Kafedrasi xudayberdiyeva adolat sobirjon qizi
-rasm.O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari faoliyati samaradorlig
3-rasm.O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya
jamg'armasi 2015-2017 yillar uchun daromadlari tarkibi 19
19 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455, 2016-yil 27- dekabrdagi PQ-2699, 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454 sonli qarorlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi
39
BMT ning ma‘lumotiga ko‘ra, 2015-yilda dunyo aholisi tarkibida 60 yosh va undan katta yoshdagi aholining ulushi 12,0 foizni (900 mln. kishini) tashkil etgan. 2020-yilga borganda 60 yosh va undan katta yoshdagi insonlarning soni birinchi marta 5 yoshdan kichik insonlar sonidan ortib ketadi. 2050-yilga kelib Yer yuzida yoshi 60 dan oshgan va undan katta yoshdagilar soni 22 foizni (2,0 mlrd. kishini) tashkil etadi. O’zbekiston da keksalarning soni aholi umumiy sonining 6,7 foizini tashkil etadi. 2030-yilga kelib ushbu ko’rsatkich – 11,6; 2050-yilda esa 19,4 foizga yetadi. 60 va undan katta yoshdagi shaxslar ulushining muttasil ortib borishi bilan katta yoshdagi kishilarning pensiya ta‘minoti, shuningdek ularga yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan loyiha va dasturlarni moliyalashtirish muammosi paydo bo’lishi tabiiy. Shu sababli mazkur jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalarining muntazam ravishda takomillashtirilib borilishi, tushumlarning o’z vaqtida va to’liq tushishini ta‘minlashga erishish Pensiya jamg’armasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari pensiya tizimlari boshqarish va moliyalashtirishning ancha murakkab bo’lgan aralash tizimiga ega. Bu davlatlarda ham boshqarish va moliyalashtirish masalalarida muammolar mavjud. Bu muammolar mamlakatning demografik tarkibi, aholining borgan sari qarib borayotganligi, ishlovchilar bilan pensiya oluvchilar o’rtasidagi nisbatning pensiya ta‘minotining moliyaviy holatiga salbiy ta‘sir ko’rsatadigan darajada o’zgarib borayotganligi, davlat tomonidan kafolatlangan pensiya tizimlariga muqobil ravishda jamg’arib boriladigan pensiya tizimlarining rivojlanganligi, lekin bu tizim aholining daromadlilik darajasini hisobga olgan holda etarli samaradorlikka ega emasligi, xususiy pensiya fondlarining rivojlanishiga mamlakatda moliya bozorining lozim darajada shakllanmaganligi kabi muammolar bilan bog’liq. Quyida keltirilgan 5-jadvalda bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining
40
daromadlari manbalari va ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari 2018-yil prognozi keltirilgan.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling