Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich
-jadval MDH davlatlarining joriyoperatsiyalar balansi hisobi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2
2-jadval
MDH davlatlarining joriyoperatsiyalar balansi hisobi 12 (YAIMga nisbatan %da) 2011 2012 2013 MDH
7,5 4,5
4,8 Rossiya
9,5 5,9
5,8 Rossiyadan tashqari 1,1 -0,1
1,5 Armaniston -1,8 -6,5
-6,8 Azarbayjon 17,7 28,8
39,5 Belarus
-4,1 -6,6
-7,5 Gruziya
-15,9 -19,7
-16,6 Qozog’iston -2,2 -6,6
-1,7 Qirg’iziston -6,6 -6,5
-8,3 Moldova
-12,0 -9,7
-10,3 Mongoliya 7,0 -0,6
-17,1 Tojikiston -3,0 -9,5
-8,3 Turkmaniston 15,3 16,8
23,6 Ukraina
-1,5 -4,2
-7,6 O‘zbekiston 18,8 23,8
24,6
12
sayti malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi 40
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, MDH mamlakatalrida joriy operatsiyalar balansining saldosi 2011 yilda YAIMga nisbatan 4,5 foizni tashkil etgani holda 2006 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 40 foiz kamaygan. 2005- 2013 yillar oralig’ida MDH mamlakatlari joriy operatsiyalar balansi hisobi tahminan uchbaravarga kamaygan. Shu o‘rinda MDH mamlakatlari tarkibinikuzatadigan bo‘lsak, Rossiya, Azarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston mamlakatlari joriy operatsiyalar balansida ijobiy saldoga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston nafaqat MDH mamlakatlari ichida, balki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ham joriy operatsiyalar balansi ko‘rsatkichi bo‘yicha ijobiy natijalarga ega. Joriy operatsiyalar balnsidagi ijobiy qoldiq O‘zbekistonning sof eksporter ekanligidan dalolat beradi. Yuqoridagi tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, bugungi kunda mamlakatimiz xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, o‘zining munosib o‘rnini topgan. Jahon mamlakatlari globalizatsiyadan manfaat ko‘rsa-da, uning o‘ziga xos salbiy tomonlari ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1. Manfaatlarning mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanishi. Globalizatsiyaning birinchisalbiy tomoni, undan ko‘riladigan daromadning mamlakatlar o‘rtasida va ichida teng taqsimlanmasligi hisoblanadi. Buni quyidagi ma’lumot yaqqol tasdiqlaydi: 1980 va 1997 yillar mobaynida jahonda aholi jon boshiga daromad oshgan bo‘lsa, 59 mamlakatda bu ko‘rsatkich pasaydi va daromadlar tabaqalanishuvini oshirib yubordi. Tovarlar va xizmatlar eksporti 46 ta mamlakatda 5 foizga yaqin yillik o‘sishga erishilgan bo‘lsa, 9 ta mamlakatda mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 1 foizdan kamroq yillik o‘sish qayd etilgan. Shunday holat bevosita xorijiy investitsiyalar oqimida ham kuzatilgan. 90- yillarda bevosita xorijiy investitsiyalarning 58 foizi rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirildi. Rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga yo‘naltirilgan umumiy investitsiyalarning 85 foizi faqatgina 20 mamlakatga joylashtirilgan
41
bo‘lsa, bu yigirmatalikning quyi o‘n oltitasi yuqoridagi to‘rttasiga nisbatan kamroq ulushga ega bo‘ldi. Portfelli investitsiyalar oqimida bundan-da yomonroq holat ko‘zga tashlandi. Bu investitsiyalarning 93 foizi atigi 20 mamlakatga yo‘naltirildi, bundan quyi 13 tasi 7 tasiga nisbatan kamroq investitsiyani jalb qilgan. 9 ta mamlakat uchun mazkur investitsiyalar oqimi salbiy ma’no kasb etgan. Axborot va aloqa texnologiyalardan foydalanishda ham nomuvofiqliklar ko‘zga tashlanadi. XX asrning so‘nggi o‘n yilligi yakunlarida jahon aholisining 15 foizini tashkil etuvich industrial mamlakatlardagi internetdan foydalanuvchilar soni umumiy foydalanuvchilarning 88 foizini tashkil qilgan. Dunyo aholisining 20 foiziga Yaqinini tashkil qiluvchi Janubiy Osiyo xalqlari orasida internetdan foydalanuvchilarning 1 foizidan kamrog’ini tashkil etgan. 2. Mamlakatlar ichida manfaatlarning notekis taqsimlanishi. Ko‘plab mamlakatlarda daromadlarning tabaqalanishuvi oshib bormoqda. Ish va daromadga tahdid oshmoqda, ayniqsa malakasiz ishchilarga ish va daromad topish qiyinlashmoqda, zero, bunda korporativ restrukturizatsiya tufayli mutaxassislar ham ishsiz qolish xavfi kuzatilmoqda. 3. Globalizatsiya tufayli xalqlar madaniyatidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar va ularning rivojlangan davlatlarga xizmat qilishi. Xalqlar nafaqat o‘zlarining geografik va siyosiy tuzilishiga qarab, balki madaniyati va milliy xarakterga ko‘ra farqlanadi. Milliy xarakter va madaniyat jamiyat qadriyatlari tizimi orqali taraqqiy etib boradi. 4. Ojizlar ustidan kuchlilarning hukmronlik qilishi. Globalizatsiya tufayli turli to‘siqlarga va cheklovlarga barham beriladi va bu kuchlilarning ojizlar ustidan hukmronlik qilishiga zamin hozirlaydi. Global dunyo borgan sari demokratik dunyo tomon odimlamoqda, deya olmaymiz. Global dunyo borgan sari qudratli davlatlar qo‘liga o‘tmoqda. Bunda qolgan davlatlarning ahvoli avvalari mustamlaka bo‘lgan davlatlarnikidan yomon bo‘lsa bo‘ladiki, aslo yaxshi bo‘lmaydi. Iqtisodiy globalizatsiya ta’sirida rivojlanayotgan davlatlarning kichik 42
kompaniyalari boy berilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning yirik korporatsiyalari hamma narsaga ega bo‘lmoqda. Jahon xo‘jaligi aloqalarida globallashuvning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish asosida xalqaro mehnat taqsimotining guruhlanishi, xalqaro transport infratuzilmasining rivojlanishi, mikroelektronikaning mislsiz ravishda rivojlanishi xizmat qilmoqda. Internetning yaratilishi bilan tovar va xizmatlarning xalqaro harakati, ishchi kuchi migratsiyasi, kapitalning transmilliy miqyosidagi oqimi, texnologiyalar almashuvi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Milliy xo‘jalikda eksportga bo‘lgan qiziqish kuchayib, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi tashqi iqtisodiy omillarga uzviy bog’lanib qoldi. Globallashuvning muhim ko‘rinishi sifatida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo rejimlarining erkinlashtirilishi va yumshatilishini o‘sib borishi, deb qaralmoqda. Savdo rejimlari dastlab tovar bozorida, so‘ngra xizmatlar, kapital va qimmatbaho qog’ozlar bozorlarida, va nihoyat, ishchi kuchi bozorida davlatlararo erkin muomalasi ro‘y bermoqda. Xo‘jalik faoliyatining jahon miqyosida kengayishi va kuchayishi tabiiy muhit va resurslar holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Natijada, atrof-muhitni himoyalash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari jahon hamjamiyati tomonidan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarga aylanib bormoqda. Iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda insoniyat uchun muhim omil bo‘lgan ekologiyani saqlash, tabiiy muvozanatni ta’minlash kabi bir-biriga teskari global masalalarni hal etish zaruriyati tug’ilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi nochorlik, ochlik, qashshoqlik, turli kasalliklar, shu jumladan, OITS, uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorchilik (1999 yil 16 fevral O‘zbekistonda, 2001 yil 11 sentyabr AQSH da va boshqalar), narkobiznes kabi illatlarning jahon miqyosida kuchayib borayotganligi jahon hamjamiyatining o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga majbur etmoqda. 43
Jahon tarqqiyotining bunday sharoitida iqtisodiyot, shu jumladan, valyuta va moliya-kredit siyosatini hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, jahon iqtisodiyotini tartibga soluvchi xalqaro tashkilot va muasassalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), BST, Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki guruhi (JB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Yevropa Ittifoqi (ET), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqalarning zimmasiga yangi vazifalar yuklamoqda. Ushbu tashkilotlarning talablari va yagona standartlari texnologiya, atrof- muhitni himoyalash, moliya institutlari faoliyati, buxgalteriya hisobi, audit, milliy hisoblar tizimi va boshqa sohalarga keng joriy etilmoqda. Xalqaro yirik tashkilotlar yordamida makroiqtisodiy siyosatning bir-biriga mos mezonlari joriy etilmoqda, valyuta kredit, soliq, tashqi iqtisodiy siyosat, bandlik sohalaridagi talablarni bir xilligi va yagonaligi tatbiq etilmoqda. O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda. Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum usullarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi — tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash — takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi. 44
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling