Kamilova zebiniso nusrat qizi son tushunchasining rivojlanish tarixi va istiqbollari


Download 145.94 Kb.
bet11/29
Sana19.02.2023
Hajmi145.94 Kb.
#1214890
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
dissertatsiya Kamilova Zebiniso

1.3.1-§. PROTSENTLAR

“Protsent” so`zi lotincha “pro centum” sozidan olingan bo`lib, “yuzdan bir” ma’nosini anglatadi. Protsent bilan amalda ishlash juda qulaylik tug`diradi. Bunda miqdorning o`zi bilan emas, balki uning yuzdan bir ulushi bo`yicha fikr yuritiladi va baho beriladi. Bu juda katta hisoblashlarni qisqartiradi va shuningdek, qismlarning o`zaro va qismlar hamda miqdorning o`zi bilan o`zaro taqqoslashni va hisoblashlarni osonlashtiradi.


Dastlab protsentlar asosan qadimgi Rimda keng tarqalgan. Protsentni rimliklar qarzdorning pul egasiga qarzini har yuziga bir to`lashini atashgan. Rimliklardan prosent tushunchasi butun Yevropaga yoyilgan.
Nine protsent – bu o`nli kasrning xususiy holi sanalib, olingan birlik butunning (protsentning) yuzdan bir bo`lagi. Ba’zi hollarda protsentning yanada kichik qiymatlari mingdan biri promille (lotinchadan – “mingdan bir” ma’nosidagi) ‰ ko`rinishda belgilanib protsent belgisiga analog - % belgisiga mos holda olingan. Ko`pgina amaliy masalalarda mingdan bir juda kichik miqdordan iborat bo`lib qoladi. Shuning uchun eng qulay bo`lgan yuzdan bir bo`lak protsent ko`p ishlatiladi.
Mamlakatimizda va butun dunyoda barcha ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi rejalarining borishi va bajarilishi, turli pul-tovar aylanishi nazorati va boshqa sohalarda protsent asosida ish ko`riladi.
Shunday qilib, son tushunchasining birinchi marta kengayishi tarixida natural sonlar to`plamiga barcha kasr sonlarning qo`shilishi bilan sodir etilgan deyish mumkin.
1.4. MANFIY SONLAR

Faqat natural sonlar bilan ish ko`rish bir qancha noqulayliklarga sabab bo`ladi. Masalan, bu sonlar to`plamida kichikdan kattani ayirish mumkin emas. Shu sababdan manfif sonlarga ehtiyoj paydo bo`ldi. Bu jarayon turli davlatlarda turli vaqtlarda sodir etilgan.


Yevropada manfiy sonlarni birinchi marta fransiz matematigi Nikola Shyuke (1445 - 1500) ning «Son haqidagi fan» asarida uchratish mumkin. Ammo Xitoyliklar eramizdan avvalgi X asrlardayoq ulardan foydalanishgan bo`lsa, hindlar VII asrlarda, yevropaliklar esa faqat XIII asrlardan boshlab foydalanishgan.

Download 145.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling