Kafedrasi “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi


Hajmiy-rejali va tuzilmaviy yechim


Download 1.17 Mb.
bet2/8
Sana29.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1305290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sanoat korxonalarining yordamchi binolari (3)

Hajmiy-rejali va tuzilmaviy yechim

Yordamchi binolarni va xonalarni loyihalash, qurilish norma va qoidalari


SHNQ 2.09.04-09 “Sanoat korxonalarining yordamchi bino va xonalari”ga asoslangan holda bajariladi.Yordamchi binolar ishlab chiqarish binolariga nisbatan: bino ichida, yonida, yoki alohida binoda joylashishi mumkin.Yordamchi binolarni joylashishi 1-rasmda ko‘rsatilgan.Alohida joylashgan yordamchi binolar sanoat korxonalari bilan yer ustida, yerdan va yer osti isitiladigan o‘tish joyi orqali bog‘lanishi mumkin.
Sanoat binosi bilan yordamchi bino oralig‘i 12 m.dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yordamchi binolar va xonalardan chiqish joylari kamida 2 ta bo‘lishi kerak.
Agar bir qavatda 50 ga yaqin kishi ishlasa, ikkinchi va yuqori qavatlardan ikkinchi chiqish joyi qilib, tashqi ochiq temir pillapoyalar olinishi mumkin. U holda zinapoya eni 0,7 m. va qiyaligi 1:1 dan kam bo‘lmasligi kerak. Odamlar yordamchi bino xonalarining qaerida bo‘lishidan qat’iy nazar chiqish joygacha bo‘lgan masofa 50 m. dan oshmasligi kerak.


Rasm 1. Sanoat korxonalarining ma’muriy-maishiy binolarini
joylashishi.


a-ishlab chiqarish binosiga bo‘ylama tomoni bilan va
b- yon tomoni bilan yopishtirilgan holda;
v – aloxida joylashgan hol(ishlab chiqarish binosiga yer osti
yo‘lagi orqali bog‘langan).

\


Zinapoya zinasining eni va maydoni, evakuatsiya vaqtida kerak bo‘lgan o‘tish joylari, eshiklar hisoblash yo‘li bilan topiladi va quyidagicha olinadi:
Zinapoya maydoni va qadami / marshi/ - 1,2 m.
Yo‘laklar -1,4 m.
O‘tish joylari -1,0 m.
Eshiklar -0,8 m.
Zinapoya maydoni va qadami / marshi/ ning eni 2,4 m. dan ko‘p bo‘lishi tavsiya etilmaydi. Yordamchi binolar uchun vestibyuldan 2-qavatga ko‘tarish uchun ochiq pillapoyalar loyihalashga ham ruxsat beriladi. U holda vestibyul yonmaydigan materialdan qilingan eshigi bor parda devor bilan ajratilishi kerak.
Binoga uzunligi 1,2 m. dan kam bo‘lmagan tambur orqali kirish tavsiya etiladi.
1-nchi qavat polining sathi rejalangan yer o‘lchami sathidan kamida 0,15 m. yuqorida bo‘lishi kerak.
Yordamchi binolar qavatining balandligi 3,3 m. ,agar qavatlar maydoni 300 m2 gacha bo‘lsa 3 m. ga teng qilib olish ruxsat etiladi.
Agar qavatning 60% ni oshxona va majlislar zali tashkil qilsa, u holda qavatlar balandligini 3,6 m. yoki 4,2 m. qabul qilish kerak.

TUZILMAVIY YECHIMI


Tuzilmaviy chizmasiga qarab yordamchi binolar quyidagicha loyihalanadi:
A) yuk ko‘taruvchi ( ko‘ndalang va bo‘ylama) devorli;
B) karkasli (sinchli), (to‘liq va to‘liqsiz karkasli).
Xonalar maydoni 300 m2 dan kam bo‘lsa, yordamchi bino yuk ko‘taruvchi devorli qilib loyihalanadi. Agar xonalar maydoni 300m2 dan katta bo‘lganda temir –betondan qilingan to‘liq karkasli, osma devorli qilib loyihalanadi.
Yordamchi binolarni loyihalashda qo‘llanilgan temirbeton tuzilmalarni jamoat binolarining qurilishida ishlatilgan tiplashtirilgan katalogdan olish mumkin.
Alohida qurilgan yordamchi binolarning hajmiy-rejali yechimi 2-rasmda ko‘rsatilgan.

YORDAMCHI BINOLAR TARKIBI VA UNI HISOBLASH.


SHNQ 2.09.04-09 ga asoslanib, yordamchi binolar tarkibiga quyidagilar kiradi:
O‘z-o‘ziga xizmat qilish xonalari va jihozlari (garderoblar, umivalniklar, sanuzellar, dushlar va h.k.).
Ma’muriy idora, jamoat tashkilotlari xonalari, ovqatlanish xonalari va boshqalar.
Yordamchi binolar tarkibini aniqlashda, sanitariya xarakteristikasi bo‘yicha korxonada ishlayotgan odamlar qaysi gruppaga kirishiga qarab olinadi.
Korxonalarni ishlab-chiqarish jarayoniga qarab sanitariya xarakteristikasiga bo‘lish quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.


Korxonalarni ishlab-chiqarish jarayoniga qarab sanitariya xarakteristikasiga bo‘lish.


1-jadval

Ishlab chiqarish jarayoni guruhi

Ishlab-chiqarish jarayonining sanitariya xarakteristikasi



Ishlab-chiqarish korxonalarining nomi



1


Ortiqcha issiqlik ta’siri ko‘p bo‘lmaydi
(-20)kall m3S gacha va namlik, chang, ifloslangan moddalar ajralib chiqmaydigan ishlab-chiqarish:
a) qo‘l va ish kiyimi ifloslanishi unchalik ko‘p emas;
b)qo‘l va ish kiyimi, ayrim hollarda badan ham ifloslanadi;
v) qo‘l, ish kiyimi ifloslanadi.

Tikuv korxonalari, aniq priborlar ishlab chiqaradigan va soatsozlik zavodlari.

Metallni sovutilgan qayta ishlash, mexanik yig‘uv, instrumental, modelli mashinasozlik zavodi sexlari.


Plastmassa va metallni sovuq holda qayta ishlash dastgohlarni sozlash ishlari, mexanik ta’mirlash ishlari va h.k.o.



2


Nam,chang ajralib chiqadigan va kuchaytirilgan jismoniy ish bilan bog‘liq ishlab chiqarish.
a) ortiqcha issiqlik ta’siri ko‘p(20 kall S) asosan konveksiyali issiqlik ajraladi;
b) ortiqcha issiqlik ta’siri ko‘p(2 kall S) asosan nurli issiqlik ajraladi;
v) ko‘p miqdorda chang ajralib chiqadi (er osti ishlari);
g) suv ko‘proq qo‘llaniladi;
d) chang va namlik5 birgalikda ta’sir qiladi;
ye) ochiq havoda yoki xonalarda havo harorati 50S dan kam bo‘lganda.

Yigiruv va to‘quv sexlari, Har xil ishlab-chiqarish quritish bo‘limlari.
Eritish va quyish sexlari, g‘isht va sement zavodlari.
Paxta qayta ishlash fabrikasining tutish sexi, shisha tayyorlash sexi, tegirmonlar,har-xil materiallarni maydalash sexlari.
Tikuv fabrikasining yuvish va bo‘yash sexlari,sun’iy tola zavodining pardozlash sexi.
Yer osti ishlari, temir-beton va chinni mahsulotlari tayyorlash jarayoni.
Karerlar, ochiq omborxonalar va sovuqxonadagi ishlar.

3


Ishlab-chiqarish jarayoniga keskin ta’sir etuvchi faktorlar:
a) ajralib chiqishi va qo‘llanishi xavfli ta’sirga ega bo‘lgan moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish.
b) xavfli va kuchli hid chiqadigan va qo‘llaniladigan modda bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab- chiqarish.
v) har-xil hid chiqaradigan materiallarni qayta ishlaydigan ishlab chiqarish.
g) ochiq joylashgan nurlanishda qo‘llaniladigan ishlab-chiqarish.

Xlor, fenol, mishyak, simob, fosfor va ularning qo‘shilmalari ko‘p miqdorda ajralib va qo‘llaniladigan sexlar.
Bo‘yash sexi, ruberoid zavodlarning shimdirish bo‘limlari, kislota, ishqor va neft’ mahsulotlari, qayta ishlash.
Chiqindi mahsulotlari, teri, jun, suyaklarni qayta ishlash.
Radioaktiv moddalarni dozirovkalash va joylashtirish.



4

Mahsulot sifati maxsus talablar asosida bo‘lgan ishlab chiqarish jarayoni:
a) oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan;
b) sof tozalangan material (mato)larni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan;
v) Mahsulotni tayyorlashda maxsus tozalikni talab qiluvchi i/ch bilan bog‘liq bo‘lgan.

Non va sut zavodlari, qandolat va makaron fabrikalari, go‘sht va baliq kombinatlari, konserva va qand zavodlari.
Sof tozalangan material ishlab chiqarish sexlari (vaksina, zardob).
Radiotexnik priborlar, elektron sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish sexi.

Ishchilarni ishlab-chiqarish jarayoni bo‘yicha guruhlarga bo‘lib bo‘lgandan keyin, o‘z-o‘ziga xizmat qilish xonalarini hisoblashga o‘tiladi, ya’ni norma bo‘yicha sanitariya jihozlarining(jilvaroq) dush setkasi, yuvinish xonalari, hojatxona soni, garderob shkaflarining soni va ularning joylashtirish (3-rasmda ko‘rsatilgan), ma’muriy xonalar ro‘yxati, ularning o‘lchamlari va h.k.o.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling