Kampiyuterni tashkil etish fanidan tayyorlagan


Download 49.05 Kb.
bet1/12
Sana31.03.2023
Hajmi49.05 Kb.
#1314093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TOXIROV XOLTOY4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FIYALI




KAMPIYUTER INJINERINGI FAKULTETI


3 – BOSQICH 961­­-20 GURUH TALABASI TOXIROV XOLTOYNING

KAMPIYUTERNI TASHKIL ETISH


FANIDAN TAYYORLAGAN
4-CHI AMALIYOT ISHI


Bajardi: TOXIROV XOLTOY
MAVZU:OPERATSION SISTEMANING TASHQI BUYRUQLARI VA UNI ISHLATISH XUSUSIYATLARI


Operatsion sistema tushunchasi.
"Operatsion sistema" tushunchasiga aniq ta`rif berish qiyin. Chunki "sistema" so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; "operatsion" so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada "amal" degan ma`noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi.
Xo'sh, unda "Operatsion sistema"ni qanday tushunish kerak?
Avval uning foydalanuvchisi to'g'risida fikrlashaylik.
"Operatsion sistemaning foydalanuvchisi" tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo'lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi-mazkur sistemada ishlashi mumkin bo'lgan shaxs.

Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni ta`minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi.

Operatsion sistemani disk operatsion sistemasi yoki qisqacha DOS deb ham yuritiladi.
EHM operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog'ini yoqmoqchi bo'lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog'idan suv olmoqchi bo'lsangiz, jo'mrakni burashingiz etarli. Keng ko'lamdagi xizmat ko'rsatish qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslar (misolimizda suv va elektr toki) ni olish uchun ko'pdan-ko'p ishlarni bajarish lozim bo'lar edi. Masalan, katta orolda yolg'iz qolgan kishi suv olishi uchun o'zi quduq qazishi; o'tin yoki qurilish uchun lozim bo'lgan yog'och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo'nishi; oziq-ovqat uchun o'zi bug'doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo'ladi.
EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma`lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi kerak edida). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko'p ishlarni engillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo'l kelmoqda.
Xo'sh, mazkur "yordamchi" dasturlar majmui bo'lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo'lar edi?
Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang'ich ma`lumotlar va natijaviy axborotlar qaerda joylashishini ko'rsatishi talab qilinadi.
Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni qo'llamoqchi bo'lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak. Shuningdek qurilmalar ishlashi bilan bog'liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo'lar edi. Demak, "yordamchi" dasturlarning xizmati beqiyos ekan.


Ta`kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsada, ularning vazifasi yagona - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta`minlashdan iborat.
EHM "dasturli ta`minoti", "texnik ta`minoti" va " operatsion sistema" o'rtasidagi uzviy bog'lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.


Dasturli ta`minot o'z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli ("vositaviy") asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta`minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qat`iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'ladi:

Download 49.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling