Mavzuning dolzarbligi. Son tushunchasi matematika fani asosini tashkil qiladi. Sonli to`plamlarni kelib chiqish tarixi va keyingi rivojlanish istiqbollarini o`rganish, aniq va tabiiy fanlar bilan shug`ullanuvchilar uchun har doim dolzarbligicha qoladi. Ayniqsa, bo`lajak matematika o`qituvchilari uchun o`ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti: Tadqiqot ob`ekti bo`lib, sonli to`plamlar, ularning kelib chiqish tarixi hamda ularning rivojlanish istiqbollari.
Tadqiqot predmeti: Tadqiqot predmeti bo`lib, oliy o`quv yurtlarining matematika, mexanika, fizika yunalishlarida o`rganiladigan son va uning ajoyib xossalari hamda ularning qiziqarli tadbiqlariga doir ba`zi masalalarni o`ziga xos yangi innovatsion usullarda bayon qilish, olingan natijalarni talabalar mustaqil ta’lim olishida ahamiyatini ko`rsatish.
Tadqiqot maqsadi: Pedagogika institutlari va universitetlarda son tushunchasi va uning rivojlanish tarixini chuqur o’rganish hamda keyingi istiqbollari haqida fikr yuritish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Matematika fanining tub negizi hisoblangan son tushunchasining rivojlanish bosqichlarini, ularning kelib chiqish tarixini chuqurroq o’rganish, yangicha xossalari va g’aroyib sifatlarini tahlil etish, shu bilan bir qatorda son tushunchasiga o`ziga xos yondoshish yo`li bilan ta`lim jarayoni samaradorligini oshirish, talabalarning mustaqil bilim olishi dinamikasining metodik asosini shakllantirish.
Tadqiqot natijalarining asoslanganligi va ishonchliligi. Dissertatsiyadan olingan natijalar mazkur sohada faoliyat olib borayotgan respublika va chet ellik olimlar tomonidan yaratilgan va tavsiya etilgan adabiyotlarga tayanilganligi, barcha tushunchalar izohlanganligi va izchil hamda matematik isbotga ega ekanligi, shuningdek, tadqiq qilingan uslubiy mezonlar tajribada ko’rib chiqilganligi asos bo’la oladi.
Ilmiy tadqiqot metodlari. Analiz, sintez, abstraksiyalashtirish, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda “muammoli takrorlash”.
Do'stlaringiz bilan baham: |