Kalta, ya’ni pakana zanjirsimon chuvalchang (Hvmenolepis nana) odamning, ayniqsa, bolalaming ingichka ichagida parazitlik qiladi va gimenolepidoi kasailigini vujudga keltiradi. Bu parazitning odamlarda parazitlik qiladigan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farqi shundaki, haqiqatdan bu chuvalchangning uzunligi 1-4,5 sm atrofida bo'ladi. Sharsimon xarturnchali boshida ilmoqchalari (bir qator joyiashgan 24-30 ta ilmoqchalari) va 4 ta s o ig ic h i boiadi. Boshidan so’ng ingichka bo’yni, undan keyin esa 150-200 tagacha mayda bo'gimlari, ya’ni proglottidalari bo’ladi.Yetilgan bo'gimlarida 180 tagacha tuxumlar boiadi. Umuman, kalta zanjirsimon chuvalchangning germafrodit bo‘g‘imlarida 3 dona sharsimon ko'rinishdagi urug'don va bir juft tuxumdon hamda shoxlanmagan bachadon joyiashgan. Bu chuvalchanglarda jinsiy teshiklar proglottida yonidan (faqat bir tomondan) tashqariga ochladi.
Kalta zanjirsimon chuvalchangning hamma rivojlanish davrlari bitta xo‘jayinda, ya’ni odamda oiadi. Demak, odam kalta zanjirsimon chuvalchang uchun ham asosiy va ham oraliq xo‘jayin hisoblanadi. Bunda avvalo chuvalchangning tuxumlari suv, sabzavot-mevaiar va yuvilmagan qoilar orqali odamga oiadi. Ovqat hazm qilish sistemasida tuxumdan 6ilmoqli onkosfera chiqadi va ingichka ichak vorsinkalariga kirib, sistitserkoidga. ya’ni finnaga aylanadi. Bu 'lichinkalik davrida dumsimon kalta o‘simta boiadi va bu bilan ular qoramol hamda cho'chqa tasmasimonlarining sistitserkidan farq qiladi. Oradan 14-15 kun o'tgach, sistitserkoid ichak devoridan ichak bo'shlig'iga chiqadi va bu yerda jinsiy voyaga yetgan kalta zanjirsimon chuvalchangga aylanadi. Kalta zanjirsimon chuvalchangning tuxumi odam ichagiga tushgandan boshlab 19 kun o'tgach jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'ya boshlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |