Kafedrasi “musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Download 181.76 Kb.
bet7/24
Sana09.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#260675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Musiqa tarixi 3 kurs majmua

Avstriya, Avstriya Respublika s i (Osterreichische Republik)— Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Mayd. 83 ming 858 km2. Aholisi 8 mln. kishi (1996). Poytaxti — Vena sh. Davlat tuzumi. A.— federativ respublika. Musiqasi. O‘rta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, va gantlar (qochoq talabalar, ishqiy, hazil qo‘shiq ijrochilari) xalq musiqa madaniyatining namoyandalari bo‘lgan. 17-a.da xalq musiqa teatri (zingsh-pil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-a.ning 2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin o‘tmishdoshi edi. 19-a.ning 1-yarmida F. Shubert A. musika-sida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi g‘oyat mashhur bo‘ldi (Y. Lan-ver, Shtrauslar oilasi), Vena operet-tasi qaror topdi Y. Shtraus (o‘g‘il), F. Zuppe, K. Seller. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga ko‘tarildi. 20-a. boshlarida atokli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janri-da ishladi. 19-a. oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Shyonberg, A. Berg, A. Vebern). Hoz. zamon A. musiqa-sida yangi klassitsizmdan tortib mo-dernizmgacha bo‘lgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan o‘z maktabini yaratdi, uning shogirdlari — A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida — dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va b. Musiqa ja-moalari: Venada — Vena davlat operasi, Xalq operasi («Folksoper»), Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena o‘g‘il bolalar xori, Gratsda — opera; Zalsburgda 1841 y.dan Motsarteum — xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama san'ati akademiyalari bor.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling