Kamera-ustunli qazib olish tizimining ship pog‘onali qazib olish varianti


Download 101.41 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi101.41 Kb.
#1313593
Bog'liq
9-Kamera


Kamera-ustunli qazib olish tizimining ship pog‘onali qazib olish varianti

Kamera-ustunli qazib olish tizmining ship va asos pog‘onali qazib olish variantlaridagi tayorlash ishlari bir-biriga tо‘liq mos keladi.


P anel shtreklari 3 о‘tkazilgandan keyin kamera о‘qi bо‘ylab 3-5 m kenglikda tagidan kesuvchi lahimi 4 kameraning butun uzunligi (ya’niy panel kengligi) bо‘ylab barpo etiladi. Tagidan kesuvchi lahimnikamera kengligigacha (15-20 m) kengaytirish uchun devorida burg‘ilangan shpurlarni ketma-ket portlatish bilan amalga oshiriladi (110-rasm). Shunday qilib yoppasiga tagidan kesish lahimi tashkil qilinadi. Massivdan ajratilgan rudani joylashtirish uchun tagidan kesuvchi lahim ochilgan bо‘shliq vazifasini bajaradi. Tagidan kesuvchi lahim balandligi ruda tanasining qalinligiga va uning yumshanuvchanlik koeffitsiyentiga bog‘liq holda aniqlanadi. Ruda tanasi qalinligi 6-10 m bо‘lganda tagidan kesuvchi lahim balandligi 2,8-3,5 m bо‘lishi mumkin. Tagidan kesish lahimini barpo qilishda massivdan ajratilgan ruda skreper lebedkalari yordamida yig‘ib olinadi.

110-rasm. Kamera-ustunli qazib olish tizmining ship pog‘onali qazib olish varianti.


Rudani massivdan ajratib olish ishlari ship pog‘onali qazib olish joyilarida amalga oshiriladi. Pog‘ona balandligi 2,5-3,0 m ni tashkil qiladi, massivdan ajratilgan ruda uyumi ustidan turib chuqurligi 3,0 m gacha bо‘lgan gorizontal shpurlar burg‘ilanadi va shpur zaryadlari portlatiladi. Ajratilgan ruda skreper lebyodkalari yordamida ruda tushirgichlarga yetkaziladi.


Tagidan kesuvchi lahimni barpo etish va rudani qazib olish jarayonida kamera chegaralari bо‘ylab ustunsimon seliklar shakillantiriladi. Bunda seliklar diametri 4-7 m bо‘lib, bir-biridan 12-18 m masofada hosil bо‘ladi.
Ruda tanasining qalinligi 10-12 m bо‘lganda kamera-ustunli qazib olish tizimining ushbu variantini qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Juda qalin ruda tanalarida esa massivdan rudani ajratish va uni yetkazish keskin qiyinlashadi.
Kamera-ustunli qazib olish tizimining ship pog‘onali varianti quyidagi afzalliklarga ega: ishchilar bevosita yangi ochilgan va nazorat qilinishi oson bо‘lgan ship ostida ish olib boradi - bu esa ish sharoiti yaxshilanishini va xavfsiz bо‘lishini taminlaydi; qо‘lda bajariladigan ishlar (pog‘onada ruda qolib ketishi) mavjud emasligining hisobiga mehnat samaradorligi 30-35% oshadi; rudani yetkazish sharoitining yaxshiligi. Kamerada rudani qisman magazinlashtirish rudani yetkazish va shpurlarni burg‘ilash ishlarini о‘zaro bog‘liq emasligini ta’minlaydi.
Download 101.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling