Kafedrasi xudayberdiyeva adolat sobirjon qizi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari faoliyati samaradorlig
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………….
3-BOB. IQTISODIY
ISLOHATLARNING CHUQURLASHUVI SHAROITIDA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARINING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI...................... 61 3.1.
Davlat maqsadli jamg`armalari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishda xorij tajribalari........................................................
61
3.2. Davlat maqsadli jamg’armalarining investitsion faoliyati samaradorligini oshirish istiqbollari……………………………...
68 3-bob bo’yicha xulosa……………………………………………. 75 XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………. 77
FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR RO’YXAT……….... 80 4
KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda har qanday davlatda tashkil etiladigan turli xil fondlar, xususan, byudjetdan tashqari jamg‘armalar shu mamlakat iqtisodiyotida eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy o‘sishning sifatiga va mamlakat aholisining ijtimoiy farovonlik darajasiga bevosita o’z ta’sirini ko‘rsatadi. Aynan shuning uchun ham keying yillarda Davlat byudjeti masalalariga (o’z ornida, muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti. Mamlakatimizda ham davlat maqsadli jamg’armalarida to‘planayotgan moliyaviy resurslar iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish va isloh etish sharoitidek ayni paytda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular tegishli sohalar vazifalarining bajarilishini ta’minlab kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Jami investitsiyalarning 67 foizidan ortig`i mamlakatimizning ichki manbalari hisobidan – korxonalar va aholi mablag’lari, investitsiya jarayonlarida tobora faol ishtirok etayotgan tijorat banklari kreditlari, shuningdek, davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg’armalari mablag’lari hisobidan shakllantirilmoqda” 1 .
ijtimoiy yo‘naltirilgan va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan jamiyatni barpo etishdir. Shunday ekan, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning sotsial sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Xususan, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida alohida o’rin egallaydigan davlat moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo’lgan davlat byudjeti, xususan davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar faoliyati va ularning hozirgi holati, shuningdek, ushbu sohada bartaraf etilishi lozim bo’lagan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 29-dekabrda PQ №3454 sonli mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo’yicha, mo’jallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\Xalqso’zi.2018 yil 19 fevral.
5
masalalariga chuqurroq yondashishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Negaki, davlat maqsadli vabyudjetdan tashqari jamg’armalari mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa funktsiyalarini amalga oshirishda moddiy- moliyaviy asosni tashkil etadi va mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. Shunday ekan, bitiruv malakabiy ishimiz mavzusi nihoyatda dolzarbdir. Bizga ma’lumki, juda qadimdan kishilik jamiyati taraqqiy etib borar ekan, insonlar ma’lum maqsad va rejalarni ko’zlagan holda o’zlari alohida yoki jamoaviy tarzda turli xil jamg’armalar tashkil qila boshlashgan va vaziyat taqozosi bilan ulardan foydalanishgan. Bora-bora bu amaliyot taraqqiy topib, jamg’armalar aynan bir maqsadda hamda ma’lum davriy ketma-ketlikda shakllantirila boshlangan.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling