Kapalaklar haqida qiziqarli maʼlumotlar


Download 0.86 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#251106
Bog'liq
Kapalaklar haqida qiziqarli maʼlumotlar


Kapalaklar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kapalaklar juda nozik qanotlarga ega hayvondir



Ularning qanotlari shunchalik nozik va shaffofki, hatto ular orqali narigi tomonni ko‘rish mumkin. Lekin bu qanotlar bir necha qatlamlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning tur xil joylashishi qanotlarga turli xil naqshli bo‘lishiga asos bo‘ladi.

Kapalaklarning ta’mni oyoqlari orqali sezadi

Kapalaklarning ta’m bilish retseptorlari ularning orqa oyoqlarida joylashgan bo‘ladi. Ularga mos keladigan oziq-ovqat topishlari uchun ularning bu tana a’zosi ular uchun juda muhim hisoblanadi.

Kapalaklar asosan loyli ko‘lmaklardan suv ichishni afzal ko‘rishadi

Kapalaklar faqatgina shiraxo‘r jonzot emas, balki ular bir qancha minerallarga ham muhtojdir. Shuning uchun ham kapalaklar loyli joylardan suv ichish orqali o‘zlariga kerakli bo‘lgan moddalarni oladi. Deyarli hamma erkak kapalaklar loyli ko‘lmaklarga boradi, chunki bu ularning nasl qoldirishlari uchun ahamiyatlidir.

Kapalaklar sovuq havoda ucha olishmaydi


Agarda havo sovuq bo‘lsa ularning harakati ancha susayadi. Chunki ular sovuqqon jonzot bo‘lgani uchun tana haroratini boshqara olishmaydi. Havo sovuq paytda ular quyoshda toblanib isinishadi.


KAPALAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…


1. Kapalakning sof vazni ikki dona atirgul yaproqchasi vazniga teng.

2. Kapalak gullarni va o'simliklarni changlashda asalaridan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi.

3. Dunyoda kapalaklarning 165 ta turi mavjud.

4. Kapalak soatiga 60 kilometr tezlikda uchadi.

5. Ular stressdan xalos etishda ajoyib tabib hisoblanishadi. Stokgolmda shunday klinika mavjudki, bu yerda bemorlar kapalak yordamida stressdan xalos bo'lish kurslarini o'tashadi.

6. Antarktidada umuman kapalaklar yo'q.

7. Kapalaklar orasida vahshiylari ham yo'q emas. Ular «Calyptra eustrigata» kapalaklari deb yuritiladi. Bu kapalaklar hayvonlar qonini o'zining o'tkir nishlari yordamida so'radi. Lekin bu kapalaklarning erkagigina shunday oziqlanadi. Urg'ochilari o'simliklar va mevalar bilan oziqlanishni ma'qul ko'radi.

8. Kapalaklar orasida o'zidan zahar tarqatuvchi o'simliklarni yeb kun ko'radiganlari ham bor. Ular «Danaus cbrysippus» deb nomlangan. Agar qaysidir qush kelib bu kapalakni yesa, tanasiga o'rnashib qolgan zahardan til tortmay o'ladi. Tasodif bo'lib o'lmay qolgan taqdirda ham hayotda qaytib kapalak yemaydigan bo'ladi.

9. Kapalaklar ishtaha masalasida sira shikoyat qilmasa bo'ladi. Chunki ular o'z vazni va hajmidan ikki hissa ortiq yemishni tanovul qila oladi.

10. Shunday kapalaklar borki, og'zi yo'qligi sababli ovqat yemaydi. Ular hali qurtlik paytida olingan quvvat hisobiga umr ko'radi.

11. Tropik o'rmonlarda yashovchi ayrim kapalaklar faqat hayvonlarning ko'z yoshi bilan oziqlanadi.

12. Kapalaklar ovqat ta'mini oyoqlari yordamida aniqlaydi.

13. «Qizil admiral» deb nomlangan kapalaklar esa go'ng hamda sasigan mevalar bilan oziqlanadi.

14. Kapalakning yuragi ham, qon tomirlari ham bo'lmaydi. Bu vazifalarni tanasi bo'ylab bosh tomonga yo'nalgan bitta yo'g'on tomir ado etadi.





Mavzu: Kapalaklar haqida qiziqarli maʼlumotlar



Bajardi: Norqobilova Sh
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling