Kafedrasi “musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Download 181.76 Kb.
bet6/24
Sana09.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#260675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Musiqa tarixi 3 kurs majmua

Germaniya (Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (Bundesrepublik Deutschland), GFR — Markaziy Yevropadagi davlat. Shim. va Boltiq dengizlari sohilida joylash-gan. Mayd. 357 ming km2. Aholisi 82,16 mln. kishi (1999). Poytaxti — Berlin sh. Ma'muriy jihatdan 16 yer (vilo-yat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tu-manlarga, tumanlar jamoalarga bo‘li-nadi. Davlat tuzumi. GFR —federativ respublika. Musiqasi. O‘rta asrlarda ritsarlar san'ati paydo bo‘ddi, minnezingerlar maktabi shakllandi (Volfram fon Eshenbax va b.); 14-a.da meysterzinger-lar san'ati, 16-a.dan cholg‘u (ayniqsa organ) musiqasi (K. Pauman singari kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Islohot davrida xalq qo‘shiqlari za-minida protestant xori paydo bo‘ddi. G. Shyuts nemis musiqasida oratoriya va kantata janrlarini ishlab chiqdi, birinchi nemis operasi «Dafna» (1627)ni yezdi. 1723 y.dan I. S. Bax fao-liyati boshlangap Leypsig yirik musiqa markaziga aylandi. 18-a. 2-yarmida musiqali sahna janri zingshpil paydo bo‘ldi (I. Xiller va b.). Asosan chet ellarda ishlagan G. Gendel, X. Glyuk kabi kompozitorlar Angliya, Fransiya va b. mamlakatlar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Y. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven singari Vena klassik maktabi ustalari nemis musiqasi rivojiga kuchli ta'sir o‘tkazdi. L. Betxoven ijodi nemis musiqasining cho‘qqisidir. 19-a. boshida musiqiy romantizm namoyandalari F. Shubert, K. Veber, F. Mendelson-Bartoldi, R. Shuman, 19-a. 2-yarmida R. Vagner. I. Brams, M. Regerlar ijod qildi. 20-a. boshidan G.da ekspressionizm (R. Shtraus, A. Shyonberg), neoklassitsizm (P. Xindemit), atonalizm kabi musiqiy avangardizm oqimlari tarqaldi. Fashistlar rejimi mamlakat musiqiy madaniyati-ga halokatli ta'sir qildi. Ilg‘or kay-fiyatdagi musiqa arboblari xorijdan boshpana topdi. Urushdan keyin keksa vlodga mansub kompzitorlarning ijodi va faoliyati (K. Orf va b.) yetak-chilik kildi. 60-y.lardan keyingina yosh kompozitorlar (X. Xense, K. Shtokxau-zen) ko‘zga ko‘rina boshladi. Berlin, Gamburg, Myunxen, Frankfurt-Mayn, Shtutgart, Leypsig, Drezden va b. shaharlarda opera va balet teatrlari, sim-fonik orkestrlar, Oliy musiqa mak-tablari bor.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling