Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi. Elektron hujjatlar va ularni shakllantirish


Download 21.36 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi21.36 Kb.
#1195235
Bog'liq
6variant


Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi.
Elektron hujjatlar va ularni shakllantirish.
Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati

1. Bank faoliyatida asosiy vositalar bilan birga kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan ham keng foydalaniladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar – bu 120 xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan va xizmat muddatidan qat’iy nazar bir donasi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 50 baravarigacha qiymatga ega bo‘lgan bank faoliyatida foydalaniladigan buyumlardir. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarga kanselyariya va ofis buyumlari, turli xil blankalar, pochta va hujjat markalari va boshqalar kiradi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning hisobi sotib olish qiymati bo‘yicha yuritiladi. Bunday buyumlarni sotib olishda avval buyum qiymatini to‘lab berish orqali yoki qabul qilingandan so‘ng to‘lab berish orqali amalga oshiriladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar qiymatini oldindan to‘lab berish orqali sotib olishda quyidagi provodkalar bajariladi: Debet 19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10301 yoki 16103 – “Bankning vakillik hisobvaraqlari” yoki Kredit 20208, 20210 – “Mijozning hisobvarag‘i”. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning o‘zi omborxonaga qabul qilinadi, bu operasiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi: Debet 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar” Kredit 19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar”


Agar dastlab buyumlar omborxonaga kelib tushib, to‘lov keyin amalga oshirilsa, bu operasiya quyidagicha hisobga olinadi: Debet 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar” Kredit 29802 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qiymati to‘langanda: Debet 29802 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10301, 16301 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i” yoki 20208, 20210 – “Mijozning hisobvarag‘i”. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonada foydalanishga berilganda, sotilganda, foydalanishga yaroqsiz holga kelganda hisobdan chiqariladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar foydalanishga berilganda quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Debet 56406 – “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”. Kredit 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar” Foydalanishdagi va omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning saqlanishi ustidan nazorat olib boriladi. Ularning hisobi alohida jurnallarda yuritiladi. Omborxonadagi va foydalanishga topshirilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning saqlanishi va ularning haqiqatda mavjudligi ustidan nazorat olib boriladi. Buning uchun kamida yiliga bir marta inventarizasiya o‘tkaziladi. Agar moddiy boyliklar kamomadi aniqlansa, ularning qiymati aybdor va moddiy javobgar shaxslardan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda undirib olinadi. Agar inventarizasiya davomida omborda hisobda bo‘lmagan buyumlar aniqlansa, inventarizasiya komissiyasi tomonidan narxi belgilanib, omborga kirim qilinadi va boshqa foizsiz daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
2. Elektron hujjatlar va ularni shakllantirish.
Elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
Ushbu ta’rif “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasidan o‘rin olgan.
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jonatish va qabul qilib olish jarayonlari yig’indisidan iborat bo’ladi.Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish hisob kitoblarni,rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jonatish va qabul qilib olish jarayonlari yig’indisidan iborat bo’ladi.Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish hisob kitoblarni,rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
Elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari:
1.Elektron hujjatni jo’natuvchi.
2.Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi.
3.Axborat vositachilari.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo‘llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
elektron raqamli imzo;
elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
Qonunchilikda yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni qabul qilib oluvchi elektron hujjat aylanishining ishtirokchilaridir.
Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin.
Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjatni qabul qilib oluvchiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron hujjatni jo‘natuvchidir.
Elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan elektron hujjat qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga yo‘llangan bo‘lsa, shu shaxs elektron hujjatni qabul qilib oluvchidir.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin.
Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo‘natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natilgan deb hisoblanadi.
Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Elektron hujjatni saqlash muddati, shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
3. Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati
Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kassalaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pensiya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin. 83 Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib, bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo‘yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ish haqi olish bo‘yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar. Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib borish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblanadi. Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit bo‘yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgalterining imzosi hamda muhr qo‘yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko‘rsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos bo‘ladi. Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to‘lovlarni olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi, eng avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan so‘nggina chekning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini, ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko‘radi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o‘tkazib, so‘ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korrespondensiya hisobvarag‘i nomeri ko‘rsatiladi. Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to‘g‘ri kelsa, chekdagi pasport ma’lumotlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko‘rsatilgan summani mijozga sanab beradi. Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operasiyalar bo‘yicha hujjatlarni o‘zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari va undan ko‘chirmalar chiqarib beriladi. Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda ta’qiqlanmagan naqd pul to‘lovlarini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi: Debet 20200-“Mijozlarning depozit hisobvarag‘lari” Kredit 10101-“Aylanma kassadagi naqd ullar” 84 Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq bankda alohida papkalarga tikiladi. Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi 2-sxemasini quyida keltiriladi. 2-sxema Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi.
Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga quyidagicha izox beramiz:
1. Mijoz mas‘ul ijrochiga pul chekini passporti bilan birga topshiradi.
2. Mas‘ul ijrochi barcha tekshiruvlardan keyin mijozga pasporti va chekning nazorat markasini beradi.
3. Mas‘ul ijrochi nazoratchiga pul chekini topshiradi.
4. Nazoratchi hujjatni tekshiruvdan o‘tkazib, chiiqim kassa jurnalida undagi yozuvlarini qayd etgandan so‘ng pul chekini chiiqim kassa jurnali bilan birga kassaga uzatadi.
5. Mijoz kassaga kelib kassirga pasporti va chekning nazorat markasini beradi.
6. Kassir pul chekini va chiiqim kassa jurnalidagi summani solishtiradi, ulardagi yozuvlarning mosligini tekshiradi va mijozga pulni sanab beradi.
Download 21.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling