O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi mustaqil fan tarmog‘i
bo‘lishiga qaramay, o‘z maqsad va vazifalarini yechishga bir
qator gumanitar va tabiiy fanlar, ilmiy yo‘nalishlarga
tayanadi. Xususan, tarix,
davlat muassasalari tarixi,
manbashunoslik, yordamchi tarix fanlari, hujjatshunoslik,
fizika, kimyo, biologiya kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq
hisoblanadi.
Tarix fani – inson jamiyatining taraqqiyoti jarayonlarini,
mazkur rivojlanishning sabab va omillarini o‘rganadi.
Mazkur
fan yutuqlariga asoslanib, arxivshunoslik hujjatlari
bilan ishlash uslublari yaratiladi.
Davlat muassasalari tarixi – muassasa, tashkilot,
idoralarning tashkil etilishidan to oxirgi kungacha bo‘lgan
tizimi
va vazifalarini, aniqroq qilib aytganda ularni tarixini
o‘rganadi. U turli xil muassasalarning faoliyati va vazifalari
doirasiga ko‘ra arxiv fondlarini tashkil etish yo‘llarini
aniqlashda yordam beradi.
➔
Do'stlaringiz bilan baham: