Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish jarayonining xomashyolari, fizik- kimyoviy asoslari


Download 84.84 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi84.84 Kb.
#1508830
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kalsiynatsiyalangan sodaning ahamiyati

Jarayonni texnologik sxemasi
Jarayonni texnologik sxemasida, karbonizatsiya bo’limida olingan 26%li bikarbonat aralashmasi vakum-filtrga (6) filtrlash uchun yuboriladi. Ajratilgan eritma asosan ammoniy xloriddan tashkil topgan bo’lib, ammiakni ajratib olish uchun distillyatsiya bo’limiga jo’natiladi.
Vakuum filtrda yuvilgan xom bikarbonat transporter (4), yig`uvchi bunker (3) orqali aralashtirgichga (1) ga jo’natiladi. Bu yerda transparter orqali (7) kelgan issiq soda aralashtiriladi(retur). Olingan aralashma soda pechiga (22) yuborilib, pechda kalsiynatsiya parchalanish jarayoni ketadi. Hosil bo’lgan tayyor mahsulot pechdan chiqib shneklar (17, 8) va elevator orqali bir qismi retur sifatida, asosiy qismi esa shnek (8) oraliq tayyor mahsulot sifatida omborga jo’natiladi. Bikarbonatning filtrlash jarayonida hosil bo’lgan suyuqlik eritmadan ammiakni ajratib olish maxsus bo’limda-distillyasiya bo’limida joriy qilinadi. Ammiakning bir qismi SO2 bilan bog`langan bo’lib, distillyatsiya jarayoni ammiak va SO2 ga parchalanadi.
5.4- rasm. Jarayonni texnologik sxemasi
Soda ishlab chiqarishda ammiakning qaytarish (regenerasiya) jarayoni
Bikarbonatning filtrlash jarayonida hosil bo’lgan suyuqlik eritmadan ammiakni ajratib olish maxsus bo’limda-distillyatsiya bo’limida joriy qilinadi. Ammiakning bir qismi SO2 bilan bog’langan bo’lib, distillyatsiya jarayoni ammiak va SO2 ga parchalanadi. NH4HCO3®NH4OH+CO2+H2O
NH4HCO3 + NH4OH ®(NH4)2CO3 +H2O
___________________________________________
2NH4HCO3®(NH4)2CO3 +CO2+H2O-30,4 kDj
Harorat oshishi bilan
(NH4)2CO3®2NH3+CO2+H2O-100,8 kDj
Harorat 800C dan yuqorida 62% SO2 va 9% ga yaqin NH3 gaz fazasiga ajralib chiqadi. Xlorid ammoniy holatdagi ammiakni ajratib olish uchun eritma ohak suti bilanishlanadi. 2NH4Cl+Ca(OH)2®CaCl2+2NH3+2H2O+24,4 kDj
Xosil bo’lgan ammiakni gaz fazasida haydash uchun eritma suv bug`i yordamida 95-1150C ga qadar qizdiriladi. Ohak suti berishidan ilgari ammoniy karbonatini to’liq parchalash kerak, aksincha karbonat amoniy ohak suti bilan reaksiyaga kirishi mumkin. (NH4)2CO3+Ca(OH)2®CaCO3+2NH3+2H2O- 8 kDj
Natijada qisman SO2 va ohak suvini cho’ktirish mumkin. Ammiakning qaytarish (regenerasiya) bo’limining texnologik sxemasi rasmda bayon qilingan.

Download 84.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling