Kalit so’zlar: “Raqamli iqtisodiyot”, Wifi, internet tarmoqlari Kirish


Asosiy qism ya’ni olib borilgan tadqiqot


Download 31.16 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi31.16 Kb.
#1119093
1   2   3
Bog'liq
Sarvinoz maqola xomaki

Asosiy qism ya’ni olib borilgan tadqiqot. Yuqorida aytib o’tganimizdek chekka hududlarda GPON simli internet tarmoqlaridan foydalanish ko’rsatgichlari ancha past ekanligiga guvoh bo’ldik va buning sababini o`rganish maqsadida, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Olchintepa MFY aholisi bilan suhbat o`tkazdik. Ularning wifiga qiziqishi bor-yuqligi, qancha xonadonda GPON simli ineternet (WIFI) tarmoqlari bor qanchasida esa yo`qligni o`rganib chiqdik.
1-jadval
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Olchintepa MFY aholisining GPON simli internet (wifi) tarmog`idan foydalanish to`g`risida ma`lumotlar1

Ko`rsatgichlar

2020-yil

2021-yil

Farqi(+;-)

O`zgarishi %

Aholi soni

3217

3568

351

+11%

Wifidan foydalanayotganlar

-

-

-

-

Wifiga ulanishni xohlayotganlar

145

267

122

+84%

(3q*100/1q)

4.5%

7.4%

2.9%



Keltirilgan (1-jadval) jadvaldan ko`rinib turibdiki, Aholi soni 2021-yilda o`tgan yilga ya`ni 2020-yilga nisbatan 351 kishiga ko`paygan, shuning bilan o`rtacha o`zgarishi +11% ga teng bo’lgani statistikadan ko’rishimiz mumkin. Ammo, bu ko`rsatkichlar GPON simli internet tarmog`idan foydalanayotganlar soni o’sishiga hech qanday ta`siri bo`lmagan. Ya`ni, 2020-yilda bironta ham kishi GPON simli internet tarmog`idan foydalanmagan, aholi 2021-yilda +11% ga ortgan bo`lsa ham, GPON simli internet tarmog`idan foydalanishga qiziqish bildirmagan. Olib borilgan so`rovnomalardan kelib chiqib, 2020-yilda 145 ta fuqaro GPON simli internetdan foydalanish istagi borligini bildirgan bo’lsa, 2021-yilga kelib bu ko`rsatgich 267 tani tashkil qilgan. GPON simli internetdan foydalanishni xohlayotgan fuqarolar o`tgan davrga nisbatan 122 ta ko`payib o’sish ko’rsatgichlari +84% tashkil qilgan. Bu raqamlardan shuni xulosa qilsak bo’ladiki, Olchintepa MFY jami aholisining 4.5%i 2020-yilda GPON simli internet tarmog’idan foydalanishni xohlagan, 2021-yilga kelib esa bu ko`rsatgich +2.9% ga o`sib 7.4% ni tashkil qilgan. Statistikadan ko’rinadiki Olchintepa MFY da bironta ham xonadon GPONdan foydalanmaydi. Buning sabablarini o`rgandik va ko`rib chiqdik. Olchintepa MFY raisining fikrlariga ko`ra bu qishloq aholisi internet tarmoqlariga qiziqmaydi. Qiziquvchilarning aksariyat qismini yoshlar tashkil etishiga qaramasdan aholi online interaktiv xizmatlardan foydalanmaydi, ularning asosiy mashg’uloti va daromad manbai fermerchilik, dehqonchilik hamda bog’dorchilik kabi ishlar deb tushintirar ekanlar, Xorijga chiqqan fuqarolari kamchilikni tashkil qilishi va qishloqlarlarda interaktiv xizmatlarga ehtiyojlar kamligi tufayli ham internet tarmogiga bo`lgan qiziqishlar ancha sust degan sabablarni keltirdilar Olchintepa MFY raisi. Ammo, Olchintepa MFY tuman markazidan 12 km uzoqlikda joylashganligi. Balkim shu tufayli tuman markazidan tarmoq simlarini tortib kelish harajatlaridan qiynalayotgandir degan savol bilan murojaat qilganimizda, FTTB texnologiyasidan foydalangan holda optik tolali texnologiyali GPON liniyalar 2021-yil mart oyida tortib olib kelgan ekan. Aholi esa undan foydalanishga ehtiyoji yuqligini bildirmoqdalar. “Unga yana router olib kelish kerak va unga oylik to`lovini amalga oshirish kerak shu sababli bizga unchalik zarur emas dedi” shu MFY da yashovchi fuqaro Mamarajabov M.



Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling