Kafedrasi xudayberdiyeva adolat sobirjon qizi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana28.10.2021
Hajmi0.97 Mb.
#169051
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari faoliyati samaradorlig

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10- jadval 

Xorijiy davlatlarda pensiya yoshi va pensiya badali miqdori

34

 



Erkaklar

Ayollar

Ish beruvch

Ishlovchi

Buyuk Britaniya

60

60

10



10

Germaniya

65

65

10



15

AQSh


65

65

6.2



6,2

Fransiya


60

60

9.8



6,2

O’zbekiston

60

55

24,8



6

Mamlakatlar

Pensiya yoshi

Pensiya badali miqdori (ish haqidan) 

 

 



Qozog’istonda  va  Belarussiyada  2011  yilda  o’rtacha  pensiyaning  miqdori 

tirikchilik  uchun  zarur  eng  kam  miqdorni  tashkil  etdi.  Pensionerlar  ayniqsa  kam 

ta’minlangan  va  himoyalanmagan  hayotning  doimiy  qimmatlashuvidan 

boshqalarga  nisbatan  ko’proq  jabrlanadigan  aholi  guruhlaridan  biriga  aylandi. 

Pensiyaning xaridorlik qobiliyati doimiy ravishda pasayib bormoqda. Hamdo’stlik 

mamlakatlarida kam ta’minlangan aholining aksariyat qismini aynan pensionerlar 

tashkil  etadi.  Pensiya  tizimlarining  moliyaviy  barqarorligiga  MDX  barcha 

mamlakatlarida kuzatilayotgan  qoniqarsiz demografik vaziyat, aholining keksayib 

borishi,  iqtisodiy  band  aholiga  nisbatan  pensionerlar  ulushi  doimiy  ko’payib, 

pensioner  va  ishlovchi  shaxslar  soni  o’rtasidagi  o’zaro  nisbat,  bugungi  vaqtda 

iqtisodiy taraqqiyot etgan mamlakatlarga qaraganda past bo’lsada, yanada qisqarib 

borishi  kuchli  ta’sir  etmoqda.  Islohotlar  jarayonida  pensiya  xizmati  darajasini 

ko’tarish,  buning  uchun  qo’shimcha  zaxiralarni  jalb  etish,  pensiya 

tizimlariningmoliyaviy  mustahkamlanishini  ta’minlash,  ishchining  pensiyasini 

bevosita  uning  o’z  mehnati  bilan  qo’shgan  hissasiga  bog’lash  hamda  ishchilar 

                                                           

34

World Population Ageing 1950-2050. NY.2009. –P.34   




68 

 

o’zinig  pensiyasini  shakllantirishdan  manfaatdorligini  ta’minlashga  qaratilgan 



chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. 

Oxirgi  o’n  yillik  davr  davomida  Xamdo’stlik  davlatlarining  pensiya 

ta’minoti sohasida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Pensiya to’g’risida milliy qonun 

hujjatlari  ishlab  chiqildi.  Davlat  nafaqa  tizimining  sug’urta  tamoyillariga  o’tishi 

amalga  oshirildi.  MDX  mamlakatlarida  o’zining  moliyaviy  asosi  bo’lgan 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armalariga tayanadigan yangi pensiya tizimlari 

yaratildi.  Mahsulotlar  qimmatlashi,  narxlar  oshishi  munosabati  bilan  pensiyalar 

miqdorini  indeksasiyalash  doimiy  ravishda  amalga  oshiriladi.  Sug’urta  qilingan 

shaxslarni yakka tartibda hisobga olish amaliyoti joriy etildi. Qator mamlakatlarda 

pensiyalar  miqdorini  har  bir  ishchining  mehnat  hissasiga  imkon  qadar  uzviy 

bog’lashga  harakat  qilindi  va  bu  maqsadda  pensiyalar  hisoblash  tartibi 

o’zgartirildi.  Pensiya  tizimi  asosiy  ijtimoiy  vazifasini,  ya’ni  mehnat  qilishga 

layoqatsizlik  sababli  yo’qotilgan  daromad  miqdorini  maqbul  darajagacha  tiklash 

yo’li  bilan  muxtojlikni  kamaytirish  va  qashshoqlikni  oldini  olish  vazifasini 

bajarmoqda. 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling