Kalandarov R. Tmi, Ikramov M. Tmi


Download 430.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi430.67 Kb.
#190956
1   2   3
Bog'liq
69-Текст статьи-146-1-10-20191115

Tayanch  iboralar:  Pul  yuvish,  FATF,  Yevroosiyo  guruhi,  Bazel  boshqaruv  instituti, 

“Egmont”  guruhi,  “Terrorizm  va  moliyaviy  razvedka  boshqarmasi”,  “Milliy  xavfsizlik  idorasi”, 

“Razvedka xizmatini qo'llab-quvvatlash idorasi”, “Moliyaviy razvedka boshqarmasi”. 

 

Bugungi  kunga  kelib  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirish, 



terrorizm  va  ommaviy  qirg’in  qurollarini  tarqatish  global  muammoga  aylanib 

bormoqda.  Bu  esa  o’z  navbatida  har  bir  mamlakat  uchun  ushbu  omillarga  qarshi 

kurashishning mukammal tizimini yaratishni taqozo qilmoqda. 

Pul  yuvish — jinoyat natijasida  qoʻlga  kiritilgan pul  yoki  boshqa  mulkka 

qonuniy  tus  berish,  yaʼni  noqonuniy  yoʻllar  bilan  topilgan  mulkni  ochiqchasiga 

foydalana olish uchun norasmiy iqtisoddan rasmiy iqtisodga olib oʻtish. 

Pul  yuvish  bilan  samarali  kurashish  uchun  quyidagi  idoralar  hamkorlikda  ish 

tutishi zarur: 

 

qonun chiqaruvchi idoralar; 



 

ijro etuvchi idoralar yoki ministrliklar



 

sud idoralari; 



 

qonunni himoya qilish idoralari



 

moliyaviy qidiruv boʻlinmalari; 



 

Markaziy bank, turli tekshiruvchi idoralar va boshqa moliyaviy va 



moliyaviy boʻlmagan mahkamalar. 

Bundan  tashqari,  pul  yuvish  bilan  kurashish  uchun bank kabi  xususiy 

mahkamalar ham hamkorlikda ish yuritishi kerak. Pul yuvish uchun boʻlgan kurashni 

jahon  miqyosida  muvofiqlashtirish  uchun  1989-yil G7 ning Parijdagi sammitida Pul 

yuvish 

bilan 


kurashishning 

moliyaviy 

choralarini 

ishlab 


chiqish 

guruhi (Inglizcha: Financial  Action  Task  Force  on  Money  Laundering,  FATF) 

tuzilgan. 

Terrorizmni  moliyalashtirishga  qarshi  kurashishning  asosiy  yo‘nalishlari 

sifatida  xalqaro,  mintaqaviy  va  milliy  doirada  bu  yo‘nalishdagi  xatti-harakatlarni 

amalga  oshirishda  birinchi  navbatda,  davlatlarning  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlari  o‘rtasidagi  ikki  tomonlama  yoki  muayyan  tashkilotlar  doirasidagi 



hamkorligini  ko‘rsatish  mumkin.  Buning  asosiy  sababi,  bugungi  kunda  terrorizm 

transmilliy jinoyat sifatida chegara bilmasligi va xalqaro terrorizmga aylanganligidir. 

Xalqaro  amaliyot  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  terroristik  tuzilmalar  sharoitlar 

o‘zgarishiga  tez  moslashib,  o‘z  faoliyatini  moliyalashtirishning  yangi  yo‘llarini 

topmoqda.  Bu  esa  jahon  hamjamiyatidan  o‘z  vaqtida  samarali  choralarni  ko‘rish, 

ularning yo‘liga to‘siq qo‘yish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab etmoqda.  

Shu  maqsadda  Jinoiy  daromadlarni  legallashtirishga  qarshi  kurashishda 

moliyaviy  choralarni  ishlab  chiquvchi  xalqaro  hukumatlararo guruh  faoliyat 

ko‘rsatmoqda. Sakkizta mintaqaviy guruhni o‘z tarkibida birlashtirgan ushbu yagona 

xalqaro  tarmoq  jinoiy  daromadlarni  legallashtirish  va  terrorizmni  moliyalashtirishga 

qarshi  kurashish  borasida  global  standartlarni  ishlab  chiqadi,  milliy  tizimlarning 

mazkur  standartlarga  muvofiqligini  ta’minlaydi. 2004-yilda  Jinoiy  daromadlarni 

legallashtirish  va  terrorizmni  moliyalashtirishga  qarshi  kurashish  bo‘yicha 

Yevroosiyo  guruhi  tashkil  etilgan  edi.  Unga  mintaqaning  9  davlati,  jumladan, 

O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. Yana 14 mamlakat, 18 xalqaro va mintaqaviy tashkilotga 

guruhda kuzatuvchi maqomi berilgan.  

Ta’kidlash  joizki,  yetakchi  xalqaro  tashkilotlar  mamlakatimizning  jinoiy 

daromadlarni  legallashtirish  va  terrorizmni  moliyalashtirishga  qarshi  kurashish 

bo‘yicha tizimi samaradorligini e’tirof etmoqda. Bazel boshqaruv institutidek nufuzli 

tashkilot  O‘zbekistonni  Italiya,  Ispaniya,  Kanada,  Janubiy  Koreya  va  AQSh  kabi 

mamlakatlar  qatorida  noqonuniy  pul  o‘zlashtirish  xavfi  eng  kam  davlatlar  guruhiga 

kiritgan.  

Terrorchilik  faoliyatida  yoki  ommaviy  qirg‘in  qurolini  tarqatishda  ishtirok 

etayotgan  yoki  ishtirok  etishda  gumon  qilinayotgan  shaxslar  ro‘yxatiga  kiritilgan 

shaxslarning  operatsiyalarini  to‘xtatib  turish,  pul  mablag‘larini  yoki  boshqa  mol-

mulkini  ishga  solmay  to‘xtatib  qo‘yish,  ishga  solmay  to‘xtatib  qo‘yilgan  mol-

mulkidan  foydalanishga  ruxsat  berish  va  operatsiyalarini  tiklash  tartibi  manfaatdor 

vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan 

belgilanadi. 

Bu  mavzuda  gapirar  ekanmiz  xalqaro  “Egmont”  guruhi  haqida  eslab  o’tish 

joiz. “Egmont” guruhi — moliyaviy razvedka bo‘linmalari xalqaro tashkiloti bo‘lib, 

dunyoning 160 dan ortiq moliyaviy razvedkalarini birlashtiradi. Davlatlarning jinoiy 

daromadlarni 

legallashtirishga qarshi 

kurashish 

yoʻlidagi  sa’y-harakatlarini 

muvofiqlashtirish va birlashtirish asosiy vazifa hisoblanadi.  

Tashkilotga  1995  yilda  asos  solingan  boʻlib,  uning  nomi  birinchi  forum 

oʻtkazilgan joy - Egmont-Arenberg (Bryussel)dan olingan. 

Oʻzbekiston «Egmont» guruhiga 2011 yil 1 iyulda (rasmiy sana) kirgan. 

Jinoiy  daromadlarni  legallashtirish  va  terrorizmga  qarshi  kurashish  sohasida 

AQSh  tajribasini  oladigan  bo’lsak,  Qo’shma  Shtatlar  Moliya  vazirligida  “Terrorizm 

va  moliyaviy  razvedka  boshqarmasi”  bo’limi  mavjud  bo’lib,  ularning  vazifasi 

axborot to’plash va iqtisodiy, pul va moliyaviy masalalar yuzasidan ekspert baholar 

tayyorlash,  xorijiy  davlatlar  iqtisodiy  ahvolini  o’rganish,  AQSh  xavfsizlik 

manfaatlariga  ta’sir  qilishi  mumkin  bo’lgan  moliyaviy  voqealar  va  tendensiyalar 

haqida ogohlantirishdir.  



AQSh G'aznachilik Departamenti tarkibida 1961-yilda razvedka bo'limi paydo 

bo'ldi  va  keyinchalik  “Milliy  xavfsizlik  idorasi”  deb  nomlandi  va  1977  yilda  u 

“Razvedka  xizmatini  qo'llab-quvvatlash  idorasi”  deb  o'zgartirildi. 2004  yil  dekabr 

oyida  u  “Terrorizm  va  moliyaviy  razvedka  boshqarmasi”  deb  nomlandi,  ushbu 

tuzilmaning  vazifalari  ko'lami  sezilarli  darajada  kengaytirildi  -  terrorizm  guruhlarini 

moliyalashtirish  va  mamlakatlarda  ommaviy  qirg'in  qurollarining  tarqalishini 

moliyalashtirish monitoringini olib bordi.  

Xodimlar  soni  va  byudjet  hajmi  tasniflanadi,  ba'zi  ma'lumotlarga  ko'ra,  2018 

moliyaviy yilda idoraning byudjeti 84,6 million dollarni tashkil etgan. 

Shuningdek, 

Argentina 

Iqtisodiyot 

vazirligida 

“Moliyaviy  razvedka 

boshqarmasi” (Unidad  de  Inteligencia  Financiera)  bo’limi  mavjud  bo’lib,  uning 

vazifasi  mamlakatda  2000-yilda  qabul  qilingan  jinoiy  daromadlarni  yashirish  va 

legallashtirish  to’g’risidagi  qonunga  asosan  quyidagi  yo’nalishlarda  olingan 

daromadlarni  legallashtirishning  oldini  olish  va  unga  qarshi  kurashish  maqsadida 

ma’lumotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va uzatish: 

a)  Narkotik moddalar savdosi; 

b)  Kontrabanda; 

c)  Noqonuniy tashkilotlar faoliyati

d)  Hukumatga qarshi firibgarliklar va boshqalar. 

Yuqoridagi  ma’lumotlar  shuni  ko’rsatadiki,  jinoiy  faoliyatdan  olingan 

daromadlarni  legallashtirish,  terrorizm  va  ommaviy  qirg’in  qurollarini  tarqatishni 

moliyalashtirishga  qarshi  kurashish  mamlakat  iqtisodiy  siyosatining  asosiy 

yo’nalishlaridan  biri  bo’lmog’i  lozim.  Shuningdek,  bu  borada  jahon  hamjamiyati 

bilan o’zaro tajriba almashish va hamkorlik qilish eng samarali yo’l desak mubolag’a 

bo’lmaydi. Zero, bugungi kundagi globallashuv jarayonida yo’l qo’yilgan har qanday 

e’tiborsizlik yirik muammolarga sabab bo’lishi hech birimizga sir emas. 




Download 430.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling