Kafedrasi xudayberdiyeva adolat sobirjon qizi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/40
Sana28.10.2021
Hajmi0.97 Mb.
#169051
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari faoliyati samaradorlig

3-bob bo`yicha xulosa 

 

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining uchinchi bob bo`yicha quyidagi xulosalar 



tayyorlandi: 

Maqsadli  fondlar  tushunchasi  jahon  tajribasida  ilk  davlatchilik  shakllari 

uzaga  kelgan  davrlarda  paydo  bo`lganligini  inobatga  olsak,  ularning  bugungi 

kunda rivojlanganlik darajasi tabiiy holdir. Ular tajiribasidan maqsadli foydalanish 

esa, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida yaxshi samara berishi mumkin. 

Amaliyotdan  ma'lum  bo`lishicha,  g`arb  mamlakatlarida  fondlar  va  notijorat 

tashkilotlarning  vakolatli  mulk  negizida  tuzish  keng  tarqalgan.  Bu  tashkilotlar 

byudjetga  bir  qator  manbalar:  ta'sischilarning  ta'sis  hujjatida  belgilangan 

tushumlar,  hukumat  subsidiyalari  va  soliq  to`lashdagi  imtiyozlari  kurinishida, 

a'zolarning  badallik  vznoslari  va  ixtiyoriy  badallari,  tashkilotlar  va  jismoniy 

shaxslarning mulkiy badallari va xayriya ulushlari hisobidan, notijorat tashkilotlar 

tuzilishiga  sabab  bo`lgan  ijtimoiy  maqsadlarga  erishish  uchun  zarur  bo`lgan 

tadbirkorlik faoliyatidan olingan tushumlar, aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli 

qog`ozlardan olinadigan dividendlardan olinadigan daromadlardan shakllandi. 

Huquqiy  maqomiga  ko`ra  maxsus  fondlar  davlat  va  mahalliy  fondlarga 

ajratiladi.  Bizdagidan  farqli  o`laroq,  bir  qator  davlatlar  (AQSH,  Kanada)da 

mahalliy hokimiyat organlari ham maxsus fond tashkil qilish huquqiga ega. Davlat 

maxsus  fondlari  markaziy  hokimiyat  ixtiyorida  bo`ladi.  Bularga  eng  muhim 




76 

 

fondlar:  investitsiya,  valyuta,  ijtimoiy  sug`urta  va  boshqa  jamg`armalarni 



kiritishimiz mumkin. 

Oxirgi  o’n  yillik  davr  davomida  Xamdo’stlik  davlatlarining  pensiya 

ta’minoti sohasida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Pensiya to’g’risida milliy qonun 

hujjatlari  ishlab  chiqildi.  Davlat  nafaqa  tizimining  sug’urta  tamoyillariga  o’tishi 

amalga  oshirildi.  MDX  mamlakatlarida  o’zining  moliyaviy  asosi  bo’lgan 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armalariga tayanadigan yangi pensiya tizimlari 

yaratildi. 

Mamlakatimizda  so`nggi  yillarda  davlat  maqsadli  jamg`armalari  moliyaviy 

resurslaridan  oqilona  foydalanishga  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Ularning 

investitsion  faolligini  qo`llab  quvvatlash  tobora  davlat  siyosati  darajasiga 

ko`tarilmoqda.  Jumladan,  fuqarolarning  jamg`arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti 

negizida  shakllangan  moliyaviy 

mablag`lardan  investitsion  maqsadlarda 

foydalanishga  keng  yo`l ochib berilgan. Xususan,  “Jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

tizimi  mablag‘larini  investitsiya  va  kredit  resurslari  sifatida  joylashtirish  tartibi 

to‘g‘risida”gi  Nizomda  Xalq  bankining  JBPT  mablag`laridan  investitsion 

maqsadlarda foydalanish imkoniyatlari va shartlari bayon etilgan. 

Respublika  Yo`l  jamg`armasi  o`z  oldiga  qo`yilgan  maqsadlarni  amalga 

oshirishda  doimiy  ravishda  xorijiy  investitsion  fondlar  va  investorlar  bilan 

hamkorlikni  yo`lga  qo`yib  kelmoqda.  Ushbu  hamkorlik  negizida  xalqaro  tajriba 

almashinuvi,  kapoitalning  samarali  taqsimoti,  yangi  ish  o`rinlari,  mahalliy 

mutaxassislarning  xorijda  malaka  oshirishi,  va  eng  muhimi,  bajarilayotgan 

ishlarning jahon standartlari darajasida bo`lishiga erishish mumkin. 

 

 



 

 

 



 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling