Kamoliddin Behzod nomidagi mrdi 2-kurs magistratura talabasi Norqobilov Мurоdjоn Mirzoaliyevich


Download 202.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.04.2020
Hajmi202.34 Kb.
#101771
Bog'liq
yevrora muzeyshunosligida qoyatosh suratlarining tadqiq etilishi va konservatsiya jarayonlari


Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI 

2-kurs magistratura talabasi 

Norqobilov Мurоdjоn Mirzoaliyevich 

 

YЕVRОРА MUZEYSHUNOSLIGIDA QOYATOSH SURATLARINING 



TADQIQ ETILISHI VА KONSERVATSIYA JARAYONLARI 

 

Yevropa  muzeyshunosligida  qoyatosh  suratlari  topilmalarini  tadqiq  etish  va 

konservatsiyalash  jarayonlari  bugungi  kunda  yaxshi  taraqqiy  etgan  yo'nalish 

hisoblanadi. So'nggi yillarda Yevropada jahon qoyatosh suratlarini muzeylashtirish 

ahamiyatiga  molik  ko'plab  tadqiqotlar  qilindi  va  olingan  natijalar  asosida  keng 

ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Qoyatosh suratlarini muzeylashtirish, konservatsiya va restavratsiya hamda 

muhofaza jarayonlari yuqori darajadagi bilim ча amaliy tajribani talab qiladi. 

Qoyatosh suratlarining konservatsiya va restavratsiya jarayonida biror xatoga уо'1 

qo'yilishi oqibatida yodgorlik shikastlanishi yoki umuman yo'q bo'lib ketishi xavfi 

mavjud.  Вu  esa  mutaxasisning  qoyatosh  suratlarining  tadqiqotida  jаrrоh 

singarianiqlik ча noziklik bilan yondashuvi kerak deganidir. 

Qoyatoshlarga chizilgan yoki o'yib ishlangan suratlarda bo'yoqlarning tashqi 

ta'sirlar oqibatida uchib-ungib ketishi, tasvirlarning toshlardan juda hаm zaif ajralib 

ko'rinishi ча muayyan yorug'lik orqaligina ko'rish mumkin bo'lgan holatlari tez-lez 

uchraydi. 

 Tasvirlarni keng ommaga namoyish etish uchun nima qilish lozim degan 

savolga  birinchilardan  bo'lib  Alt  ча  Boxuslendagi  (Shvetsiya)  qoyatosh  suratlari 

muzeyini yaratishda mutaxassislar j avob topishga urinishdi. 

1980 yillarda Alt va Boxuslen petrogliflarning bir qismi mахsus bo'yoq bilan 

qoplandi.  Qoyatosh  suratlarini  yuzadan  ajratib  aks  ettirish  bo'yicha  bu  amaliyot 

uzoq yillar katta bahslarga sabab bo'ldi. 

Bu  yerda  bir  qator  aйalliklar  ko'zga  tashlanadi.  Birinchidan,  eng  yaxshi 

ayalligi  bo'yoqlari  o'chib  ketgan  suratlarning  yangidan  bo'yash  amaliyoti 

bajarilgandan  so'ng  tasvirlar  paydo  bo'lib,  ularni  keng  ommaga  namoyish  qilish 

imkonini beradi. 

Skandinaviya  petrogliflari  ko'pincha  tabiiy  yorug'lik  ta'sirida  ayniqsa, 

mutaxassis  bo'lmagan  kishilar  uchun  ko'rinmaydi.  Bo'yalgan  petrogliflarni  esa 

kunning  istalgan  vaqtida  ko'rish  mumkin.  Tasvirlar  nafaqat  quyosh  chiqishi  yoki 

botishi  oldidan,  shiningdek,  quyosh  nurlarining  mа'lum  Ьir  burchaklari  ostida 

nisbatan aniq bo'rtma tasvirlarga aylanadi. 

Ikkinchi  afza||igt,  оmmаgа  namoyish  etilgan  bo'yalgan  реtrоgliflаr  ustiga 

odamlarda o'zboshimchalik bilan turli rasmlar chizib tashlash,  Ьо'r yoki bo'yoqlar 

bilan  chizish,  undan  ham  yomonrog'i  qirib  yoki  o'yib  chizgilar  chizish 

xohishitug'ilmaydi deb hisoblash mumkin. 


Antropogen  omillar  ta'sirida  "qurbon  bo'lgan"  qoyatosh  suratlaridan  bir 

namuna  bir  nесhа  skandinaviyalik  olimlarning  diqqat  markazida  bo'ldi.  Tadqiqot 

natijasida esa bo'yash orqali yodgorliklarning katta qismini dastlabgi yaratilgan 

holatda  saqlab  qolish  va  ularni  sayyohlardan  "yashirish",  natijada,  ulаrпi  ko'proq 

himoya qilish imkonini berdi. 

Uchinchi afzalligi shundan iboratki, petrogliflardagi o'chib ketgan bo'yoqlami 

himoya qilishda yordam beradi hamda bu yodgorliklarning ahamiyati va qiymatini 

ko'rsatadi. 

Bir  qancha  olimlar  Ьu  amaliyot  o'tkazilishi  оdаmlаr  o'zboshimchalik  bilan 

boshqa  petrogliflarni  Ьо'уау  boshlashlariga  yordam  berishi,  agarda  аrхеоlоglаr 

rahbariyat  ruxsati  bilan  bu  bilan  shug'ullansada  va  keyinchalik  bu  boshqa 

odamlarning  toshlami  o'zboshimchalik  bilan  bо'уаb  ketishiga  asos  bo'lishi  xavfi 

haqida gapirishadi

1



Skandinaviya petrogliflari lishaynik va zamburug'lardan tozalanib, bo'yoq 

bilan qoplanishi dastlab birinchi va ikkinchi jahon urushi oralig'idagi vaqtga to'gri 

keladi. Bugunga kelib ushbu yodgorliklar tuzatib bo'lmas darajada zarar|angan. 

Buni esa qoyatosh suratlarini saqlash uchun yetarlicha shart-sharoit bo'lmaganligi 

bilan izohlash mumkin. 

So'nggi vaqtlarda norveg аrхеоlоglаri yangi ochilgan petrogliflarni bo'yashni 

ta'qiqlashni ma'qullashmoqda. Ilgari bo'yoq bilan qoplangan suratlardagi tasvirlarni 

 tomoshabin va sayyohlarga aniqroq ko'rsatish uchun faqatgina retushlashga ruхsаt 

berishmoqda. 

Shved  arxeologlari  bugungi  kunda  qoyatosh  suratlarini  saqlab  qolishga  katta 

e'tibor qaratishgan va bu borada ko'plab samarali ishlar amalga oshirishmoqda. 

Tanum  petrogliflarini  o'rganish  borasidagi  ishlar  deyarli  ikki  asrdan  buyon 

davom  etmoqda.  So'nggi  yillarda  qoyatosh  suratlarini  hujjatlashtirish  uchun 

interpretatsiya  jarayonlari  ko'lami  kengaydi  ча  konservatsiya  masalalariga  hаm 

katta e'tibor qaratilmoqda. 

Qoyatosh  suratlarini  interpretatsiya  jarayoni  qiziqarli  hamda  murakkab 

jarayon bo'lib, suratlami sharhlash jarayonida o'ta aniqlik talab etiladi. Aks holda, 

bu tomoshabin uchun surat haqidagi notog'ri ma'lumotni yetkazishi mumkin. 

Таnum petrogliflari muzeylashtirilganligi, YLINESKOning nufuzli muzeylar 

ro'yxatiga kiritilganligi, shved hukumati tomonidan g'amxo'rlik qilinishi va yaxshi 

muhofaza  qilinishiga  qaramay  mutaxassislar  Tanum  qoyatosh  suratlarini  хачf 

ostida deya ta'kidlashmoqda

2



Tadqiqotlar  shuni  ko'rsatadiki,  Ьu  yerdagi  petrogliflarning  deyarli  yarmi 



tabiat hodisalari ча inson omili ta'sirida zarar ko'rgan. 

 

______________________________________________________ 



1

Дэвлет М.А "Проблемы изученияI наскальных изображений в СССР, - М.: ИААН, 1990. -241 стр. 

2

Наскальное искусство в современном обществе. К 290-летию научного открытияI Томской писаницы. 



Материалы международной научной конференции. Том 1. - Кемерово: Кузбассвузиздат,2011. - 196 стр 

1990 yillardagi tadqiqotlar natijasiga kо'rа bu yerdagi petrogliflarning to'rtdan 

 uсh  qismi  atrof  muhitning  ifloslanishi  natijasida  bizgacha  bir  necha  ачlоdlаr 

almashinuvidan awal yo'q bo'lib ketgan 

Таnum petrogliflari muz kabi sayqallanib ketgan granit qoyalarda joylashgan. 

Bu granit qoyalar hаr qanday ob-havoga bardosh Ьеrа oladi. 

Qoyatosh|ar yuza|ari kimyoviy o'zgarishlar natijasida lishayniklar vа yo'sinlar 

(mохlаr)  bilan  qoplanish  hollari  ko'p  kuzatiladi.  Kunduz  kuni  quyosh  harorati 

granit  yuzasining  qizdirishi,  kechki  paytga  borib  sovishi,  havo  haroratining 

sutkalik o'zgarib turishi petrogliflar chizilgan qoyatoshlaming yemirilishiga asosiy 

sabablardan qilib ko'rsatiladi. 

Ayniqsa  kuzgi  va  bahorgi  sutkalik  almashinib  turuvchi  muzlash  va  qizib 

ketish  jarayoni  bunga  katta  ta'sir  ko'rsatadi.  Buning  natijasida  granit  qoyatoshlar 

yuzasida tez-tez qatlam-qatlam bo'lib ko'chib yemirilib tushish hodisasi yuz beradi. 

Shu  sababli,  bu  уеrlаrdа  qishki  vaqtlarda  suratlar  solingan  qoyatoshlar  maxsus 

issiqlik  va  sovuqdan himoya  qiluvchi  ча  namlikdan  saqlovchi  maxsus  materiallar 

bilan  zich  qilib  qoplash  ishlari  amalga  oshiriladi.  Реrrоgliflаr  panelining  katta 

qismi  bunday  yomon  sharoitda  ekanligi  ulаrпi  doimo  ustini  qoplab  turishni  talab 

etadi. 


Shuningdek,  petrogliflarning  holatining  yomonlashuviga  ularning  avtomobil 

yo'llariga yoki qishloq xoJaligi ishlari olib boriladigan dalalarga yaqin bo'lishi ham 

ta'sir  etadi.  Sababi,  avtomobillardan  ajralib  chiquvchi  zara/rt  gaz|ar  ча  qishloq 

xojaligida qo'llaniluvchi turli xil kimyoviy vositalar petrogliflar ayniqsa, bo'yoqda 

ishlangan suratlarning zararlanishiga sаbаb bо' ladi. 

2006 yilda arxeolog olimlar va havaskorlar guruhi turli tоmопlаmа - qoyatosh 

 gravirovkalarini ча shu hududda joylashgan mahalliy aholini o'rganish bo'yicha 

 tadqiqot  ishlarini  olib  borishdi.  Tadqiqotlar  natijasida  esa  qoyatosh  suratlariga 

bitta turistik yo'nalish bo'yicha boriluvchi ochiq osmon ostida katta muzey yaratish 

g'oyasi tug'ildi. 

2007  yilda  Vitlike  muzeyi  xodimlari  nazoratt  ostida  Tanum  petrogliflari 

uchun  taxtasupalar  yasash,  so'qmoqlarga  belgilar  qo'yish  va  ularni  buta  ча 

toshlardan  tozalash  ishlari  boshlab  yuborildi.  Turizm  infrastrukturasini  yaratish 

jarayoni boshlandi. 

Rossiyaning Kareliya petrogliflari tabiat injiqliklariga bardosh berib bir necha 

yuz  yillar  davomida  saqlanib  kelmoqda.  Lekin,  qoyatoshlar  yuzasining  chidamli 

bo'lishiga qаrаmау tabiiy omillar natijasida ayrim gravirovkalarga zarar yetgan. Bu 

ayrim hollarda kuchli shamol bo'lishi, to'lqinlar yopirilishi va qishda balandligi 5-6 

metrga yetuvchi muzlar uyumining hosil bo'lishi bilan bog'liq. 

Daryolar bo'yida joylashgan pastroqdagi petroglif konturlarini suvning kuchli 

ishqalanishi silliqlab yuborgan bo'lsa, yuqoriroqda joylashganlarini esa lishayniklar 

qoplab olgan. 



Lekin, qoyatosh suratlariga doir eng asosiy xavf tabiiy emas balki antropogen 

omillarda  namoyon  bo'ladi.  Sayyohlar  ча  mahalliy  aholining  tushunmaslik  yoki 

atayin harakati natijasida qoyatosh suratlariga zarar yetkazish hollari ko'p uchraydi. 

Qadimiy qoyatosh suratlari mashhurlik cho'qqisiga chiqayotgan bir sharoitda 

tabiiy  omillardan  tashqari  inson  omili  ham  ularning  zararlanishiga  katta  ta'sir 

ko'rsatmoqda.  Tabiat  hodisalari,  tasodifiy  zararlanishdan  tashqari  vandalism 

harakatlari  natijasida  ko'plab  qoyatosh  suratlari  zarurIangan  yoki  yo'q  bo'lib 

ketgan. 


Shuningdek,  tosh  polotnolarni  hisobga  olish  va  suratlardan  nusxa  olish 

jarayonida hаm ba'zi suratlar zarar ko'radi. 

Yuqorida  keltirib  o'tganimizdek,  Yevropadagi  ayrim  g'оr  suratlari 

yokipetrogliflarning ayrimlari kashf etilganligidan ko'p vaqt o'tmasidanoq talofotga 

uchragan. 

Ochiq  osmon  ostidagi  qoyatosh  suratlari  esa  bundanda  jiddiy  xavf-xatarda 

qolgan.  Tabiiy  hodisalar  уеr  qimirlashi,  tosh  ko'chishi,  yomg'ir,  shamol, 

haroratning  doimo  o'zgaruvchanligi  natijasida  qayrim  qoyatosh  suratlari  tiklab 

bо'lmas darajadagi talofatlarga uchraydi. 

Bundan tashqari qoyatosh suratlari yuzasini o't o'lanlar qoplashi, lishayniklar, 

zamburug'lar va turli mikroorganizmlarning ta'siri ham undan kam emas. 

О'rmоn yong'inlari ham qoyatosh suratlarining yo'q bo'lib ketishida katta xavf 

tug'diradi.  Yong'inlar  natijasida  toshlar  yuzasining  qattiq  qizishi  oqibatida 

qoyatoshlar  yuzasida  yoriqlar  hosil  bo'ladi  yoki  qat-qat  bo'lib  ko'chib  tushishi 

natijasida  qoyatosh  suratlari  talofot  ko'radi.  Bundan  tashqari,  yong'in  natijada  kul 

va daraxt ko'miridan ajralib chiqqan organik moddalar suratlar uchun jiddiy xafdir. 

Mutaxassislarning aniqlashicha shu tarzda qoyatosh suratlari zarar ko'raversa 

yuz yildan so'ng уеr yuzida biror Ьir qadimiy qoyatosh surati qolmaydi. 

Misol  tariqasida  oladigan  bo'lsak,  Ural  qoyatosh  suratlari  Neyva  daryosi 

qirg'og'ida  turistik  baza,  yozgt  оrоmgоhlаr  ча  dam  olish  uylari  yaqinida 

joylashgan.  Qadimiy  qoyatosh  suratlari  esa  kelib-ketuvchi  kishilar  tomonidan 

chizib  tashlangan  yozuvlar  ostida  qoplanib,  yo'q  bo'lib  ketgan.  Ularning 

ayrimlarigina esa baxtli tasodif tufayli zamonaviy bo'yoqlar ostida omon qolgan. 

Bugungi  kunda  qoyatosh  suratlarini  muhofaza  qilish  vа  ulаrпi  zararlli 

ta'sirlardan  asrash  borasida  qoyatosh  suratlari  sohasidagi  tadqiqotchi  olimlarning 

hamba'zi ish uslublarini o'zgartirishga tog'ri keladi. 

Olimlar  qoyatosh  suratlarini  tadqiq  etishda  suratlar  atrofini  bо'r  bilan 

aylantirib  chizib  chiqish  usulini  rad  etishmoqda.  Bu  amaliyot  XIX  asrda  vujudga 

kelgan  edi  ча  olimlar  bu  usuldan  bo'yoqli  suratlar  va  shtrixlangan  petrogliflardan 

nusxa ko'chirishda foydalanishgan. Bunday usuldan аrхеоlоg olim A.P.Okladnikov 

hаm  Sibirda  fototasvirga  olishda  qoyatosh  suratlaridagi  tasvirlarni  kuchytirish 

maqsadida foydalangan. 



Tadqiqotchi  ko'rish  qiyin  bo'lgan  хirа  tasvirlami  aniqlashtirish"maqsadida 

ulаrпi  bo'r  bilan  atrofini  berkitib  chiqqan.  Bo'r  bilan  ishlaganda  toshlar 

yuzasiningifloslanishi  va  toshning  mayda  yoriqlariga  kirib  qolishi,  ishdan  so'ng 

bo'rni  tozalash  jarayoni  esa  tosh  yuzasida  yo'qotishlarsiz  kechmaydi.  Во'r 

qoldiqlari  esa  qadimiy  rasmlar  vа  petrogliflarda  keyinchalik  keraksiz  xulosalarga 

sabab bo'lishi ham mumkin. 

Ural  qoyatosh  suratlarini  tadqiq  etishda  tadqiqotchilar  ko'pincha  suratlarni 

yumshoq  qalam  bilan  aylantirib  chizib  chiqish  usulidan  foydalanishdi. 

V.N.Chernetsov  bu  metodni  o'chirg'ich  bilan  o'chirish,  suv  bilan  oson  yuvib 

tashlash mumkin bo'lganligi uсhuп ham foydalanish uchun qulay deb hisoblaydi. 

1970-80  yillarga  kelib  olimlar  Ural  tog'larini  tadqiq  etishda  ushbu  usuldan 

ham  keng  foydalanishdi.  Lekin,  bu  usulning  hаm  salbiy  tomonlari  bo'lib, 

tadqiqotlar  tugaganidan  so'ng  qoyatoshlardagi  qalam  bilan  bo'yalgan  bo'yoq 

qoldiqlari  dengiz  va  turg'un  suvlar  yordamida  yuvib  tashlanishi  natijasida  toshlar 

yuzasiga ko'p sonly o'simlik hujayralari, bakteriyalar, o'simlik sporalari yopishishi 

va  toshlar  yuzasining  namlanishi  oqibatda  zamburug'lar,  turli  mikroorganizmlar, 

lishayniklarning  ko'payib  ketish  holatlari  uchraydi.  Buning  oqibatida  esa  toshlar 

yuzasidagi qadimiy suratlarning biologik ifloslanishi, ularning zararlanishiga sabab 

bo'ladi.  Bundan  tashqari,  namlikning  ortishi  va  tosh  yuzasining  muzlashi  sababli 

tosh yuzasidan suratlarning ko'chib tushish holatlari bo'lishi mumkin. 

Bugungi kunda hattoki, distillangan suч ham toshlar yuzasidagi tuzlami eritib, 

toshga singdirib yuborishi natijada tosh yuzasida oq kristalsimonlarning paydo 

bo'lishiga, natijada suratlarga zarar yetishiga sabab bo'lishi isbotlab berildi. Bundan 

tashqari namlik surat ranglaridagi bo'yoq pigmentlarining o'zgarishiga sabab 

bo'lishi mumkin. 

Qadimiy  qoyatosh  suratlarini  tadqiq  etishda  qadimiy  suratlardan  nusxa 

olishning  kalkalash  usuli  hаm  keng  tarqalgan.  Bu  usuldan  skandinaviya 

tadqiqotchilari  keng  foydalanishadi.  Bunda  granit  plita  yuzasiga  90-110  g/m2  va 

l00x70  sm  li  qo'g'oz  varag'i  zich  qilib  qoplanadi,  yengil  hatrakat  bilan  rasmdan 

bostirib  andaza  olinadi.  Murakkab  detallardan  nusxa  ko'chirish  uchun  nisbatan 

yupqaroq qog' ozdan foydalaniladi. 

Bugungi  kunda  Tanum  muzeyi  shved  mutaxassislari  petrogliflardan  nusxa 

olishda tabiiy bo'yoq vositasidan foydalanish tajribasini qo'llashmoqda. Bunda uch 

turdagi polisaxarid, Ьо'r ча kvarts asosga ega bo'yoq turlaridan foydalanilmoqda. 

Birinchi  bo'yoq  polisaxarid  suspenziyasi  (СбНlOО5)  vа  suv  asosga  ega. 

Bunday  bo'yoq  modda  tabiiy  asosdan  tashkil  topgan,  suчdа  erimaydi,  surat 

yetarlicha o'rganib bo'lingandan so'ng bo'yoq oson tozalanadi. 

Ikkinchi  turdagi  bo'yoq  Ьо'r  asosli  suspenziyadan  yaratilgan  bo'lib, 

mutaxasislaming  ta'kidlashicha  bu  tosh  yuzasidagi  kislotani  me'yorlashtiradi, 

mikroflora uchun ijobiy ta'sir ko'rsatib, zamburug' ча lishayniklarning ko'payishiga 

qarshilik qiladi. 


Uchinchi turdagi bo'yoq modda kvarts suspenziyali (SiO2) asosda ega bo'lib, 

 kvarts  granit  tarkibidagi  modda  hisoblanib,  tosh  yuzasiga  xavfli  ta'sir 

ko'rsatmaydi. 

Ushbu uch bo'yoq modda bilan qoyatosh suratlari bo'yalganda ulаrпi suratga 

olish yaxshi samara beradi va ular tosh yuzasida hech qanday iz qoldirmaydi. Bu 

bо'уоqlаr  cho'tka  yordamida  oson  tozalanishi  yoki  yomg'ir  suvlari  ostida  yuvilib 

ketishi mumkin.

3

 



Qoyatosh  suratlarini  o'rganishda  "tog'ridan  -tog'ri"  kalkalash  uslubini-  Anri 

Breyl  Fransiyadagi  g'or  suratlarini  tadqiq  etish  davomida  qo'lladi.  Bunda 

tadqiqotchi  suratlardagi  figuralarni  ustiga  qo'l  bilan  уuрqа  qog'ozni  bosib,  qalam 

yoki bo'r bilan chizib, to'ldirib tushirib olgan. 

Bugungi  kunga  kelib  qoyatosh  suratlarini  tadqiq  etishda  ulami  fotosuratga 

olib  tadqiq  etish  anchayin  ommalashgan.  Bunday  ish  usuli  dastlab  2001yilda 

Finlandiyada  "Rock  Саrе"  loyiha  doirasida  boshlandi.  Yil  davomida 

Finlandiyaning 110 ta mashhur qoyatosh suratlaridan 69 tasi fototasvirga olindi. 

Fotosuratchi  Ismo  Luukkonen  ushbu  ishga  jalb  etildi.  Ismo  Lukkonen 

qoyatosh  suratlari  yodgorliklarini  fortosuratga  muxrlashda  quyidagi  ketma-ketlik 

bo'yicha ish olib bordi: 

1.  Dastlab  qoyatosh  suratlari  chizilgan  toshni  yaxlit  suratga  oldi.  Bunda 

toshning formasi va suratlarning umumiy ko'rinishi aks etdi. 

2. Surat joylashgan qoya atrofini рапоrаmа tarzda suratga oldi. 

3. Вir biriga qarama-qarshi holatda turgan suratlarni tasvirga oldi. Bu esa ko'p 

hollarda maxsus uskunalarni ча паrчопlаrпi talab etadi. 

4.  Tosh  yuzasini  suratga  olishda  kamerani  o'rnatish  maqsadida  1,5  mеtr 

uzunlikdagi  taxtachalardan  foydalanildi.  Bu  jarayon  qoya  ча  obyektiv  orasida 

ma'lum  masofa  saqlanishini  talab  etadi.  Taxtachalar  oxiriga  kadrning  pastki 

qismini aks ettirish uchun svetometrik shkala mustahkamlandi. 

5. Har bir fotosuratga tosh yuzasidagi 1х0.7 metr maydon muhrlandi. Bunday 

qilinishiga  sabab,  oldingi  va  keyingi  fotokadrlarni  osonlik  bilan  tushirish  vа  ish 

so'nggigacha uzoq vaqt qiyinchilik tug'dirmaslik edi.

 

Qoyatosh  suratlarini  fotosuratga  tushirishning  foydali  tomonlari  shundaki, 



uning  yordamida  toshlardagi  yoriqlar  va  qadimiy  suratlaming  o'zgarganligi, 

shikastlanganligi haqida aniq ma'lumot olish mumkina.

4

 

Shuningdek,  fotografiya  yordamida  toshlar  yuzasini  qoplagan  lishayniklarni 



hаm  o'rganish  mumkin.  Bugungi  kunda  Xelsinki  Univesiteti  lixenologlar 

(1ishayniklar  bo'yicha  mutaxassislar)  toshlarni  lishayniklardan  tozalash  ishlari 

bilan shug'ullanishmoqda. 

___________________________________ 

3,4

  Дубровский  Д.К.,  Грачѐв  В.Ю.Уральские  писаницы  в  мировом  наскальном  искусстве.  - 



Екатеринбург: ООО 

<Грачѐв и партнѐры>, 2010. - 190 Стр., 201 Стр 

Katta  bargli  Раrmеliа  va  Umbilikaria  kabi  lishayniklarni  tosh  yuzasidagi 

suratlarga  zarat  yetkazmasdan  tozalash  mumkin.  Lishayniklarning  bir  qismini 

qisqich  (pintset)  yordamida  olib  tashlash,  boshqalarini  esa  dastlab  yuzani  biroz 

namlab  kichik  kurakcha  bilan  olib  tashlash  mumkin.  Bulardan  tashqari  qobiqli 

lishayniklar  turi  ham  bo'lib,  mutaxassislar  fikriga  ko'ra  uni  olib  tashlash  tosh 

yuzasi ча suratga zarar yetkazmay qolmaydi. 

Qoyatosh  suratlarini  himoya  qilish  ishlari  аrхеоlоglаr  ча  mutaxassislar 

nazorati ostida davomiylikni talab etadi. Agarda suratlar doimo tashqi ta'sirlardan 

himoya qilib turilmasa, uzoq muddat davomida qarovsiz qoldirilsa Ьu suratlarning 

holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin 

Bugungi  kunda  qoyatosh  suratlarini  konservatsiya  ча  retavratsiya  qilish  va 

ulаrпi muzeylashtirish yuqori darajadagi malaka ча izlanishlarni talab qiladi. 

Qoyatosh  suratlari  ustida  tadqiqot  olib  borish  va  yangilik  kiritish  jarayonida 

chuqur  tadqiqotlar  ча  tahlillar  qilmay  xulosa  qilish  oqibatida  qadimiy  qoyatosh 

san'ati  yodgorliklariga  zarar  yetishi,  ko'pgina hollarda ulаrпi  yo'qolib  ketish хачfi 

ostida qoldirishi mumkin. 

Xulosa  o'rnida  shuni  ay.tish  mumkinki,  jahon  qoyatosh  suratlarini  tadqiq 

qilish,  muzeylashtirish  ча  muhоfаzа  qilish  ishlari  bugungi  kunda  jadallik  bilan 

rivojlanmoqda. Yevropa qoyatosh yodgorliklarining konservatsiya va restavratsiy 

 

 



Magistrant                                                    M.Norqobilov 

 

                     Ilmiy rаhЬаr                                                 K.Nishonova 



Download 202.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling