Mavzu: Denov tuman SEO va JS bo’limi laboratoriyalari bilan tanishuv
Denov tuman SEO va JS bo’limi laboratoriyalari bilan tanishuvning to’rtinchi kuni Virusalogoya laboratoriyasi bilan tanishdik bu laboratoriyada xozirgi kunda COVID-19 viruslari aniqlanar ekan. Laboratoriyada shubxa qilingan bemorlardan olingan va TTB Yuqumli kassaliklar bo’limi tomonidan yuborilgan bemorlar kelib og’iz va burun shilliq qavatidan surtma olib COVID-19 ga tekshiriladi. Bemorlardan analiz olish jarayonidan bu analiz javobi chiqgunga qadar juda ko’p bosqichdan o’tilar ekan. Virusalogiya laboratoriyasida ishlovchi Vrach, laborant, tozabon va boshqa xodimlar juda extiyotkorlik bilan texnika, laboratoriya xafsizligiga rioya qilishar ekan. Virusaligiya laboratoriyasi ish jarayonidan keying zararsizlantirish bosqichida ekan. Bu bosqichda KVARS lampa yoqib qo’yishganligi sababli biz laboratoriya ichkarisiga kira olmadik.
Laboratoriya ichiga kira olmasak ham bu laboratoriya xaqida bizga tuman SEO va JS bo’limi vrachi Xo’jayeva Mo’tabar opa juda ko’p ma’lumot berdilar. COVID-19 kassaligi, aniqlash va tashxis qo’yish usullari xaqida nazariy malumotlar berdilar. Mo’tabar opaga raxmat aytib Denov tuman SEO va JS bo’limida to’rt kunlik ishlab chiqarish amaliyotini yakunladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |