kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar


Download 35.48 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi35.48 Kb.
#139231
Bog'liq
Qizil kitob


\
Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.

1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.

Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan.

Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi:

1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar;

3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar;

4) muayyan vaqg davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga qoʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar.

Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998 yil da qayta bosmadan chiqdi.Keyingi yillarda Oʻzbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.

Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan.

Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.



O`zbekiston Respublikasining "Qizil kitob"i

Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta"sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.

        Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta"sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.

Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O'n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug'ular, g'or arsloni va ayiqlari, o'rta asrlarda Yevropa turi, Stellcr sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo'qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda.1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlaming 74 turi yo'qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va ltadan o'simlik turlari yo'qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko'p o'simliklar turlari butunlay yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi.

O'simlik va hayvon turlarining tobora yo'qolib borish xavfi mamIakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug'dirmoqda.

1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro'yxat»ni chop etdi, unda batamom yo'qolib kotgan hayvonot turlari ro'yxati keltirilgan.

«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo'qolib ketayotgan o'simlik va hayvonlarning turlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan

O'zbekistonda o'simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo'lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o'simliklar, zamburug'lar va suv o'tlari esa 11000 atrofida. O'zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o'simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina kamyob, endem va rHikt lurlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo'lib, ular O'zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil qiladi.

O'zbekiston florasining yo'qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o'simlik «Qizil kitob»ning 1984-yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o'simlik turlarining soni 301 taga yetdi.

O'zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.

O'zbekistonning birinchi «Oizil kitob»i 1983-yilda nashr qilingan bo'lib, unga umurtgali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.

Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo'lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo'g'imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.

Ta'kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar ro'yxati yildan-yilga aniqroq bo'lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo'lamiz.

O'zbekiston Respublikasi «Qiz.il kitob»ida o'simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo'yicha ro'yxatga olingan va har bir o'simlik ko'rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o'z navbatida noyob va yo'golib borayotgan o'simlik va hayvonot turlari to'g'risida keng omma tomonidan anig tasawurga ega bo'lishlariga yordam beradi.

«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, go'rigxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yowoyi o'simliklar bilan savdo-sotiqni lartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo'yadi.

Umuman, bu kitob barcha o'simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida gonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.

Kitobga kiritilgan o'simlik turlari 4 kategoriyaga bo'lingan:

«0» maqomi borilgan o'simlik turlari yo'golgan yoki yo'qolish arafasida turgan o'simliklardir.

«1» magomidagi o'simliklar turlari esa yo'qolib borayotgan turlardir.

Bunga yo'qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o'simlik turlari kiritilgan.

«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.

«3» maqomidagi o'simlik turlari kamayib borayotgan o'simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o'simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.

Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan noyob va yo'qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o'simlik va hayvon turlari to'g'risidagi ma"lumotlar matnlari o'zgartirishlarsiz kiritildi.

O'zbekistonning tabiiy sharoitlari rang-barang (har xil tipdagi cho'llar, adirlar, o'rmonlar, madaniy landshaftlar) bo'lganligi tufayli o'simlik va hayvonot olami ham xilma-xildir.

Respublikamizda o'simliklar va hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasida bir qancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Jumladan 1997-yilning 26-dekabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Orsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish» va «Hayvonlar dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foyda!anish» qonunlari qabul qilindi.

Tabiiy xilma-xillikni asrash dastlab uni chuqur bilishdan boshlanadi. Shunday ekan, Respublikamizda uchraydigan va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan o'simlik va hayvon turlari to'g'risidagi ma"lumotlar ko'pchilik tabiatni sevuvchi yurtdoshlarimizni albatta, qiziqtirishi, shubhasiz.



Ushbu “O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganO’simliklar” mavzusidagi  dars  ishlanma o’quvchilarga interfaol usullardan foydalanib dars o’tishga mo’ljallangan.

Данная разработка урока «Растении,которые входят в Красную Книгу Республики Узбекистана» предназначена для преподавателей по новой системе обучения интерактивными методами.

This development   lesson “The plants that are included into the Red Book of the Republic of Uzbekistan”is designed  to teachers in the new  system of interactive teaching methods.

 



Darsning  ta’limiy maqsadi: O’zbekiston hududida o’sayotgan har bir turni asrab avaylashga bebaho  o’simliklarni muhofaza qilish muqaddas burch ekanligini o’quvchilar ongiga singdirib borish.

Tevarak-atrofimizda qanchalik yashil o’simliklar qoplami ko’p bo’lsa, sayyoramizdagi hayot shunchalik go’zal,barqaror va abadiy bo’lishini uqtirib borish.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                          



Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning dunyo qarashini kengaytirish,vatanni sevish tabiatni asrab avaylashni ongiga singdirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga zamonaviy pedagogik texnoligiyalar asosida bilim, sifat samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlashga undash, fanga bo’lgan qiziqishlarini boyitish,mustaqil ishlarga o’rgatish nutq va muloqat  madaniyati hamda ijodiy bilimlarini rivojlantirish.

Darsning usuli: “Muzyorar”,”Tayanch signallar”,”Aqliy hujum”.

Darsning jihozi: Darslik, plakat,harakatdagi ko’rgazmalar, rasmlar,gullar,ekran videoproyektor.

Darsning shiori: “Aytsang,unitaman Ko’rsatsang, eslab qolaman,o’zim bajarsam, anglab yetaman.”

Darsning qoidalari:

 

       1.Mavzuga ilmiy yondashish

       2.Intizomga erishgan holda do’stona vaziyat o’rnatish.

       3.Milliylikka tayanib erkin muloqatda bo’lish.

       4.Mustaqil fikrlab muammoni hal etish.

       5.Bir-birimizni fikrimizni hurmat qilish.

       6.Tajriba almashinib faol qatnashish.

       7.Xush fel va ziyrak bo’lib ijodiy izlanish.

       8.O’z-o’zini xolis baholash.

       9.Me’yorga e’tibor berib savollarga qisqa va lo’nda javob berishga harakat qilish.

 

   II.Darsning tashkiliy qismi



Assalomu alaykum,aziz hurmatli ustoz!

Bilimlarni berasiz, sizni qilamiz e’zoz.

Va alaykum assalom,dono zukko bolalar,

Xalqimizning zo’r ishonchli vatanda gul lolalar.

Bugun darsimizda navbatchi axborotini tinglaymiz.

Aziz o’quvchilar darsga tayyormisiz?

Darsga tayyormiz doim

Maqsad zo’r,olmoq bilim

Demak,o’quvchilar sizlarni 3 guruhga bo’lib olaman.

Dunyoning 3ta olimini aytaman birini tanlang.

1.Dunyoda tibbiyotning otasi kim?

   Abu Ali Ibn Sino

2.O’simliklar va hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan dorivor o`simliklar haqida ma’lumot beruvchi “Saydana” asarining muallifi kim?

     Abu Rayxon Beruniy

3.”Fozil odamlar shahri”asarining muallifi,ikkinchi muallim nomini olgan olim kim?

   Abu Nasr Al-Farobiy

Guruhlarga olimlarning nomini beramiz:

1-guruh-Abu Ali Ibn Sino

2-guruh-Abu Rayhon Beruniy

3-guruh-Abu Nasr Al-Farobiy

Nomlari yozilgan xattaxta guruhdagi o’quvchilarga beriladi.

Bugun darsimizni noan’anaviy,bellashuv uslubida olib boramiz.

Lola gul barglarini orqasida savollar yozilgan bo’lib,uni o’quvchilarga tarqatiladi.

Sizlarni bilimingizni baholash uchun quyidagi mezonlardan foydalanamiz.

Atir gulga -“5”ball

Romashkaga -“4” ball

Kunga boqarga -”3” ball

Binafshaga-  “1” ball

5 ta binafsha olgan o’quvchiga 1ta atirgul beramiz.

     Aziz o’quvchilar, hozir o’lkamizda qaysi fasl?( ekranda tabiat manzarasi: suvlar shildirashi-yu,qushlar ohangi taralgan mayin bir kuy eshittiriladi.)

     Hozir o’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish-bahor fasli hukm surmoqda.

- Bahor  fasli 1-martdan boshlanadi.

- Bahor oylar: mart, aprel,may.

- Bahorda tabiatda o’zgarishlar ro’y  beradi:

- Kunlar isiy boshlaydi.

- Daraxtlar uyg’onib kurtag yoza boshlaydi.

- Bahor elchisi hisoblanmish qaldirg’ochlar uchib keladi.

 

Muhtaram Prezidentimiz  2016 yilni  “Sog’lom ona va bola yili”deb nomladi. Biz sog’lom bo’lib yetishishmiz uchun biz yashab turgan shitob bilan o’zgarayotgan jamiyat  kishilardan hayotda o’z oldilariga qo’ygan mahsatlariga erishishlari uchun yangicha bilim ko’nikma va mahorat  talab qilmoqda, har bir fuqoroning  salomatligi  huddi  jamiatning  salomatligi singari davlatning strategik maqsadi uning milliy havfsizligi garovi sanaladi. Yurtboshimiz 2009-yil 13-aprelda “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish ”sog’lom avlodni shakillantirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar 10-96 qarorini  qabul qildi.2009-2010 yilda aholining repraduktiv sog’ligini mustahkamlash ,sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni olib borish va samaradorligini oshirish chora tadbirlarni yetkazish haqidagi  qarorni qabul qildi. “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi yuqoridagi  fikrlarning  amaldagi  isboti hisoblanadi-ki, qabul qilingan bu qarordan xalqimiz  qalbi  yana bir bor faxrga to’ldi. Axir qaysi yurtning ayoli va bolasi shunday yuksak martabalarga loyiq topilgan?! Axir onalarimiz hayot  abadiyligini ta’minlab kelayotgan eng buyuk zot sifatida ana shu e’tirofga, taxsinga sazovorligidan boshi osmonga yana bir bor  yetganligi sir emas-ku! Bularning  barchasi  jannatmakon  yurtimizda  sog’lom  ona va bolaga ko’rsatilayotgan  sharqona  ehtiromning  isboti  emasmu! Baralla  ayta olamizki, biz bunday  an’analarga sodiq  bo’lganmiz  va shunday bo’lib qolamiz.



 

III-IV.   O’tilgan darsni takrorlash va yangi mavzu bayoni

Aziz o’quvchilar,  yangi mavzuni  boshlaymiz.

Aytinglar-chi, botanika fani nimalarni o’gatadi? Darsimizni adabiyot faniga bog’lash maqsadida men sizlarga, Z. M. Boburning “Boburnoma”asarida o’simliklar va hayvonot olami tasvirlangan quyidagi parchani keltirmoqchiman.

Zahiriddin Muhammad Boburning Marg’ilon tasviridagi “Yaxshi qasaba voqe bo’lubtur? Pur ne’mat; anori va o’rugi asru ko’p xo’b bo’lur. Bir jins anor bo’lur, dona kalon” derlar, chuchukligida zardolu mayxushlig’idin andak choshni bor. Samnon anorlarig’a tarjeh qilsa bo’lur. Yana bir jins o’ruk bo’lurkim, donasini olib, ichiga mag’iz solib quruturlar, “subhoni” derlar, bisyor lazizdir” deya yozgan so’zlarida Marg’ilonning anori, zardolisi, o’rigi haqida hamda, uning maza ta’mi  haqida fikr yuritiladi.       Yuqoridagi keltirilgan parchadan ko’rinib turibdiki, o’simliklar olami nafaqat  ilmiy kitob va manbalarda, balki  badiiy adabiyotlarda ham keng  tasvirlanib boriladi.

Darsni boshlashdan avval sizlarga “Aqliy hujum” usuli orqali quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqchiman:

Botanika  darsligining  mualliflari kim?

O’.Pratov, A.To’xtayev, F.Azimova.

Brakalla.Aytinglar-chi, ushbu darslikni o’rganishdan maqsadimiz nima?

Biz bu darslikni o’rganishimizdan maqsadimiz,o’simliklarning paydo bo’lishini,hayotini tashqi va ichki tuzilishini, rivojlanishini yer yuzida tarqalishini, tabiat bilan bog’liqligini, ulardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilish usullarini o’rganishdir.

Barakalla, endi darsimizning asosiy qismiga o’tamiz.

Yangi mavzu va reja yoziladi (ekranda namoish qilinadi)

Mavzu: O’zbekiston Respublikasining qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar

                                

                                                         

R E J A:

1.Nima sababdan qizil kitob deb nomlanadi?

2.O’zbekiston Respublikasining qizil kitobi qachon va nima uchun ta’sis etilgan?

3.Kamyoblik darajasi bo’yicha Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar nechta guruhga bolinadi?

4.Qizil kitobda har bir tur uchun qanday ma’lumotlar berilgan?

 

Oquvchilar dosqadagi mavzu va rejani daftaringizga yozib olinglar.



Aziz o’quvchilar, ” Qizil kitob” deb atalishiga sabab nimada va unga qanday o’simliklar kiritiladi?

Qizil kitobga kiritilgan  har bir  o’simlik  uning xavf ostida turganligidan, dalolat beruvchi tashvishli signaldir.

Qizil kitobning mohiyati shundaki , u nobotot olamining kamyob,yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumotlar beruvchi hujjathamdir. Qizil kitobning vazifasi jamoatchilik va davlat ijroya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko’maklashishdan iborat.

Tabiatni, shu jumladan, uning ajralmas qismi o’simliklar dunyosini muhofaza qilish ayni zamonning  eng muhum muammolaridan biriga aylandi.

 Respublikamizda tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli, ayrim yo’qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida mahsus hukumat  qarorlari asosida 1979 yilda O’zbekiston Respublikasining “qizil kitob”i ta’sis etildi. Qizil kitobni tuzishda asosan  O’zRFA  “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariylardan va Rossiya FA “Botanika ”institutidagi gerbariylardan hamda shu institutlardan ilmiy manbalardan foydalanildi.Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi oily majlisi  1997- yil 26- dekabrda  o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish  to’g’risidagi qarorni tasdiqladi.Kamyob o’simliklarni asrab avaylash maqsadida hukumat qarorlari asosida O’zbekiston Respublikasining qizil kitobini nashr etish yo’lga qo’yildi.1984- yil nashr etilgan O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobiga”  163 tur o’simlik kiritilgan bo’lsa, uning 1998-yili chop etilgan 2 –nashriga 301 tur o’simlik kiritilgan shunday qilib, keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar  o’lkamiz  florasida  yana  138 o’simlik turini  Qizil kitobga kiritish mumkunligini ko’rsatdi.

Qizil kitobga kiritilgan turlar  Respublikada bir hilda tarqalmagan. Jumladan,  Qoraqolpag’iston Respublikasida -11, Andijon-4, Buxoro-24, Jizzax-21, Navoiy-13, Namangan-12, Samarqand-45, Surxondaryo-112, Sirdaryo-2, Toshkent-80, Farg’ona-28, Qashqadaryo-59ta turlar tarqalgan.

Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, kamyob turlarga boyligi jihatidan Surxondaryo (112), Toshkent(-80) Qashqadaryo-(59) viloyatlari oldingi o’rinda turadi.

Takidlash joizki,kamyob turlarning  aksariyati qismi  tog’li hududlarda tarqalgan.

Turlar boyligiga ko’ra burchoqdoshlar (60 tur),qoqio’tdoshlar (50 tur), Yalpizdoshlar(23 tur) oilalari alohida o’rinda turadi.

Bolalar sayohatni yahshi ko’rasizmi? Bugun men sizlarni hayolan sayohatga olib chiqaman.Sayohatga chiqish uchun transport  kerak  bo’ladi.  Men sizlarga  topishmoq aytaman,sizlar esa topishmoqning  javobini  topasizlar:

                   To’rtdir uning oyog’i

                   Temir mihli tuyog’i

                   Manzilga eltib qo’yar

                   Toshdan qattiq tuyog’i

                   Topishmoqning javobi qanotli ot. Qadimgi Yunonistonda qanotli ot ilhom ramzi hisoblangan. Qani bo’lmasa, ilhom otiga minib sayohatga chiqamiz,  sayohatimiz davomida turli voqea va hodisalarga duch kelishimiz mumkun. Bizga o’rgangan bilimlarimiz yordam beradi, muammolarni hal qilishda  yo’l   ochib beradi.

      O’quvchilar ball  to’plab  boradilar, sayohatimiz yakunida ko’p ball to’plagan guruh  g’olib sanaladi.

Hamma sayohatga tayyormi?

Qani bo’lmasa, ilhom otiga minamiz.  O’quvchilar biz qayerga kelib qoldik?

(ekranda tabiat  tasvirlangan   keng ko’kalamzor  o’rmon unda rang  barang  gullar, qushlarning  sho’h ovozlari mayin bir kuy taraladi)

O’quvchilar:  Ustoz biz o’rmonga kelib qoldik.

        O’rmon  deb qanday  joyni aytamiz? O’rmon  deb daraxt  va  butalar qalin o’sgan joyni                                                  aytamiz,   o’rmonda  turli  yovvoyi  hayvonlar yashaydi.

Sayohatimiz davomida  yo’limiz  o’rmon  oralab  o’tganligimiz  uchun  o’simliklarimizni  payhon qilmasligimiz  kerak.Zero, konstitutsiyamizning 50-moddasida har bir fuqoro atrof muhitga ehtiyotkorona bo’lishini esdan chiqarmasligimiz  kerak.                       

Sinf xonasiga bo’ri va tulki kirib keladi.

Hoy bolalar,  nima qilyapsizlar? Biz sizlarni yemoqchimiz.

 Abu Ali Ibn Sino guruhiga savollar beriladi.

O’quvchilar: Biz senga  nima qildik, bizni o’tkazib yubor.

Tulki: Avval bizning savollarimizga javob beringlar.



Bo’ri: Hoy o’quvchilar, men ovqat yeyman, dam olaman mening organizimim nimalardan tashkil topgan?

O’quvchilar:  Bo’rivoy sizning ham, bizning ham, o’simliklarning ham organizmi  hujayralardan tashkil topgan. Hujayralarni oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi, ularni faqat   mikroskop ostida kuzatish mumkin.

Hujayra ko’rinishini 1665-yilda Robert Guk aniqlagan.

Tulki:  Hujayralar shunaqa ko’pmi?

O’quvchilar:  Odam organizmida 100 milliarddan ortiq hujayralar bo’lib, ular 3 qismdan tashkil topgan.

1.Membrana 2. Sitoplazma 3.Yadro

     Abu Rayxon Beruniy gurihiga savollar:



Bo’ri:To’qay  deganda nimani tushinasizlar?

O’quvchi: To’qay deb, daryo bo’ylaridagi sernam yerlarda joylashgan turli daraxt, buta va o’tlardan tashkil topgan chakalakzorlar tushiniladi.



Tulki:To’qayda qanday o’simliklar o’sadi?

O’quvchilar: To’qaylarda xilma-xil o’simliklar o’sadi, keng tarqalgan nam sevar o’tlardan qamish,ro’vak, shirinmiya, qo’g’a, yantoq,daraxt va butalardan esa turong’il, yulg’un,tol,jiydakabi o’simliklar o’sadi.

Abu Nasr Al-Farobiy guruhiga savollar.

Bo’ri:Foydali o’simliklar nima uchun kamayib ketmoqda?

O’quvchi:  Chorva mollarini beto’xtov boqish natijasida  foydali o’simliklar kamayib ketmoqda.



Tulki:Ekologik omil nima? Va necha turga bo’linadi?

O’quvchi: Tashqi muhitning o’simlik hayot faoliyatiga  ta’sir etuvchi ayrim tqrkibiy qismlarga ekologik omil deyiladi, va u abiotik va biotik guruhlarga ajratiladi.



Bo’ri: O’zbekistonda bug’doydoshlarga mansub qancha o’simliklar o’sadi?

O’quvchilar: O’bekistonda bug’doydoshlarga mansub 91-turkum 271  tur o’simlik o’sadi.



Tulki:Bug’doydoshlarning ildiz tizimi qanday?

O’quvchilar: Bug’doydoshlarning ildiz tizimi qo’shimcha ildizlar yig’indisidan tashkil topgan popuk ildiz tizmli.

O’qituvchi: Bo’rivoy,Tulkivoy endi bizlarni o’tkazib yuborasizlarmi?

Tulki: Yo’q bizlarni yana bir shartimiz bor.

Bo’ri:  Biz sizlardan O’zbekiston hududida o’sayotgan har bir turni, asrab, avaylashga  va  ularni kelgusi avlodlarga in’om etishga bebaho o’simliklarni muhofaza qilishingizni iltimos qilamiz.

Tulki: O’quvchilar, bizning  savollarimizga javob bera oldingiz, endi sizlarni o’rmondan o’tkazib qo’yamiz.

Bolalar, sayohatni davom ettiramiz, bolalar biz qayerga kelib qoldik?

O’quvchilar  ustoz biz gulzorga kelib qoldik.

O’qituvchi:Gulzor deb qanday joyni aytamiz? Chaman ochilgan joylar gulzor deyiladi.Gullar atrofni chiroyli qilib turadi shuning uchun gullar ekamiz. Tugilgan kun va bayramlaga sovga qilamiz.Gullar va o’simliklar havodagi zaharli gaz bo’lmish  CO2 yutib  O2  ishlab chiqaradi biz kislorod bilan nafas olamiz,sog’lom hayot kechiramiz.  



 V.   Darsnining mustahkamlash qismi.

Sinfga kapalak uchib keladi. (ekranda gulzor va kapaaklar aks etadi)

O’quvchi :hoy, kapalak, bu qanday gullar, bu gullar sehrli gullar, undagi savollarga javob bersangizgina u sizlarga yo’l ko’rsatadi.

Kapalak:“Qizil  kitob”nima, unga qanday o’simliklar kiritiladi?

Qizil kitobning mohiyati shundaki , u nobotot olamining kamyob,yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumotlar beruvchi hujjatdir Qizil kitobga kiritilgan  har bir  o’simlik  uning xavf ostida turganligidan, dalolat beruvchi tashvishli signaldir.



2-savol:O’zbekiston Respublikasining qizil kitobi nechanchi yili ta’sis etild?.

O’zbekiston Respublikasining qizil kitobi 1979-yilda ta’sis etildi.



3-savol: 1984-1998 yillari nashr etilgan O’zbekiston Respublikasining qizil kitobiga qancha   tur o’simlik kiritilgan?

1984-yili nashr etilgan O’zbekiston Respublikasining qizil kitobiga  163  tur o’simlik  kiritilgan bo’lib, 1998-yili chop etilgan ikkinchi nashriga 301 tur o’simlik kiritilgan.



4-savol: Qizil kitobga kiritilgan turlar Respublikada bir xilda tarqalganmi?

Qizil kitobga kiritilgan turlar Respublikada turli  xil tarqalgan.

Masalan:  Qoraqolpag’iston Respublikasida -11, Andijon-4, Buxoro-24, Jizzax-21, Navoiy-13, Namangan-12, Samarqand-45, Surxondaryo-112, Sirdaryo-2,Toshkent-80,Farg’ona-28,Qashqadaryo-59 turlar tarqalgan.

5-savol:  Turlarga boy bo’lagan qaysi oilalarni bilasizlar?

Turlarga , boyligiga  ko’ra burchoqdoshlar (60 tur),qoqio’tdoshlar (50 tur), Yalpizdoshlar(23 tur) oilalari alohida o’rinda turadi.

Kapalak:  O’quvchilar sehrli gullarning savollariga javob berdingiz.Endi sizlarni gulzordan o’tkazib qo’yamiz.Sizlarga yo’l ko’rsatamiz.

O’quvchilar:  ko’p raxmat,   kapalak.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar,  sayohat davomida sizlarni zerikmasliklaringiz uchun men sizlarga internet saytlaridan olingan yangiliklar bilan tanishtirmoqchiman.

O’zbekistonning birinchi qizil kitobi 1983 yilda nashr qilingan bo’lib unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan ekan.Yangi qizil kitob 2003 yilda birinchi bor davlat tilida yozilgan bo’lib, ikkinchi to’mida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi,sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 tur,halqasimon chuvalchanglarning 3 turi va bo’g’imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.

O’qituvchi:Bilimdon,zukko,tabiat sevarlar, mana sayohat darsimiz ham poyoniga yetib bormoqda.Darsimiz so’ngida sayohatimizni maroqli va mazmunli o’tishida o’rmonlarda yirtqich hayvonlar savollariga to’g’ri javob berib, yo’llarni ochib bergan,gulzorlarda chiroyli sayir qilishimizda kapalaklar savollariga javob bergan faol o’quvchilarimiz ballanadi.

Uyga vazifa: “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simliklar haqida yangi ma’lumotlar to’plash va ularni rasmlarini chizib kelish.  

XXasrningikkinchiyarmidainsono‘zxo'jalikfaoliyatinifaollashtirib, yovvoyihayvonlarningko‘pturlarinio‘zlariyashabyurganjoylaridansiqibchiqardi. Uzoq o’tmishda Amudaryo va Sirdaryo sohillaridagi to‘qayzorlar hukmdori boigan turon yoibarsi butunlay yo'qolib ketdi. Ovchilar sahroning go‘zal yovvoyi mushugi-silovsin, shuningdek, qizil bo‘ri hamda yirik qush hisoblangan tuvaloqni qirib bitirdilar. Yoi-yoi sirtlon, tog‘ echkisi va buxoro kiyiklari yo‘qolib ketish arafasidadir.

 O‘zbekiston Qizil kitobiga, afsuski Tyanshan ayigi, oq qoplon, Turkiston silovsini, jayron, burgut, echkiemar va Markaziy Osiyo ko‘zoynakli iloni kiritilgan. Yaqin kunlarda ham togiarda sayohatchilar ularga duch kelar edi.

 Qizil kitob sahifalariga Greyg va Lemann lolalari, yovvoyi uzum va chinor daraxtlari kiritilgan.

 Inson yordamisiz ushbu o‘simlik hamda jonivorlar o’z jonlarini saqlab qololmaydi.Shuning uchun maxsus qo‘riqxonalar zarur.Har bir kishi qurt-qumursqa yoki hayvonni oidirishdan, yovvoyi gulni uzishdan oldin tabiatga yetkazayotgan zarari haqida yaxshilab o‘ylab ko'rishi kerak.



O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga 184 ta hayvonot dunyosi olamida yashovchi hayvonot turlari hamda  305 ta o‘simlik turlari kiritilganligi, flora va fauna tarkibi, mintaqalar bo‘yicha tarqalishi, Farg‘ona vodiysi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

«O`zbekiston Qizil kitobi»ga kirgan hayvonlar: sutzmizuvchilardan katta shomshapalak, shalpangquloq ko`rshapalak, ko`k sug`ur, katta qo`shoyoq, qo`ng`ir ayiq, olako`zan, hind asalxo`ri, Turkiston kunduzi, sirtlon, silovsin, qoraquloq, malin, qoplon, irbis, gepard, xongul, jayron, marhur, Ustyurt qo`yi (arkal), Qizilqum yovvoyi qo`yi, Buxoro qo`yi, arxar; qushlardan ba`zilari — birqozon, oq va qora laylak, qizil, g`oz, oqbosh va marmar o`rdak, uzun va oq dumli burgut, qirg`iy burgut, cho`l burguti, burgut, boltayutar, qumay, lochin, itolg`i, oq turna, tuvaloq, kum chumchug`i va boshq; sudralib yuruvchilardan — xentog qurbaqaboshi, Shtraux qurbaqaboshi, echkemar, chipor kaltakesak, kapcha ilon (Turkiston kobrasi); baliqlardan—bahri baliq (bak), qilquyruq (katta kurakburun baliq), kichik kurakburun, Sirdaryo kurakburun balig`i, mo`ylov baliq (so`g`yon).ra
Download 35.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling