Kamilova zebiniso nusrat qizi son tushunchasining rivojlanish tarixi va istiqbollari


Natural sonlarning oxiri 1 bilan tugagan songa bo’linish belgisi


Download 145.94 Kb.
bet24/29
Sana19.02.2023
Hajmi145.94 Kb.
#1214890
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
dissertatsiya Kamilova Zebiniso

Natural sonlarning oxiri 1 bilan tugagan songa bo’linish belgisi. Agar ixtiyoriy ko’p xonali natural sonni yuqorida bayon qilingan kabi yozib, bu tenglikning har ikkala tomonini sonlariga ko’paytirsak:




formulalar hosil bo’ladi. Bu formulalar ixtiyoriy natural sonni, oxiri bir bilan tugagan butun sonlarga bo’linish belgilarini ifodalaydi.
Haqiqatdan, agar ayirma oxiri bir bilan tugagan songa bo’linsa, u vaqtda natural son ham songa bo’linadi. Agar ayirma oxiri 1 bilan tugagan songa bo’linishi ochiq sezilmasa, hosil bo’lgan ayirmaning birlik xonasidagi raqamni ga ko’paytirib, uni sonning o’nlik xonasidan ayirib ayirma nolga aylanganga qadar ayirish amali birin-ketin bajariladi.
Yuqoridagilarni misollarda tushuntiramiz.
Misol. 68376:21=? bo’linmani Jbikovskiy qoidasiga asoslanib toping.
Yechish. Bo’linish usulini bajarib, hosil qilingan ayirmalarning har biridagi oxirgi raqamlarni, ya’ni [ ] kabi qavsga olinganlarni tartib bilan birin-ketin yozib chiqsak, bo’linish amallarni bajarmay turib mos bo’linmani aniqlaymiz:

Demak, 68376:21=3256.
Sonlarni 3 raqami bilan tugagan sonlarga bo’lish
Berilgan natural sonni, oxiri 3 raqami bilan tugagan songa bo’linishini aniqlash va bo’linishni bajarganda chiqadigan bo’linmani, Jbikovskiy usuli bilan aniqlash mumkin. Buning uchun oxiri 3 raqami bilan tugagan sonlarni, avval 7 ga ko’paytirib, ularni oxiri bir bilan tugagan sonlarga aylantiramiz. So’ngra yuqorida aytilgan usuldan foydalanib, bo’linmani topamiz. Hosil bo’lgan bo’linma 7 marta kamaygani uchun. Uni yana 7 ga ko’paytirib, izlangan bo’linmani topamiz.

Sonlarni 7 bilan tugagan(7. 17, 27,37, 47,….kabi) sonlarga bo’linishi
Buning uchun bo’linivchilarni 3 ga ko’paytirib, oxiri bir bilan tugagan sonlarga kelamiz . Bu holda chiqadigan bo’linma 3 marta kamayadi. So’ngra, chiqqan bo’linmani yana 3 ga ko’paytirib, haqiqiy bo’linmani hosil qilamiz.
Sonlarning bunday ajoyib xossalari va amallar bajarish qoidalaridan darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish o’quvchilarning bilim doiralarini yanada kengaytirib, fan asoslarini chuqurroq o’rganishlariga sabab bo`ladi.



Download 145.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling