Kafedrasi Nаsоs vа nаsоs stаnsiyalаri va Gidroenergetik inshootlar fаnidаn
Download 1.94 Mb.
|
Tarqatmamateria L-fayllar.org
hk= h1+ h2 = 1680 + 670 = 2350 mm
hk-nasos kamerasidagi minilal suv sathigacha bo‘lgan masofa. Agar chuqurlashtirilgan Nasos stansiya qurishga to‘g‘ri kelsa, uning metodichka (uslubiy qo‘llanmada) berilgan. So‘rish quvurlarni o‘lchamlari va sxemalari nasoslar kataloglarida berilgan. Quvurlarni haqiqiy o‘lchamlarini aniqlash uchun katalogda berilgan o‘lchamlarni nasos kirish patrubogi diametri D ga ko‘paytirish kerak. Suv olib kelish kanali avankamera bilan yakunlanadi, o‘z navbatida u kengayib borib chuqurlashadi (1-rasm). Avankamera kanalni nasos kameralari bilan tutashtirish uchun xizmat qiladi. Avankamera beton qoplamali qilib loyihalanadi, tubining nishabligi 1:5 va reja bo‘yicha kengayish burchagini 40 – 450 deb qabul qilinadi. Avankamerani uzunligi La geometrik qurish orqali aniqlanadi. Har bir nasos o‘zini nasos kamerasiga ega bo‘ladi. Kameralar qalinligi t ≥ 1m va erkin qismining uzunligi a= (t/2 +0,2) m.li devor (bыchok)lar yordamida ajratiladi. Bundan tashqari qo‘qim ushlash panjaralari, qalinligi d=0,3÷0,5 m.li pazlarga ega zatvorlar va xizmat ko‘priklari bilan jihozlanadi. Zatvorlarga xizmat ko‘rsatish ko‘prigining kengligi s=1,2÷1,5 m.ga teng bo‘ladi. h1+h2<3 m bo‘lganda panjaralarga xizmat ko‘rsatish ko‘priklarining kengligi e=1,5÷2,0 m, h1+h2>3 m bo‘lganda e=3 m deb qabul qilinadi. Nasos kamerasining uzunligi Lk jihozlarni joylashtirish orqali aniqlanadi. h1 o‘lchamlarini quyidagicha qabul qilish tavsiya beriladi: - gorizontal markazdan qochma “D” turdagi kichik nasoslar uchun- so‘rish quvuriga kirish qismi pastki bef minimal suv sahidan kamida 2 m chuqurlikda bo‘ladi (1-rasm); - gorizontal markazdan qochma “D” turdagi o‘rta va yirik nasoslar uchun- nasos ishchi g‘ildirak o‘qini pastki bef minimal suv sahidan kamida 0,5 m, so‘rish quvuriga kirish qismi kamida 2 m chuqurlikda bo‘ladi; - vertikal markazdan qochma “B” va o‘qiy turdagi nasoslar uchun- so‘rish quvuriga kirish qismi pastki bef minimal suv sahidan kamida 2,5 m chuqurlikda bo‘ladi (1-rasmlar). h2 o‘lchamini (0,8÷0,9)·Dkir ga teng deb olish tavsiya qilinadi. h o‘lchamini kirishdagi so‘rish quvurining balandligiga teng deb qabul qilish tavsiya qilinadi. Rejadagi nasos kamerasining eni b=3·Dkir yoki bquv (kirish qismidagi so‘rish quvurining eni)ga teng deb qabul qilinadi. 8.2.Nasos stansiyasining asosiy o‘lchamlarini aniqlash. Suv sarfi so‘rish balandligi suv manbai va boshqalarga qarab tanlanadi.Agar suv manbai daryo yoki magistral kanal bo‘lsa,undagi suv sathining o‘zgarib turishiga qarab nasos stansiyasi binosi loyihalanadi.
Nasos stansiyasida bir qator nasoslarni joylashgan nasosning bino enini topish. Nasos stansiyasida ikki qator nasoslarni joylashgan nasosning bino enini topish. Nasos stansiyasi binisi uzunligini topish. 3> Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling