Kalit so'zlar


Download 9.97 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi9.97 Kb.
#1085768
Bog'liq
Denov Tadbirkor-WPS Office (2)


Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika yoʻnalishi 8- Pedagogika- 2022 huruj talabi Mamadraimova Madinaning Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan ,,Oʻquv jarayonida taʼlim olganlikni tashxis etish" mavzusi boʻyicha tayyorlagan ilmiy maqolasi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta'lim oluvchilar bilimlarini tashxis qilish orqali ularning intellektual salohiyatlarini aniqlash va o'z-o'zini boshqarishga o'rgatish ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
Kalit so'zlar:
Bilim, o'zlashtirilgan bilimlar, tashxis, baholash, mezon, test, boshqarish, ta'lim natijalari.
O'quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o'quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.

Bilimlarni nazorat qilishda qo'yilgan ball va baholar o'quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o'rtoqlarining o'qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo'lishlarini doim kuzatib borish lozim

Bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savolga quydagicha javob beramiz.
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko'nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o'stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o'z bilim, iqtidor va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg'onadi.

3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o'quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.

4. Tahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o'z bilimlarini mustahkamlaydilar. O'quv materiali yanada chuqur o'zlashtiriladi.

5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.

6. Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o'zgarishlarining me'yori aniqlanadi.


Nazorat jarayonida uning yozma, og'zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og'zaki so'rash orqali o'zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so'rash, frontal surash kabi turlari qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat" va "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li", "Istiqlol va ma'naviyat" kabi asarlarida mustaqil O'zbekistonning ma'naviy hayotining kelajagi haqida asosiy yo'nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi.

Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma'naviy - intellektual rivojlanish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.

Boshlang'ich sinfdan boshlab o'quvchidagi bor imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga asos solinadi. O'quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo'li o'quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko'nikma va malakalarni shakllanish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o'qituvchi tinimsiz izlanishi, o'qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim.Jamiyatning ijtimoiy-madaniy tuzilmasining o'ziga xosliklari, shuningdek, milliy tarbiyaning qonuniyat va tamoyillarini hisobga olgan holda, ko'pmadaniyatlilik muhitida kasbiy faoliyatni tashkil etish usullarini egallash;


Xulosa
Fan sohasidagi yangi ma'lumotlarni tahlil qilish, ta'limda zamonaviy texnolo-giyalarni qo'llash, oquv faoliyatining zamonaviy yo'nalishlari bo'yicha amalga tadqiqotlar sifatini tushunishni namoyon qilishga qobiliyatlilik;
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tabirlari to'g'risida. Uzbekiston Respublikasi prezidentining PQ -4708-son 07.05.2020 Qarori.

2. Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годах. К Указу Президента Республики Узбекистан от 7 февраля 2017 года № УП-4947.



3. Дрига В.И. Развитие профессиональной карьеры современного педагога в условиях креативного образования / В.И. Дрига // Стандарты и мониторинг в образовании. - 2012. - № 4. - С. 48-51

4. Локтионова Т.Е., Сергеева М.Г. Комфортная образовательная среда в образовательной организации: современный подход к проектированию. Профессиональное образование и общество. - 2018. - №3(27). - С. 43-106.
Download 9.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling