Камерал ишларини


Bo’ylama kesimni loyihalash


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1143387
1   2   3   4   5
Bog'liq
копия-Trassani bo\'ylama va ko\'ndalang profilini tuzish

 
Bo’ylama kesimni loyihalash
Yerning mavdjud bo’lgan kesimini poyezdlarni yurishiga imkon tug’dirish



uchun tekislash zarur, chunki keskin baland – pastliklardan u yurolmaydi. 
Loyihaviy chiziq o’tkazishda qator qoidalarga rioya qilish kerak (asosiy 
nishablik qiymati, egri chiziq radiusi va yoy uzunligining eng kichik yo’l 
qo’yarli qiymatlari, tuproq olish va solish hajmlarining tengligi va h.k.). 
O’quv amaliyotida shu qoidalarning ayrimlariga asoslangan holda loyihaviy 
chiziq o’tkaziladi, hususan: tuproq ishlari hajmining tengligi, rahbar tomonidan 
belgilangan loyihaviy nishablikning
chegarasidan chiqmasligi, bir hil nishablikdagi loyihaviy chiziq qismi 250m dan 
kam bo’lmasligi. 
Loyihaviy chiziq siniq chiziq shaklida yer kesimi o’rtasidan shunday 
o’tkaziladiki, ko’z bilan chamalab qaraganda butun trassa bo’ylab “tuproq 
olish” va “tuproq solish” lar hajmi teng bo’lsin. 
Loyihaviy chiziqni sinish nuqtalari iloji boricha piketlarga to’g’ri kelishi 
kerak. Qarama-qarshi ishorali loyihaviy chiziqning qismlari tutashgan joylarida 
gorizontal qilib o’tqazish kerak.
Loyihaviy chiziqning bir xil nishablikli uchastkasi “Loyihaviy nishabliklar” 
qatorida vertikal chiziq bilan chegaralanadi va shu qismida tegishli diagonal 
yeki gorizontal chiziqlar bilan ifodalanadi. Agar nishablik manfiy bo’lsa, 
diagonal chapdagi yuqori burchakdan o’ngdagi pastki burchak tomon 
o’tkaziladi, agar musbat bo’lsa, aksincha, diagonal pastdan yuqoriga bo’ladi. 
Loyihaviy chiziqning gorizontal qismida, nishabliklar qatoridagi tegishli 
uchastkasida gorizontal chiziq o’tkaziladi. 
Loyihaviy nishablik quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi: 
i
l
 = 
,
d

Hoх
d
h


bu yerda H
ох
va H

- balandliklar shkalasi bo’yicha grafik yo’l bilan 
aniqlanadigan loyihaviy chiziqning shu qismini boshi va oxirini loyihaviy 
balandlik belgilari; 
d - loyhaviy chiziqning shu qismini uzunligi, masofalar qatori 
bo’yicha 10m gacha yahlitlab olinadi. 
Masalan, rasm 1 da loyihaviy chiziq turli nishablikga ega uch qismdan 
iborat. Birinchi qismi uchun H
ox
= 413.60m, H
bosh
= 412.00, d = 700m , shunda
= 0.012 ga teng bo’ladi. 
Diagonallarning va gorizontal chiziqning tepasiga nishabliklarni qiymati ‰ 
(promillya) o’lchamida, masalan, i = 0,012 bo’lsa, 12‰ yoki 12 deb yoziladi
pastiga esa d masofalar (rasm 1 da d = 700m, 400m, 900m ) yoziladi; 
- “Loyihaviy belgilar” qatorida boshlang’ich PKO ning loyihaviy belgisi 
rahbar tomonidan berilishi yeki balandliklar shkalasidan 



grafik usulda olinishi mumkin. Тrassadagi qolgan nuqtalarning loyihaviy 
belgilari qo’yidagi formula bo’yicha hisoblanadi: 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling