Kampyuter tarmoqlari


Download 28.24 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi28.24 Kb.
#1476317
Bog'liq
kurs ishi kt


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETININIG
JIZZAX FILIALI




AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI

«AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI» kafedrasi

KAMPYUTER TARMOQLARI” FANIDAN


KURS ISHI
Mavzu: “Korparativ tizimida fayl servirlarini doimiy ishlashini taminlash va boshqarish”
Bajardi: “Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yoʻnalishi 3-kurs 120-20-guruh talabasi Qorjovova A’lo Yaxshiliq qizi
Ilmiy raxbar:
Jizzax-2023
MUNDARIJA



KIRISH

KAMPYUTER TARMOQLARI VA TIZIMLARI
Kampyuter tarmoqlar
Kompyuter tarmog’i (Computer Net. Work, net–tarmoq, va work– ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i– bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.
Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi. Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:
Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha; Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha; Boshqarish usuli bo’yicha;
Axborotni uzatish tezligi bo’yicha; Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.
Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);
Mintaqaviy tarmoqlar- (MAN– Metropolitan Area Network);
Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);
Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.
Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.


Aloqa, ulanish topologiyasi bo’yicha kompyuter tarmoqlari quyidagicha bo’lish mumkin:
“ Umumiy shina topologiyasi” (Bus– Общая шина );
“ Yulduz topologiyasi” (Star– Звезда);
“ Halqa topologiyasi” (Ring– Кольцо);
“ Daraxtsimon tuzulmali topologiya” (Tree– Древовидной);
“ Aralash tuzulmali topologiya” (Mixed– Смешанной).
“Umumiy shina” topologiyasi Umumiy shina tarmoq tapologiyasi (bus- Общая шина)– шина bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.

1-rasm.Umumiy shina tapalogiyasi.

“Yulduz” topologiyasi Yulduz topologiyasi (Star– Звезда)– Звезда bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.


2-rasm.Yulduz tapologiyasi

“Halqa” topologiyasi Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо)– Кольцо bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashadi.


Daraxt topologiyasida har qanday bog'langan ikkita tugun o'rtasida faqat bitta aloqa bo'lishi mumkin. Har qanday ikkita tugun faqat bitta o'zaro bog'liqlikka ega bo'lishi mumkinligi sababli, daraxt topologiyalari tabiiy ota-ona va bola iyerarxiyasini yaratadi. Kompyuter tarmoqlarida daraxt topologiyasi a nomi bilan ham tanilgan yulduzli avtobus topologiyasi. U avtobus topologiyasining ham, yulduzlar topologiyasining ham elementlarini o'z ichiga oladi. Quyida ikkita yulduzli tarmoqlarning markaziy tugunlari bir-biriga ulangan daraxt topologiyasining tarmoq diagrammasi misolida keltirilgan.

Download 28.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling