1.3-Jadval
Shartli yoqilg’i bilan taqqoslangandagi solishtirma energosig’im qiymatlari
Yoqilg’i
turi
|
Shartli
yoqilg’i
|
Antratsit
ko’mir
|
Quruq
o’tinlar
|
Neft
|
Propan gaz
|
Vodorod
|
Shartli energiya sig‘imi,
106 J/kg
|
29,3
|
33,5
|
10,5
|
41,9
|
46.1
|
120,6
|
Kkal/kg
|
7000
|
8000
|
2500
|
10000
|
11000
|
28800
|
1.3- jadvaldan ko‘rinib turibdiki, neft va gaz yuqori energiya sig‘imiga ega. Lekin neft va gaz faqat energetika sanoatida emas balki kimyo sanoatida xomashyo va transport uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Hozirda bizning mamlakatimizda va chet ellarda vodorod o‘zgartirishni tejamli sanoat usullarini topish bo‘yicha ilmiy tajribaviy izlanishlar olib borilmoqda. Vodorod zahirasi bitmas-tuganmas bo‘lib, yana u sayyoramizning hech qanday hududi bilan bog‘liq emas. Vodorodda bog‘langan ko‘rinishida suv molekulalari (H2O) mavjud. Vodorod yoqilganda atrof muhitni ifloslamaydigan suv hosil bo‘ladi.
Hozirda vodorod asosan tabiiy gazdan olinadi, yaqin kelajakda uni ko‘mirni gazlantirish yo‘li bilan olish mumkin bo‘ladi. Suvni elektroliz jarayoni vodorodni sanoat yo‘li bilan olish istiqboli yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Bu usul katta afzalliklarga ega, chunki u atrof-muhitni kislorod bilan to‘yintirishga olib keladi. Vodorod yoqilg‘isini keng ko‘lamda qo‘llanilishi uchta dolzarb muammolarni yechishi mumkin:
Organik va yadro yoqilg‘ini iste`mol qilishni kamaytiradi.
Energiyaga ortib borayotgan talabni qoniqtiradi.
Atrof muhit ifloslanishini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |