Kameral soliq nazorati, uni tashkil qilish va o’tkazish


Kameral soliq nazorati va uni tashkil qilish tartibi


Download 99.37 Kb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi99.37 Kb.
#1719603
1   2   3   4
Bog'liq
Nigmatova Nargiza

Kameral soliq nazorati va uni tashkil qilish tartibi.


Soliq tizimining asosiy va ajralmas qismlaridan biri bu – soliq nazorati bo’lgani uchun so’nggi yillarda respublikamizda soliq nazoratiga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Tekshirishlar sonining qisqartirilishi natijasida soliq to’lovchilarningsoliq qonunchiligiga to’liq rioya qilishda soliq nazoratining saralash shakllaridan biri – kameral nazoratning ahamiyati yanada oshib boradi.
Soliq kodeksining 70-moddasida kameral nazoratga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Kameral nazorat soliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek, soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir”.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan ma’lumki, tegishli organlar soliq to’lovchilarni kameral nazorat orqali yoki soliq auditi orqali nazorat qilib boradilar, jiddiy qoidabuzarliklar yoki tafovutlar aniqlangan holatlardagina soliq hujjatli tekshiruvlari o’tkaziladi. Bu esa soliq to’lovchilarning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va turli to’sqinliklarni oldini oladi.
Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq nazorati shakllaridan hisoblangan kameral nazorat va soliq tekshiruvlarini farqli jihatlari quyidagi jadvalda aks etgan.



Kameral nazorat va soliq tekshiruvlarini solishtirma jadvali


Soliq nazorati shakli

O’tkazish uchun asos

O’tkazish joyi

Tekshirish yakunlari bo’yicha

Xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi

Soliq tekshiruvlari

Buyruq asosida

Soliq to’lovchining
huzurida

Dalolatnoma tuziladi

Tekshirish yakunlari bo’yicha tuzatiladi

Kameral nazorat

Funktsional vazifa

DSX
organlarida

Xulosa qilinadi

Tuzatish uchun yozma shaklda xabar qilinadi

Samarali soliq tekshiruvlarini amalga oshirishda kameral nazorat katta o’rin tutadi. Birinchidan, soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisoboti, shuningdek, soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlar o’rganiladi hamda tahlillar qilinadi, ma’lumotlarning ishonchliligiga baho beriladi, ikkinchidan, kameral tekshiruv natijasida soliq to’lovchilarning soliq qonunchiligiga rioya etmasliklari hamda taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchsizligi aniqlangan holatlardagina hujjatli tekshiruv o’tkaziladigan soliq to’lovchilar aniqlanadi. Bu esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga ortiqcha aralashmaslikka zamin yaratadi.


Birgina 2015 yil davomida qo’shimcha manbalar asosida byudjet va davlat maqsadli jamg’armalariga jalb qilingan mablag’larning 57,9 foizi kameral nazorat asosida o’tkazilgan kameral tekshiruv natijalariga to’g’ri kelgan bo’lsa, hujjatli tekshiruvlar asosida esa 36,7 foiz, jismoniy shaxslarning taqdim etgan deklaratsiyalari natijalari bo’yicha 3,2 foiz, ma’muriy jarimalar natijalari bo’yicha 2,2 foizni tashkil etgan.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’z ma’ruzasida “Davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’zaro munosabatlarning bevosita elektron shakllari joriy etilgani tufayli 2015 yilda 42 ming 800 ta tadbirkorlik sub’ekti Internet tarmog’i orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro’yxatga olingan. Ular 260 turdagi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. 2013-2014 yillarda tadbirkorlar va fuqarolarga 102 mingdan ortiq xizmat ko’rsatilgan bo’lsa, 2015 yilda bu ko’rsatkich 420 mingdan oshdi. Bugungi kunda soliq va statistika hisobotlari 100 foiz elektron shaklda Internet tarmog’i orqali taqdim etilmoqda,” deb ta’kidlab o’tdi.
Hozirgi kunda soliq to’lovchi tomonidan internet tarmog’i orqali taqdim etilayotgan hisobotlar kameral tekshiruv o’tkazish uchun birmuncha qulayliklarni keltirib chiqaradi, birinchidan, soliq to’lovchi ma’lum rekvizitlarni to’ldirmasa, hisobot yuborilmaydi, ikkinchidan, ma’lumotlar kiritilsa, arifmetik hisob mustaqil bajariladi.



Download 99.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling