  ichida  o‗zini 

boshqarish,  mehnatsevarlik,  halollik,  rostgo‗ylik,  o‗qishga  ongli  munosabatda 

bo‗lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga ko‗maklashuvi lozim.  

Boshlang‗ich  ta‘limda    o‗qish  va  yozishga  o‗rgatish  tilshunoslik,  pedagogika, 

adabiyotshunoslik  va  metodika  sohasida  erishilgan  yutuqlarga  asoslangan, 

takomillashgan  hozirgi  zamon  analitik-sintetik  tovush  metodi  vositasida  amalga 

oshiriladi  hamda  o‗quvchilar  nutqini  rivojlantirishni  nazarda  tutadi.  Darsda 

o‗quvchilar gapni so‗zlarga, so‗zni bo‗g‗inlarga, bo‗g‗inni tovushlarga ajratadilar, 

so‗zdagi  tovushlarni  tartibi  bilan  aytishni  o‗rganadilar,  o‗rganilgan  tovushlarni 

o‗zaro bog‗lab so‗z tuzish va o‗qish yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni 

yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo‗g‗in va so‗z tuzishga, ularni o‗qishga 

o‗rganadilar.  Gap  va  bog‗lanishli  matnni  ongli,  to‗g‗ri,  bo‗g‗inlab  ravon  o‗qish, 

so‗ngra so‗zni butunicha sidirg‗a o‗qish malakasini egallaydilar. 

O‗quvchilarni  o‗qish  va  yozishga  o‗rgatish  baravar  olib  boriladi.  Yozuvda 

tovushlarni harflar bilan belgilashga, harflar va bo‗g‗inlardan so‗z tuzishga, so‗z va 

gaplarni yozma to‗g‗ri shakllantirishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan 

so‗zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, gapning birinchi so‗zini, kishilarning 

ismini,  shahar,  qishloq,  ko‗cha  nomlarini,  ayrim  hayvonlarga  atab  qo‗yilgan 

nomlarni bosh harf bilan yozishni bilib oladilar. 

Savod  o‗rgatish  darslarida  o‗quvchilarning    boshqalar  nutqini  diqqat  bilan 

tinglash  va  nima  haqida  gapirayotganini  tushunib  olish  ko‗nikmalari  o‗stiriladi. 

Bolalar  sinfdoshlari  oldida  gapirishga,  o‗qituvchining  savollariga  javob  berishga, 

topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmagan va o‗zlari qiziqqan narsalar to‗g‗risida 

so‗rab  bilib  olishga,  o‗qiganlarini  qayta  hikoyalashga,  o‗zlari  kuzatgan,  ko‗rgan  

kinofilmlar hamda eshitgan va o‗qigan hikoya, ertaklari, kuzatgan rasmlari haqida 

hikoya qilib berishga o‗rganadilar. 

Savod o‗rgatish davrida o‗quvchilar olgan bilim va hosil qilingan ko‗nikmalar 

birgalikda  o‗qish  jarayonida  maxsus  sinfdan  tashqari  o‗qish  mashg‗ulotlarida 


 

bolalar  adabiyoti  namunalari  bilan  tanishtirishga  tatbiq  etiladi.  Savod  o‗rgatish 



davrida  sinfdan  tashqari  o‗qish  haftada  bir  marta  o‗tkaziladi  va  unga  o‗qish 

darslarining  ikkinchi  qismidan  15-  20  daqiqa  ajratiladi.  O‗qish  va  yozishga 

o‗rgatish  darslarida  bolalar  ruhiyatini  hisobga  olgan  holda  ish  turlarini 

mukammallashtirish  talab  etiladi,  dam  olish  mashqlari  o‗tkaziladi.  ―Alifbe‖, 

kartoteka va metodik qo‗llanmalarda berilgan didaktik o‗yinlardan foydalanib, bir 

turidan boshqa turiga o‗tiladi va o‗quvchilar toliqishining oldi  oladi. 

Savod  o‗rgatish  davrida  o‗quvchilar  o‗qituvchi  rahbarligida  tabiatdagi 

o‗zgarishlar, kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va 

shular  asosida  hikoya  tuzishni  o‗rganadilar.  Bu  davrda  olib  boriladigan  barcha 

ishlarda  oila  va  maktab  hamkorligining  uzviyligi,  o‗zaro  muomala  madaniyati 

alohida ahamiyat kasb etadi.  

O‗qish va yozish  nutq faoliyatining turi. Maktabda o‗qitish elementar o‗qish 

va  yozishga  o‗rgatishdan  boshlanadi.  ―Alifbe‖ga  asoslangan  holda  qisqa  vaqt 

ichida  o‗quvchilar  o‗qish  va  yozishga  o‗rgatiladi,  ya‘ni  o‗qish  va  yozish 

ko‗nikmasini egallaydilar.  

Savod  o‗rgatish  davrida  o‗qish  va  yozish  harakatini  maqsadga  muvofiq 

ravishda bajara olish o„qish va yozish ko„nikmasi deyiladi. Bu ko‗nikma bilimni 

talab  qiladi,  chunki  har  qanday  ko‗nikma  bilimsiz  shakllanmaydi.  Bilim 

ko‗nikmaga  aylanmagan  bo‗lishi  mumkin.  Masalan,  bola  v    harfining 

elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday  joylashtirilishini bilib, uni daftarda 

yoza  olmasligi  yoki  o‗quvchi  harflarni  tanib,  ularni  o‗qiy  olmasligi  mumkin. 

Yozish  ko‗nikmasini  hosil  qilish  uchun  boshqa  faoliyat  turlari,  ya‘ni  yozish 

jarayonida  partada  to‗g‗ri  o‗tirish,  ruchkani  barmoqlar  orasida  tutish,  daftarni 

qiyalikda qo‗yish kabilar ham o‗rgatiladi.  

O‗qish  va  yozish  ko‗nikmasi  takomillashtirila  borib,  malakaga  aylantiriladi. 

Malakaning  shakllanishi  uchun  bir  faoliyat  bir  necha  bora  takrorlanishi  lozim. 

Yozish  malakasida  o‗quvchi  ruchkani  qanday  ushlash,  qanday  yurgizish  haqida 

o‗ylab  o‗tirmay,  so‗z  va  gaplarni  yoza  boshlaydi.  Demak,  o‗qish  va  yozish 

malakasi  harakatning  o‗ylab  o‗tirmay  amalga  oshirilish  jarayonidir.  Malaka 

o‗qitishning  keyingi  bosqichlarida  mustahkamlanib,  avtomatlashish  darajasiga 

yetkaziladi.  

O‗qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‗lib, u nutqqa oid malakadir. 

O‗qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, 

ya‘ni  og‗zaki  hikoya  qilish,  o‗zgalar  nutqini  eshitish  orqali  anglash,  ichki  nutq 

bilan uzviy bog‗liq holda shakllanadi. Maktabda o‗qitishning muvaffaqiyati savod 

o‗rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog‗liq. 

O‗quvchini  savod  o‗rgatish  jarayonida  elementar  o‗qish  va  yozishga 

o‗rgatishda  o‗quvchilarning  faoliyat  ko‗rsatishi  va  nutq  faoliyatiga  kirishishlari 



10 

 

uchun talab bo‗lishi, o‗z fikrini og‗zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va 



ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.  

O‗qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini 

ta‘minlaydi.  Shuning  uchun  ham  o‗qishga  o‗rgatish  bilan  yozuvga  o‗rgatish 

parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday 

ekan,  savod  o‗rgatish  jarayonida  bola  juda  ko‗p  o‗qishi  va  yozishi  zarur.  O‗qish 

uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor 

qayta o‗qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko‗pincha o‗qilgan matnni yuzaki 

yodlab  olishga  olib  keladi.  Takroriy  faoliyatda  vaziyat  va  mazmunning 

almashinishi  malakani  mustahkamlashga  yordam  beradi,  qobiliyatni  o‗stiradi. 

O‗quvchi  oldida  uzoq  muddatda  amalga  oshadigan  maqsad  -  o‗qish  va  yozishni 

o‗rganish  hamda  hozirda  bajarishi  shart  bo‗lgan  kundalik  maqsad  -  topishmoqni 

o‗qish  va  javobini  topish,  so‗z  va  gaplarni  o‗qish,  rasm  asosida  so‗zlab  berish 

kabilar turadi.    

O‗zbek  tili  yozuvi  tovush  yozuvi,  ya‘ni  fonematik  yozuvdir.  Har  bir  tovush 

uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‗qishda grafik 

shakllar  tovushga  aylantirilsa, yozuvda  aksincha, tovushlar  harflarga  aylantiriladi. 

Bu o‗qish va yozish faoliyatida o‗quvchi uchun qiyinchilik tug‗dirgandek tuyulsa-

da, aslida o‗qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni 

ifodalovchi  harflar  soni  uncha  ko‗p  emas.  O‗qish  va  yozishni  o‗zlashtirish  uchun 

tovush  va  harflarning  o‗zaro  munosabatiga  oid  qoidalarni  o‗zlashtirish  kifoya. 

Savod o‗rgatish metodikasida o‗zbek tili tovushlar va harflar tizimining o‗ziga xos 

xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 



2.2.   Davlat  ta‟lim  standarti  va  kompetensiyaviy  о„quv  dasturida 

о„quvchilarni chiroyli va bexato yozishlariga qо„yilgan talablar.  

I-sinf. Yozuvga oid malakalarni shakllantirish; yozish jarayonida partada to‗g‗ri 

o‗tirish,  daftarni  belgilangan  qiyalikda  qo‗yish;  ruchkani  to‗g‗ri  ushlash;  yozuv 

chiziqlarini  farqlash,  harflarni  yozuv  chiziqlari  orasida  to‗g‗ri  joylashtirish; 

harflarning qiyaligi, ulanishi hamda so‗zlar orasini bir xil tenglikda chamalash. 

Kichik  va  bosh  harflarni  savod  o‗rgatish  jarayonidagi  kabi  tartibda  husnixat 

bilan yozishni mashq  qilish. 

      II-sinf.  Bir  chiziqli  daftarda  o‗xshash  unsurli  harflarni  yozish  va  harfni  bir-

biriga to‗g‗ri tutashtirish; o‗xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan 

bo‗g‗inlar  va  so‗zlarni  yozish,  o‗xshash  unsurli  bosh  harflar  va  ularni  o‗zidan 

keyin kelgan kichik harfga tutashtirish. 

      Ayrim  yozuv  qoidalari.  Daftarlarning    past  tomonidagi    burchagini    ko‗krak  

o‗rtasining    qarshisiga  to‗g‗ri    qo‗yish;  daftarni  chap  qo‗l    bilan  ushlab  turib 

yozish;  boshini  bir  oz  pastga    egib,  to‗g‗ri  o‗tirish;  oyoqni  bo‗sh  tutib,    yerga 

qo‗yib o‗tirish; qo‗lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida  

erkin    ushlash.  Har  bir  harfni  to‗g‗ri  tutashtirishga  rioya  qilgan  holda  bo‗g‗in  va 



11 

 

so‗zlarni aniq yozishga  harakat qilish; harf va harf  birikmalarini to‗g‗ri va aniq 



shakllantirish;  shoshmasdan,  chaplashtirmasdan  yozish;  har  bir  mashqni  uch-to‗rt 

marta takrorlash. 

Bir  chiziqli  daftarda    chiroyli  yozish  malakalarini  hosil  qilish:  o‗xshash 

unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga tutashtirish.  

O‗xshash unsurli kichik harflar: 

1-guruh  i, u,  n, m, t, l, y 

2-guruh  h, j, k, f  

3-guruh  o, o‘, q, a, g, g‘, p 

4-guruh  e, b, x 

5-guruh  r, v, s, sh, ch  

O‗xshash unsurli bosh harflar: 

1-guruh   U, L,Z, I  

2-guruh   M, H, K, N, A  

3-guruh   O, O‘, Q, X, Ch   

4-guruh   E, S, Sh, Z 

5-guruh   V, G, G‘, Y 

6-guruh   T, F, R, B, P  

      III-sinf.  Yozuvga  oid  malakalarni  mustahkamlash.  Bolalarni  bir  chiziqli 

daftarda  yozishni  mashq  qildirish;  (harflarning  balandlik  va  kenglik  o‗lchamini 

o‗zlashtirish) o‗quvchilar uchun qiyin bo‗lgan ayrim bosh va kichik harflarni (I, S, 

H,  N,  f,  q, p,  s)  yozishga, shuningdek, harflarni  to‗g‗ri  tutashtirishga  rioya  qilish, 

so‗zlar, gaplarni ko‗chirib yozish, eshitib yozish   

   Bog‗lanishli  nutqqa  oid  mashqlar  dastur  materiallarini  o‗rganish  jarayonida 

unga bog‗liq holda  o‗tkaziladi.  

          VI-sinf. Chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Bo‗g‗in, so‗z, gap,  

matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‗chirib yozish; eshitib yozish va 

mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; 

agarda,  so‗zlar  orasidagi  masofaning  bir  xilligiga,  harflarning  to‗g‗ri  va  aniq 

yozilishiga, tutashtirilishiga diqqqat qaratiladi, hoshiyaga  rioya qilish, o‗zining va 

o‗zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish.      

 

2.3.  Alifbe va yozuv darslarining о„zaro bog„liqligi. Yozuv darslarida 

dam olish daqiqalari. 

.  Dars  ta‘limning  asosiy  shakli  hisoblanadi.  Analitik-sintetik  tovush  metodi 

asosida  olib  boriladigan  savod  o‗rgatish  darslari  xilma-xil  bo‗lishi,  o‗quvchilarni 

zeriktirmasligi va charchatib qo‗ymasligi kerak. 

Savod o‗rgatish davridagi o‗qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari 

uchun umumiy bo‗lgan asosiy talablar mavjud: 

1. Umumdidaktik talablar:  


12 

 

a)  har  bir  darsning  tarbiyaviy  maqsadi  bo‗lib,  unda  bironta  axloqiy  sifat 



o‗stirilishi lozim; 

b)  darsning  ta‘limiy  maqsadi,  ya‘ni  o‗quvchilar  darsda  qanday  yangilikni 

bilishi,  nimani  o‗rganishi,  qanday  ko‗nikma  va  malakalar  o‗stirilishi, 

o‗quvchilarning  mustaqil  fikrlashi  va  faolligining  qanday  bo‗lishi  aniq  belgilab 

olinishi kerak; 

v)  darsning  izchilligi  va  istiqboli,  uning  oldingi  va  keyingi  darslar  bilan 

bog‗liqligi aniq belgilab olinishi zarur; 

g)  o‗tiladigan  materialning xarakteri  va ta‘lim  maqsadidan kelib  chiqib dars 

uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim; 

d)  dars  davomida  o‗quvchilarga  differensial  va  individual  yondashish,  ishni 

barcha  o‗quvchilarning  imkoniyati,  bilimi,  ko‗nikma  va  malakasi  hamda  fikrlash 

faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak; 

ye) o‗quvchilarni aqliy mehnat (o‗qish) usullariga o‗rgatish, ularda maktabda 

o‗qish uchun kerakli ko‗nikmalarni hosil qilish zarur; 

yo)  beriladigan  material  ilmiy,  o‗quvchilar  yoshiga  mos  va  muvofiq  bo‗lsin 

va hok. 


2. Maxsus metodik talablar: 

a)  o‗quvchilar  nutqi  uchun  qayg‗urish,  darsda  adabiy  til  nuqtai  nazaridan 

to‗g‗ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim; 

b)  o‗qish  darsida  ham,  yozuv  darsida  ham  o‗quvchilar  nutqini  o‗stirishga, 

lug‗atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og‗zaki hqikoyalash va shu 

kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak; 

v) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday yozuv 

mazmunan va imlo jihatdan savodli bo‗lishi zarur; 

g) darsda nutq madaniyati hukmron bo‗lishi, o‗qituvchi va o‗quvchilar adabiy 

tilda so‗zlashishlari kerak; 

d)  o‗qish  va  yozuv  ko‗nikma-malakalarini  shakllantirish  mashqlari  darsda 

yetakchi  o‗rinni  egallab,  taxminan,  darsning  uchdan  ikki  qismiga  to‗g‗ri  kelishi 

lozim; 

ye) har bir o‗qish va yozuv darsida ―Alifbe‖dagi matnlar bilan bir qatorda Q. 



Muhammadiy,  P.  Mo‗min,  Z.  Diyor,  A.  Obidjon    kabi  sevimli  bolalar  shoiri  va 

yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o‗qish sinfdan tashqari 

o‗qish hamda o‗qib berilgan matnni eshitish bilan bog‗lanishi zarur. 

yo) o‗qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog‗lanishi, ya‘ni o‗qish darsi 

o‗quvchilarni  yozuv  darsiga  tayyorlashi,  yozuv  darsi  oldingi  o‗qish  darsining 

davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hok. 

O‗qish  va  yozuv  darslarining  turlari.  Savod  o‗rgatish  jarayonidagi  darslar 

quyidagi belgilariga ko‗ra farqlanadi: 



13 

 

1. Ta‘limning predmetiga ko‗ra: 



a) ―Alifbe‖ darsligi asosidagi o‗qish darslari; 

b) ―Yozuv daftari‖ asosidagi yozuv darslari. 

2. Ta‘limning davri va bosqichlariga ko‗ra: 

a) alifbogacha bo‗lgan davrdagi darslar; 

b) alifboni o‗rganish jarayonidagi darslar. 

3. Darsda yangi mavzu o‗tilishi va o‗tilmasligiga ko‗ra: 

a) yangi tovush-harf o‗rganiladigan o‗qish darslari; 

b) yangi harfni yozish darslari

v) yangi tovush-harf o‗rganilmaydigan darslar. 

Bulardan  tashqari,  umumlashtiruvchi  va  takrorlash  darslari  hamda  savod 

o‗rgatish davrining oxirida ―Alifbe‖ bayrami o‗tkaziladi. 

Savod  o‗rgatish  davrida  o‗quvchilar  bilimi  dars  jarayonida  barcha  ishlarga 

bog‗lab  aniqlanadi,  bog‗lanishli  nutqni  o‗stirish  ham  o‗qish  va  yozuv  darslariga 

uzviy  bog‗lanib  ketadi.  O‗quvchilarning  sinfdan  tashqari  o‗qishlariga  rahbarlik 

qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi. 

Savod  o‗rgatish  darslarida  ish  turlarini  almashtirib  turish,  vaqti-vaqti  bilan 

dam olish daqiqalari o‗tkazish zarur. Bu o‗quvchilar toliqishining oldini oladi.  

Darslar  tizimi  deyilganda  o‗quv  vaqtini  mavzularga  nazariy  va  amaliy 

jihatdan  rejali  taqsimlangan,  darslarning  mantiqiyligi  va  istiqboli  bir-biri 

bog‗langan, dars turlari va unda o‗qituvchi bilan o‗quvchilar foydalanadigan asosiy 

metodik vositalar xilma-xil bo‗lgan izchillik nazarda tutiladi. 

Savod o‗rgatish davri uchun darslar tizimi o‗quv jarayoni bosqichlari asosida 

o‗qish  va  yozuv  darslari  muayyan  guruhini  ajratishni  ko‗zda  tutadi.  Amaldagi 

―Alifbe‖ darsligi va ularga yozilgan qo‗llanmalarga asosan, savod o‗rgatishga jami 

4 oy (shundan tayyorgarlik davriga 8 dars (ikki hafta), asosiy davrga qolgan vaqt) 

ajratiladi.  Ta‘limning  har  bir  bosqichidagi  darsning  o‗ziga  xos  xususiyatlari 

mavjud. Darslar qurilishida ichki mantiqiylik bo‗lib, har bir darsda yangi tovush va 

harf  o‗rganiladigan  dars  bilan  yangi  mavzu  o‗rganilmaydigan  darsni 

navbatlashtirish,  imlo  va  so‗zning  bo‗g‗in  tuzilishi  haqida  ma‘lumot  berish, 

o‗quvchilar  nutqi  va  tafakkurini  o‗stirish  kabi  talablarga  rioya  qilinadi.  Darslar 

umumlashtirish-takrorlash darsi bilan yakunlanadi. 

Savod  o‗rgatish  davridagi  darslarda  ham  interfaol  usullar  qo‗llaniladigan 

darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega. 

―Alifbe‖ darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillari. 

―Alifbe‖  birinchi  o‗quv  kitobi  bo‗lib,  uni  ishlab  chiqishda  didaktikaning 

umumiy  mezonlariga  hamda  ―Alifbe‖  darsligi  tuzilishining  xususiy  mezonlariga 

asoslaniladi: 

- g‗oyaviylik; 

 


14 

 

- bayonning ilmiyligi, tushunarliligi; 



- ko‗rsatmalilik;  

- onglilik; 

- o‗quv materialining hayot bilan bevosita aloqadorligi; 

-  bolalar  yoshi  va  dunyoqarashi,  o‗ziga  xos  ruhiy  xususiyatlarining  hisobga 

olinishi

1



―Alifbe‖  darsligi,  asosan,  quyidagi  ilmiy-pedagogik  tamoyillar  asosida 

tuziladi: 

1.  ―Alifbe‖  materiali  bolalarda  ongli,  to‗g‗ri,  ravon  o‗qish  va  to‗g‗ri  yozish 

malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak. 

2. O‗qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo‗lishi, shu 

bilan birga, ularning tafakkuri va nutqini o‗stirishi lozim. 

3. ―Alifbe‖ tuzilishida tovush-harflarning tez va ko‗p ishlatilishi tamoyilidan 

foydalanish kerak. 

4.  ―Alifbe‖dagi  harflarni  joylashtirishga  va  ular  qatnashgan  so‗zlarni 

tanlashga alohida e‘tibor qaratish lozim. 

5. ―Alifbe‖dagi materiallarning hajmi savod o‗rgatishga ajratilgan vaqtga mos 

bo‗lishi zarur. 

6.  ―Alifbe‖ning  harfi,  terilishi,  qog‗ozi,  rasmlarining  bo‗yoqlari  gigienik 

talablarga javob berishi lozim. 

7. ―Alifbe‖ning tashqi ko‗rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o‗ziga tortadigan 

bo‗lishi kerak va hokazo. 

―Alifbe‖ga  qo‗yilgan  barcha  talab  va  tamoyillarni  faqat  ―Alifbe‖  darsligini 

tuzuvchilar  emas,  balki  u  bilan  ishlaydigan  o‗qituvchilar  ham  bilishi  zarur. 

O‗qituvchi,  avvalo,  ―Alifbe‖ning  mazmunini,  tuzilishini  yaxshi  bilib  olib,  undagi 

materialdan  pedagogik  jarayonni  tashkil  etish  (alohida  bir  dars  rejasini  tuzish, 

darslar  tizimini  belgilash,  alifbe  materialiga  qo‗shimcha  material  tanlash,  ba‘zi 

materiallarni  qayta  ko‗rib  chiqish)da  foydalanadi.  Shundagina  o‗qituvchi  kitobga 

ijodiy  yondashib,  undan  metodika  talablari  va  o‗zining  pedagogik  tajribasidan 

kelib chiqib foydalangan bo‗ladi. 

 

2.4.   Harf  elementlarini  yozishni  о„rgatishda  fanlararo  bog„liqlik  va 

estetik tarbiyaning uyg„unligi. 

Chiroyli  yozuv  imlo  bilan  chambarchas  bogliq.  O‗quvchining  imloviy 

savodxonligi  haqida  g‗amxo‗rlik  qilish  tilning  aniqligi,  fikrni  to‗g‗ri  ifodalash, 

kishilar  bilan  o‗zaro  xatosiz  muomala  uchun  g‗amxo‗rlik  demakdir.  Shu  sababli 

ham savod o‗rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga 

                                                           

1

 R.  Safarova  va  boshq.  Savod  о‗rgatish  darslari  (Alifbeni  о‗qitish  bо‗yicha  metodik  qо‗llanma).  -  T.: 



Ma‘naviyat, 2003. 3-bet. 

15 

 

imloga  oid  malakalarning  shakllanishiga  zamin  yaratiladi.Malumki,  savod 



o‗rgatish davrida  o‗quvchi gapni bosh  harf  bilan  yozish,  so‗zning  satrga sig‗may 

qolgan  qismini  keyingi  qatorga  ko‗chirish,  kishilar  ismi,  sharifi,  hayvonlarga 

qo‗yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda o‗rganadi.Chiroyli yozuv 

darslarida  so‗zlar,  gaplar,  matnlar  yozish,  ularning  imlosini  tekshirishi  orfografik 

ziyraklikni  asta-sekin  shakllantira  boradi,  imlo  qoidalarini  puxta  egallashlariga 

zamin yaratadi. 

Insonning  yozma  nutqi  harflar  orqali  shakllanadi.  Husnixat  darslarida 

savodli  yozuv  grafik  malakalar  bilan  shakllantirilishi  asosiy  vazifa  hisoblanadi. 

Har  bir  harfning  aniq  yozilishi  yozuvning  aniq  va  ravon  bolishini  ta‘minlaydi. 

Buhing uchun harflarning shaklini to‗g‗ri yozish, ularni to‗g‗ri ulashning ahamiyati 

kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan boglash, 

so‗zlarni  qatorda  to‗g‗ri  joylashtirish,  yozuv  vaqtining  belgilab  olinishi,  tahlil 

ishlarining  (bo‗gln-tovush,  tovush-harf,  imloviy  tahlil),  ya‘ni  fonetik-grafik 

tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi. 

Husnixat darslarida o‗quvchilar quyidagi talablarga amal qilishlari lozim.  

1. Husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan 

to‗g‗ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda 

xat-savod  o‗rgatish  davrida  bolalar  yozuvga  bevosita  yozuv  daftarlaridagi 

materiallar asosida o‗rgatiladi. 

2.Grafik me‘yorlarga amal qilish. 

Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar bo‗yining tengligiga, harflar 

va so‗zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo‗lishiga e‘tibor berilishi kerak. 

3.Harflar  qiyaligini  to‗g‗ri  saqlash.  Bolalaming  yozuvlari  har  xil  qiyalikda 

bolishi mumkin. agar harflarning asosiy elementlari daftar chizig‗iga nisbatan tik 

holatda bo‗lsa, yozuv holati ham tik bo‗ladi. Harf elementlari o‗ng tomonga qiya 

bolib, o‗tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. biz o‗quvchilarni o‗ng tomonga 

qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim. 

O‗ng qol bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o‗ng tomonga 

moslashtirilishi  faqat  harflarning  shaklini  chiroyli  qilish  uchun  emas,  yozuvning 

qulayligi  uchun  ham  mos  keladi.  Yozuvning  qiyaligini  to‗g‗ri  saqlash,  qo‗l  va 

barmoqlarni ortiqcha zo‗riqtirmaydi. 

Yozuvning  o‗ng  tomonga  qiyaligini  saqlash  tirsaklarni  bir  tomonga  erkin 

yuritish uchun qulay bo‗lib, parta ustidagi daftarning turish holatiga bogliqdir. 

Yozayotganda  daftarning  holati  bir  tomonga  qiya  bo‗lishi  o‗z-o‗zidan 

yozuvning qiyaligini ta‘minlaydi. 

Yozuvning  qiyaligini  saqlashda  daftardagi  siyrak  qiya  chiziqlar  ham  katta 

yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati o‗zgarsa ham, yozuvning 


16 

 

qiyaligi  o‗zgarmasligi  mumkin.  shuning  uchun  qiya  chiziqli  daftarlardan  faqat 



dastlabki paytlarda foydalaniladi. 

Qiya  yozishga  o‗rgatishning  o‗ziga  xos  usullari  mavjud.  O‗quvchilarga 

dastlab  eng  sodda  shakldagi  kichik  tayoqchalarni  yozdirib  mashq  qildirish 

vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalaming farqini o‗rgatish zarur. 

Buning uchun o‗qituvchi doskada ikki xil shaklda (qiya va tik) tayoqchalar 

shaklini yonma-yon yozib ko‗rsatadi, ularning farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday 

mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, xatolarning oldi olinadi. 

Shuningdek,  yozuv  qiyaligining  togri  bolishi  uchun  daftaming  qiya  olatini 

ham  hisobga  olish  lozim  ekanligi  tushuntiriladi  va  ko‗rsatiladi.  Daftarning  parta 

ustida noto‗g‗ri turishi gigenik qoidalarning buzilishiga ham sabab boladi, chunki 

o‗quvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftaming notogri holatga 

moslaydi. 

4.Daftarni partada yozish talablari asosida tutish. 

 

Daftarning  pastki  chap  burchagi  ko‗krak  o‗rtasiga  to‗g‗ri  bo‗lishi  yoki 



daftaming  qiya  chizig‗i  (agar  qiya  chiziqli  daftar  bolsa)  partaning  chetiga  tik 

bo‗lishi kerak. 

Daftar  beti  satrlarga  to‗lib  borgan  sari  yuqoriga  surilib  boradi.  Chap  qo‗l 

bilan  esa  daftarning  yuqori  tomoni  bosib  turiladi.  Buning  uchun  sinf  partasining 

ustiga  ikki  o‗quvchining  har  biri  uchun  alohida  ingichka  qiya  chiziq  tekshiruv 

chizigl  sifatida  chizib  qo‗yiladi.  Bu  chiziqning  pastki  uchi  o‗quvchilarning  chap 

ko‗kraklari o‗rtasiga to‗g‗ri bo‗lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya boladi. 

Agar  daftarning  chap  beti  tolsa,  daftarning  buklanadigan  joyi  tekshiruv 

chiziqqa to‗g‗irlab olinadi va o‗ng betiga yozishga o‗tiladi. 

O‗quvchilarda  harflarni  qiya  yozishga  o‗rgatish  malakasini  oshirish  ancha 

murakkab  jarayon  bo‗lib,  o‗qituvchidan  chidam,  sabr-toqat,  kuch  talab  qiladi. 

Muntazam    ravishda  turli  mashqlar  olib borish,  o‗quvchilar  harakatini  qunt  bilan 

kuzatib borish natijasida ko‗zlangan maqsadga erishiladi. 

O‗qituvchi  tomonidan  berilgan  ko‗rsatmalarga  qaramay,  ayrim  o‗quvchilar 

harflar  qiyaligini  to‗g‗ri  belgilay  olmaydi,  kamchiliklarga  yo‗l  qo‗yadi.  Buning 

uchun  kamchiliklarni  tuzatish  maqsadida  grafik  mashqlar  berilishi  kerak. 

O‗quvchilarga  dastavval  daftar  satriga  birnechta  harf  yozdirib,  ular  orasiga  qiya 

chiziqlar  qo‗yiladi  va  harflar  shu  chiziqlarga  taqqoslash  orqali  xatolarni 

tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi. 

1.

 



Harflarni bir tekis bosimsiz yozish. Harflarni bir tekisda yozish ham chiroyli 

yozuv malakalarini shakllanishida asosiy o‗rin tutadi. 

Ruchkani  barmoqlar  orasida  qattiq  siqmasdan  erkin  va  bo‗sh  ushlash 

harflarni tekis yozishga imkon yaratadi. 



17 

 

Bosimsiz yozish harflarning umumiy ko‗rinishi bir tekis va chiroyli bolishi, 



tez yozish malakasining shakllanishi va boglab yozishni to‗g‗ri amalga oshirishda 

engillik tug‗diradi. 

O‗qituvchi doskada harflarni bo‗r bilan yozib ko‗rsatadi. Bunda o‗qituvchi 

ham bo‗rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim. 

O‗quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko‗chirtirmaslik kerak. 

Bosimsiz,  bir  tekis  yozishga  darsning  dastlabki  kunlaridanoq  odatlantirib 

borish kutilgan samara beradi, o‗quvchining qolini toliqtirmaydi. 

6.Harflarning  tutashtirilishini  to‗g‗ri  ifodalash.  Husnixat  darslarida 

harflarning  shakllarini  yozib  tugatganlaridan  keyin  o‗qituvchining  navbatdagi 

vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo‗shib yozishga o‗rgatishdan iborat. 

7.Harflarni  elementlarga  ajratmay,  bog‗lab  yozish.  Harflarni  qo‗shib 

yozilishini ta‘minlash uchun ayrim chiziqlar o‗z harakati bo‗yicha orqaga qaytadi. 

Bunday harakatlar chiziq doira shaklidagi harflarda ko‗proq kuzatiladi. 

 

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1. Husnixatga o‗rgatishda qaysi tamoyillarga amal qilinadi? 

2. Chiroyli yozuv imlo bilan qanday aloqadorlikka ega? 

3. Husnixatga o‗rgatishda genetik tamoyilining ahamiyatini tushuntiring. 

5. Husnixatga o‗rgatishda qanday ko‗rgazmalardan foydalaniladi? 

6.  1-4-sinf  o‗quvchilarini  husnixatga  o‗rgatishda  ularning  qaysi  holatlari 

hisobga olinadi? 

 

 



 

 

 



 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling