Kapalak bilan asalari
Download 23.23 Kb.
|
1-sinf alifbe P harfi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Dars turi
- Darsni tashkil etish
1-sinf Alifbe Sana______________ Mavzu: P tovushi va Pp harflari O’quv materiali: “Kapalak bilan asalari” matni Darsning maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarni P tovushi va Pp harflari bilan tanishtirish. O’quvchilarni p tovushini so’z tarkibida to’g’ri talaffuz qilishga, p harfli bo’g’in, so’zlarni o’qishga o’rgatish. Tarbiyaviy: tabiatdagi hashorotlarning foydali tomonlarini aytish, ularga zarar yetkazmaslikka da’vat etish, mehnatsevarlik fazilatini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini o’stirish. Lug’atni pilla, poyga, posbon so’zlari bilan boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish. Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi. Dars metodi: analitik-sintetik tovush metodi, suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazmalilik. “Charxpalak” ta’lim texnologiyasi, “So’z top” didaktik o’yini. Dars jihozi: texnik vositalar, kesma harflar, P harfiga oid rasmlar, texnologiya uchun rasmli tarqatma materiallar. Dars shiori: Oldin o’yla keyin so’yla. Darsning borishi: Darsni tashkil etish: O’quvchilarni darsga hozirlash. Dars shiori ustida ishlash. O’quvchilarga darsda to’g’ri o’tirish qoidasini eslatish. O’tilgan mavzularni takrorlash: “ Charxpalak” texnologiyasi. Ushbu jarayon bir necha bosqichdan iborat. 1-b. Sinf o’quvchilarini to’rtlik guruhlariga ajratish. Har bir guruh uchun harf yozilgan A3 formatidagi qog’oz va kesma bo’g’inlar berish. 2-b. O’quvchilarni berilgan harf bilan boshlanadigan so’zlarni bo’g’inlar yordamida hosil qilib yopishtiradilar. Bir guruh so’zni hosil qilib, ikkinchi guruhga beradi, u guruh esa 3-guruhga uzatadi. Ish shu tarzda charxpalak kabi davom ettiriladi. 3-b. Taqdimot qilinadi: har bir guruh o’z tarqatmalaridagi so’zlarni o’qib beradilar va birgalikda tekshiriladi.
Download 23.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling