Kafedrasi “musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Download 181.76 Kb.
bet9/24
Sana09.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#260675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Musiqa tarixi 3 kurs majmua

Vena klassik maktabi - 18-asrning 2-yarmi va 19-asrning boshida Venada musiqa san'atida qaror topgan ijodiy yo‘nalish. Asoschilari - Y.Gaydn va V.Motsart. L.Betxoven ijodi Vena klassik maktabining so‘nggi va yuksak davrini tashkil qiladi. Operada islohot boshlagan X.Glyuk (1714-87) ijodi ham shu oqim b-n bog‘liq. Ma'rifatparvarlik va Buyuk Fransiya inqilobi g‘oyalari ta'sirida shakllangan bu yo‘nalishning muhim ijodiy belgilaridan kelajakka ishonch, voqelikni taraqqiyot jarayonida ko‘rsatish, insonparvarlik va xalqchillik bo‘lgan. Vena klassik maktabi kompozitorlari professional va xalq musiqasi rivoji tajribasini umumlashtirdilar. universal musiqa tilini ishlab chiqdilar. Ularning ijodida simfoniya, sonata, konsert, kvartet kabi janrlar o‘zining mumtoz shaklini topdi. yangi xildagi opera hamda simfonik orkestrlari vujudga keldi va opera janri isloh qilindi. Vena klassik maktabi musiqa tarixida eng muhim davrlardan biri hisoblanadi. Musiqa san'atining keyingi rivojiga barakali ta'sir ko‘rsatib, turli milliy kompozitorlik maktablari yuzaga kelishida muhim rol o‘ynab kelmoqda.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling