Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi
-BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI VA ICHKI AUDITNING TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 236.81 Kb.
|
1.12.07.2023
2-BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI VA ICHKI AUDITNING TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. Mamlakatimizda tashqi auditni tashkil etish masalalari Iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ko’rsatiladigan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish lozim bo’ladi. Bunda moliya tizimida islohotlarni chuqurlashtirish va respublikamiz bozor infrastrukturasini takomillashtirish bo’yicha bosqichma-bosqich amalga oshiralayotgan siyosat natijasida auditorlik faoliyatining kompleks qonunchilik-huquqiy asosi barpo etildi, jumladan 2000 yil 26 mayda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida" 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori qabul qilindi, 1999 yildan boshlab 2006 yilgacha bo’lgan davrda 21ta Auditorlik faoliyatining milliy standart (AFMS)lari va auditorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning turli masalalarini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun amaliy iqtisodiy rag’batlar va soliq imtiyozlari hamda preferentsiyalar yaratildi, litsenziyalar berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirildi va liberallashtirildi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-sonli "Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to’g’risida"gi qaroriga asosan, 2005 yil 1 oktyabrdan boshlab auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar cheklanmagan amal qilish muddatga beriladi. 34
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli "O’zbekiston Respublikasida 2006 - 2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, auditorlik xizmatlarini ko’rsatadigan auditorlik tashkilotlari 2006 yil 1 apreldan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig’i va yagona soliq to’lovini to’lashdan ozod etilgan. Bunda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi PQ – 640 - sonli “O’zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo’lgan davrda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan, yuqorida ta’kidlab o’tilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati kichik korxonalar va mikrofirmalarga tegishli auditorlik tashkilotlari uchun 2010 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Shu bilan birga, yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari, respublikamiz hududida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi me’yoriy hujjatlar amal qilib kelmoqda: Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-sonli “Tadbirkorlik faoliyatiini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi qarori; Adliya Vazirligi ro’yxatidan 2000 yil 13 oktyabrdagi 977-sonli “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida”gi Nizom; Adliya Vazirligi ro’yxatidan 2000 yil 4 noyabrdagi 982-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarin o’tqazish to’g’risida” Yo’riqnoma va boshqalar. “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi va auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomning 16-bandiga muvofiq, auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro’yxatidan o’tishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomga muvofiq, auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 35
foizi bir yoki bir necha ushbu auditorlik tashkilotining shtatdagi auditorga tegishli bo’lishi kerak. Bunda: ustav kapitalining ushbu ulushi aynan shu auditorlik tashkilotining auditoriga (auditorlariga) yoki ushbu tashkilotda ishlamaydigan auditorga tegishliligi muhim emas edi, muhimi ta’sischida auditorlik malaka sertifikati bo’lishi hisobga olingan. Endi auditorlik tashkiloti ustav kapitalining ushbu ulushi amaldagi auditorlik malaka sertifikati bo’lgan, shuningdek, ushbu auditorlik tashkilotining auditori (asosiy ish joyidagi yoki o’rindoshlik asosidagi shtatdagi xodimi) bo’lgan ta’sischiga (ta’sischilarga) tegishli bo’lishi lozim. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, auditor faqatgina bitta auditorlik tashkilotida ta’sischi bo’lishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi kerak bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sirasi belgilangan bo’lib, ular qo’yidagilardan iboratdir: aktsiyadorlik jamiyatlari; banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug’urta tashkilotlari; investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; mablag’larining xosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidai qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar; ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar. “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5- moddasi va auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomning 16-bandiga muvofiq, auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro’yxatidan o’tishi lozim. Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritadi. Auditorlik tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357- 36
sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomga va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Auditorlik faoliyatining amaliyotida ko’p hollarda amaldagi auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lgan bir jismoniy shaxs bir necha auditorlik tashkilotlari ustav kapitalida ma’lum ulushga ega bo’ladi. Bunday holatlar odatda: auditorlik tekshiruvidan o’tadigan shaxslardan, shuningdek har qanday uchinchi shaxslardan mustaqillik printsipining buzilishiga; mulkdorlarning auditorlik tashkiloti moliyaviy natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorligining kamayishiga; mamlakatning ba’zi hududlarida auditorlik xizmati bozorlarida sof raqobatning cheklanishiga yoki ma’lum darajada monopollashuviga (oligopollashuviga), auditorlik tashkiloti boshqaruvi xodimlari faoliyatini ta’sischilar tomonidan nazoratining sezilarli darajada pasayishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, auditorlik tashkilotlari ustav kapitalida ta’sischilarning ulushlari va ularning tarkibi bo’yicha quyidagi asosiy xulosaga kelish mumkin: auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi ushbu auditorlik tashkilotining bir yoki bir necha shtatdagi auditorlarga tegishli bo’lishi lozim va auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotida ta’sischi bo’lishi mumkin. Auditorlik tashkilotlari o’z fuqarolik ma’suliyatlarini sug’urta polisi bo’lsagina, tuzilgan auditorlik xizmatlarini ko’rsatish shartnomasi asosida auditorlik faoliyatini olib borishlari mumkin. Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari va boshqa moliyaviy ma’lumotlari haqida noto’g’ri xulosaga ega bo’lgan auditorlik xulosasini tuzganligi natijasida zarar ko’rgan auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va moliyaviy hisobotlardan boshqa foydalanuvchilari tomonidan qo’yilgan da’volari hisobidan auditorlik tashkilotlari ko’rishi mumkin bo’lgan zararlarning oldini olishning manbai bo’lib sug’urta polisi sanaladi. Bundan tashqari, yuqorida sanab o’tilgan va boshqa sabablar ko’ra yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun o’ziga xos kafil bo’la oladigan summadagi sug’urta polisining mavjud bo’lishi, ushbu auditorlik tashkilotiga xo’jalik yurituvchi sub’ektni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish uchun e’lon qilingan tenderda qatnashishida 37
o’ziga xos ustunlik beradi. Shuning uchun ham, yuqorida keltirib o’tilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik javobgarligini sug’urta polisi mavjud bo’lmasligi litsenziya talablarini birlamchi qo’pol buzilishi sifatida qabul qilinadi va bu auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga asos bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomga muvofiq, bundan buyon (ya’ni ushbu hujjatni qabul qilingan sanadan – 2007 yil 4 apreldan) auditorlik tashkilotlari aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektni uch yildan ortiq ketma-ket tekshirishlari mumkin emas. Bunda shuningdek auditorlik tashkilotining so’nggi uch yil davomida aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan uning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish uchun tuzgan bitimlari, shartnomalari ham ko’zda tutiladi.Bundan tashqari, auditorlarning o’z faoliyatlari uchun ma’suliyatlarini oshirish maqsadida, auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomda, qoidabuzarlikka yo’l qo’yilgani uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki amal qilishi tugatilgan auditorlar bekor qilingan yoki tugatilgan vaqtdan boshlab uch yil davomida auditorning malaka sertifikatini takror olish uchun malaka imtihonlari topshirishga qo’yilmaydi. Quyida respublikamizda 2017 yil davomida auditorlik malaka imtihonlariga qatnashgan da’vogarlar va malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar soni keltirilgan. Download 236.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling