Kambag‘alda sevadigan yurak yo‘qmi? Ayting unda orzu yo‘qmi, tilak yo‘qmi?


Download 17.13 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi17.13 Kb.
#1705893
Bog'liq
modniylarga d


Kambag‘alda sevadigan yurak yo‘qmi?
Ayting unda orzu yo‘qmi, tilak yo‘qmi?
Tillolarga ko‘ngil qo‘yar go‘zal qizlar
Oddiylarni sevadigan malak yo‘qmi?

Biz ulardek sovg‘a-salom ololmaymiz
Har kun xushbo‘y gullardan ham berolmaymiz
Boring mayli o‘sha katta akangizga
Siz kutgandek bizlar unday sevolmaymiz

Nahot hamma uchgan bo‘lsa boyliklarga
Sevishishni kim qo‘yibdi oddiylarga
Ko‘nglingizni bering o‘sha jiddiylarga
Sevishishni kim qo‘yibdi oddiylarga

Hayot yo‘q, qizlarga hech qadrimiz yo‘q
Asli bizning shahzodadan farqimiz yo‘q
Bir adashib dil berdik-da siz sanamga
Sizni sevgan kundan rosti baxtimiz yo‘q


Dil bermayman qaytib sizdek mo‘dniylarga
Sevishishni kim qo‘yibdi oddiylarga
Ko‘ngli toza, kulgulari soyliklarga
Sevishishni kim qo‘yibdi oddiylarga

Bir shimarib qo‘yibmiz-da yengimizni
Tushunmadi ishqparastlar sevgimizni
Hayoli bir qiz topaman o‘zimga mos
Alloh nasib qilib qolar tengimizni

Ko‘ngli toza, kulgulari soyliklarga
Sevishishni kim qo‘yibdi oddiylarga
Dil bermayman qaytib sizdek mo‘dniylarga
Sevishishni kim qo‘yibdi oddiylarga


Download 17.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling