Kafedrasi xudayberdiyeva adolat sobirjon qizi
-rasm. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari faoliyati samaradorlig
8-rasm. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Respublika Yo`l jamg`armasi jami daromadlari tarkibida daromad moddalarining ulushi (2017-yil) 29
29 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda Davlat byudjeti asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlari prognozi toʻgʻrisida”gi qarori.
54
Yuqoridagi rasmga e’tibor bersak, 2016-yilda Respublika Yo`l jamg`armasi daromadlari tarkibida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotishdan majburiy ajratmalar ulushi eng yuqori - 61 % ekanligini ko`rishimiz mumkin. Turli yillarda bu ko`rsatkich o`rtacha 65 % ni qayd etgan, shuningdek, 2017 yilda esa, 54,4 % tashkil etishi kutilmoqda. Bu 1863,0 mlrd so`mga tengdir va bu o`tgan 2016-yilgi 1815,2 mlrd so`mdan 47,8 mlrd so`mga ko`p demakdir. Ushbu daromad moddasining o`sish sur’atlari oxirgi 2 yilda kamayganiga e’tibor qarastish lozim. Chunki, 2014-yilda o`sish farqi 208.0 mlrd so`mga, 2015-yilda 386,3 mlrd so`mga teng bo`lgan bo`lsa, o`tgan 2016-yilda esa 130,8 mlrd so`mni tashkil etgan. Bu jamg`arma faoliyatining sustlashganidan emas, balki boshqa daromad manbalari ulushining ortganligidan dalolat beradi. Jumladan, daromadlar tarkibida O'zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilayotgan yoki sotib olinayotgan avtotransport vositalari egalari (foydalanuvchilari) tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro'yxatdan o'tganlik uchun yig'imlar ulushi ham yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, ushbu yig`imlar hajmi 2014-yilda 364,4 mlrd so`mni, 2015-yilda 448,6 mlrd so`mni hamda 2016-yilda 510,6 mlrd so`mni tashkil etgan. Joriy yilda ushbu ko`rsatkich yanada ortib, umumiy summa 550,0 mlrd so`mga yetishi kutilmoqda. Demak, yuqori o`sish sur’atlari kelgusi yillarda ham saqlanib qolishi mumkin. Respublika Yo`l jamg`armasi daromadlari tarkibida xalqaro moliya institutlarining zayomlari muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi ushbu jamg`arma davlat maqsadli jamg`armalari orasida o`zining investitsion faolligi bilan ajralib turadi. Xalqaro manbalar hisobidan shakllangan moliyaviy resurslar doimiy yillik o`sish tendensiyasiga ega. Bir avtotashuvchi uchun xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini O'zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranzit o'tishi uchun yig'imlar (valyuta tushumlarining so'mdagi ekvivalenti) ham jamg`arma daromadlari tarkibida o`izga xos o`rinni egallaydi. Ushbu manba hisobida turli yillarda o`rtacha 50-55 mlrd so`mga teng mablag`lar jamg`arilgan. Bu umumiy daromadlar hajmiga nisabat 1,8-2,0 % demakdir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling