Kafedrasi xudayberdiyeva adolat sobirjon qizi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/40
Sana28.10.2021
Hajmi0.97 Mb.
#169051
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari faoliyati samaradorlig

1- bob bo`yicha xulosa. 

           

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  birinchi  bob  bo`yicha  quyidagi  xulosalar 

tayyorlandi: 




24 

 

1.  Davlat 



maqsadli  jamg’armalari  -  davlatning  ayrim  xarajatlarini 

moliyalashtirish  uchun  mamlakatning  byudjet  tizimi  tarkibiy  qismi  sifatida 

jamg`ariladigan  moliyaviy  mablag`lar  bo'lib,  ularning  maqsadli  safarbar  etilishi 

ustidan  davlat  nazoratini  ta'minlash  maqsadida  amaldagi  me’yoriy-huquqiy 

hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan fondlardir. 

2.  Byudjetdan tashqari jamg`armalar  -  bu, ba'zan ijtimoiy ehtiyojlarni moliya 

bilan  ta'minlash  uchun  davlat  tomonidan  jalb  qilinadigan  va  operativ  mustaqillik 

asosida  kompleks  ravishda  sarflanadigan  moliya  resurslarini  qayta  taqsimlash  va 

foydalanish  shaklidir.  G`arb  mamlakatlarida  bundan  jamg`armalar  soni  30  tadan  

80 tagacha yetishi mumkin. 

3.  Davlat 

maqsadli 

jamg`armalari 

iqtisodiyotning 

ustuvor 

sohalarini 

qo`shimcha  moliyaviy  resurslar  bilan  ta'minlash  hamda    har  xil  maxsus  fondlar 

ko`magida  aholiga  sotsial  xizmatlar  ko`lamini  kengaytirish  kabi  vazifalarni 

bajaradi.  Odatda,  maqsadli  jamg`armalar  ijtimoiy  maqsadlarga  yo`naltirilgan  va 

iqtisodiy  yo`naltirilgan  jamg`armlarga  ajratiladi.  Ijtimoiy  maqsadli  jamg`armalar 

deganda,  aholini  hamda  unga  ijimoiy  xizmatlar  ko`rsatuvchi  ijtimoiy  sohani 

qo`llab-quvvatlovchi  jamg`armalar  tushunilsa,  iqtisodiy  maqsadli  jamg`armalarga 

esa, iqtisodiyot yetakchi tarmoq va sohalarini qo`shimcha moliyaviy resurslar bilan 

ta’minlash yoki aloihida tarmoqni yanada rivojlantirish uchun tashkil etiladi. 

4.  Mamlakatimizda amaldagi byudjet kodeksiga ko`ra 7 ta maqsadli jamg`arma 

faoliyat  olib  bormoqda.  Bularga  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

huzurida  tashkil  etilgan  jamg`armalar,  jumladan,  byudjetdan  tashqari  Pensiya 

jamg'armasi,  Respublika  yo'l  jamg'armasi,  Umumta'lim  maktablari,  kasb-hunar 

kollejlari,  akademik  litseylar  va  tibbiyot  muassasalarini  rekonstruktsiya  qilish, 

mukammal  ta'mirlash  va  jihozlash  jamg'armasi,  Sug'oriladigan  yerlarning 

meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi, Oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnika 

bazasini 

rivojlantirish 

jamg'armasi, 

shuningdek, 

Davlat 


mulkini 

xususiylashtirishdan  tushgan  mablag'lar  jamg'armasi  hamda  O'zbekiston 

Respublikasining Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasikabilar kiradi. 



25 

 

5.  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Ularning  byudjeti 



jamg`arma 

doirasida 

tuziladi 

va 


ijro 

etiladi, 

shuningdek, 

davlat 


konsolidatsiyalashgan  byudjeti  tarkibiga  kiritiladi.  Davlat  maqsadli  jamg`armalari 

Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi. 

6.  Davlat  maqsadli  jamg`armalarining  boshqaruv  apparati  bo`lib  ularning 

boshqaruv  kengashi  sanaladi.  O`z  o`rnida,  jamg`armaning  hududiy  bo`linmalari 

faoliyati  mahalliy  hokimiyat  organlari  hamda  moliya  boshqarmalar  va  bo`limlari 

tomonidan  muvofiqlashtirib  turiladi.  Barcha  byudjet  tizimi  byudjetlari  qatori, 

davlat  maqsadli  jamg`armalari  byudjeti  ham  Moliya  vazirligi  G`aznachiligi 

tomonidan amalga oshiriladi. 




26 

 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling