Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi, mamlakatlarning o’zaro
integratsiyalashuvi va
xalqaro ixtisoslashuvning kuchayishi har bir milliy iqtisodiyot oldiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va jahon bozorida munosib o’rin egallash vazifasini qo’ymoqda. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bo’layotgan jarayonlar va birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez o’zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning ko’plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va o’sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi, albatta” 1 . Shu boisdan, mamlakatimizda moliya sektorini barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotning 23 yillik davri mobaynida bozor munosabatlariga o‘tishi, uning mustaqil davlat sifatida jahon ko‘lamiga kirib kelishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha kuchaytirdi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda. Xalqaro moliya munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati, uning nafaqat jahon xo‘jaligi muammolarini, balki milliy xo‘jalik muammolarini ham o‘zida mujassam etganligidadir. Bu borada
prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Jahon bozoridagi kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9 foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. 2013-yilda qimmatbaho metallar narxining keskin
1 Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015. 71 b. 6
pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida 2 foizga ko‘paydi. So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam, xato bo‘lmaydi.” 2
Hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri bu xalqaro moliya munosabatlarini tashkil etish va ayniqsa, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling