Kam qavatli turar joy binosi


Download 1.24 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1057094
Bog'liq
Kam qavatli turar-joy binosi uchun anatatsiya


KAM QAVATLI TURAR JOY BINOSI

Ayni paytda yangi qurilayotgan obyektlami loyihalash va qurilish sifatiga talablar oshib bormoqda. Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning asosiy mezonlari mehnat unumdorligining oshishini ta’minlaydigan yuqori darajadagi komfortlilik, kapital va foydalanish xarajatlarining pasayishiga va ulaming arxitekturaviy-badiiy tavsiflarining yuqori darajada


bolishiga ko‘maklashuvchi tejamkorlik hisoblanadi.
Kam qavatli uylar (1-2 qavatli) bu uylar asosan qishloq joylarda tarqalgan bo'ladi. Bu xildagi uylar asosan qishloq joylarda, nafaqat qishloqlarda va balki hozirgi paytda shaharlarda ham o‘z ahamiyatini yo'qotgani yo‘q.
Ushbu kam qavatli turar joy binosi Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida umumiy maydoni 400 m² ni tashkil qilgan hududda joylashgan.
Hozirgi vaqdagi global muammolardan biri bo’lmish atmosferaning ifloslanishini inobatga olgan holda loyiha imkon qadar o’simlik dunyosi bilan bog’langan.
Bosh rejaga kelsak, zamonamiz tendensiyalarini, xalqimizning yangilikka moslashuvchanligini inobatga olib va albatta mintalitetimizni hisobga olgan holda asosiy bino va yordamchi binolar joylashuviga alohida e’tibor qaratilgan.
Birinchi navbatda, asosiy bino eski qurilish uslubidagi singari ko’chaga yaqin qilib joylashmagan. Hovliga kirishda yashil hududga joy qoldirilgan, so’ng yashash binosiga kiriladi. Yuqorida ta’kidlanganidek mintalitetimizda va dinimiz Islomda erkak va ayol ro’lini, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatni, xalqimizning mehmondo’stligini e’tibotga olib, to’y-u ma’rakada uyga mehmon ko’p kelishini inobatga olgan holda hovliga kirish joylari ikkita qilib loyihalangan. Ushbu turar joy ko’p funksiyali bo’lgani uchun hovlining orqa tarafida madaniy hordiq chiqarish uchun katta hovuz va supa(besedka) joylashgan. Iqlimimiz mo’tadil va serquyoshligini inobatga olib yozgi oshxona uchun ham joy ajratilgan.
Asosiy bino. 1-qavat: yo’lak (10.0m²), mehmonxona (29.0m²), mehmonlar uchun yotoqxona (16.0 m²), oshxona (19.0 m²), dush (4.0 m²) va hojatxona (4.0m²) dan iborat. Mehmonxona binoning kirish qismida joylashgan. Bu kelgan mehmonlar uchun qulaylik yaratib gina qolmay, binoning ichkari qismida joylashgan oshxonada taom tayyorlayotgan uy egasining ahli ayolini ko’zdan yiroq tutadi. Ikkinchi qavatga ko’tarilish uchun zinaga tabiiy yorug’lik yetarlicha tushishi uchun katta hajmda derazalar o’rnatilgan.




2-qavat tarkibida: yo’lak (10.0 m²), kattalar uchun yotoqxona (15.0 m²), kattalar uchun san-uzel (3.0 m²), yotoqxona (15.0 m²), san-uzel (3.0 m²), oshxona (24.0 m²), mehmonxona (24.0 m²) mavjud.
Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling