Kapillyar hodisalar


Download 70.99 Kb.
bet2/2
Sana12.01.2023
Hajmi70.99 Kb.
#1089892
1   2
Bog'liq
Kapillyar hodisalar

Aeroionoterapiya (aero... va yun. ion – keluvchi, terapiya) – havo ionlari bilan davolash usuli. Bunda maxsus asboblar – aeroionizatorlar ishlatiladi; ular yordamida havoda koʻplab aeroionlar hosil qilinadi. Aeroionlar nafas yoʻllari va oʻpka alveolalaridagi oʻz konsentratsiyasi va zaryadiga qarab, oʻpka interoreseptorlari – sezuv nervi uchlarining qoʻzgʻaluvchanligini oʻzgartiradi. Bu yerda hosil boʻlgan impulslar bosh miya markazlariga boradi, soʻngra a’zolarga tegishli signallar yetib keladi. Aeroionlar oʻpka alveolalari devoridan qonga oʻtib, oʻz zaryadini qon oqsillari va hujayra elementlariga beradi. Natijada qon va boshqa suyuqliklarda (mas, orqa miya suyuqligʻida) elektr zaryadlarining miqdori oʻzgaradi, bu hol markaziy va vegetativ nerv sistemasining faoliyatiga, pirovardida, organizm faoliyatiga foydali ta’sir etadi. Aeroionoterapiya ta’sirida toʻqimalarda moddalar almashinuvi va oksidlanish qaytarilish jarayonlari tezlashadi, kislorod bilan ta’minlash kuchayadi. Aeroionoterapiya odatda boshqa davo tadbirlari bilan birga qoʻllaniladi. Aeroionoterapiyadan bronxiol astma, gipertoniya, uzoq vaqtgacha bitmaydigan yarachaqalarni va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Aeroionoterapiya umumiy tarzda qoʻllanilishi yoki havo oqimi faqat jarohat, yaraga yoʻnaltirilishi mumkin. Aeroionoterapiyaning bir qadar mukammal usuli–gidroaeroionoterapiya Toshkentdagi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida keng qoʻllaniladi.[1]
Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining epidemiologik ma`lumotlariga ko`ra, dunyo aholisining 50 foizi allergik kasalliklar bilan og`riydi. Ammo raqamlar bundan ham katta bo`lishi mumkin...Hammaga ma`lumki, immun tizimi bizni yot ta`sirlardan himoya qiladi. Aslida organizmda himoya oqsillari — immunoglobulinlar ishlab chiqiladi. Allergik kasalliklarda bevosita ishtirok etadigan immunoglobulin E odatda me`yorida ishlab chiqiladi.
Insonlarda tashqi ta`sirlar (daraxt gullari changi, uy changi, maishiy kimyo, hayvonlar juni, o`simliklar changi, o`simlik oqsillari, zamburug`lar)ga nisbatan qonda immunoglobulin E oshib ketadi. Bu himoyaviy xarakterga ega, ya`ni immunoglobulin E qonimizga tushgan “begona”ni yo`q qiladi. Ko`pchilik kishilarda bu holat hech qanday belgilarsiz o`tib ketadi.
Ba`zi kishilarda immunoglobulin E miqdorining oshib ketishi qonimizdagi gistamin va gistaminsimon moddalar me`yoridan ziyod bo`lishiga va allergik reaksiyaning yuzaga chiqishiga sababchi bo`ladi.Kuzatishlarga ko`ra, allergiyaning ko`payib ketishiga asosan ekologiyaning buzilishi, atmosferamizga ko`p miqdorda zaharli gazlarning chiqarilishi, organizmimiz unchalik moslashmagan har xil biologik qo`shimchalarning ko`p miqdorda ishlatilishi, sintetik preparatlarning doimiy qo`llanilishi singari holatlar sababchi bo`lmoqda
Allergiya rivojlanish ehtimollari sirasida irsiy moyillik asosiy rol o‘ynaydi. Ota-onadan biri allergiya bilan og‘risa bolada allergiya rivojlanishi 30-40, ham ota, ham onada allergiya bo‘lsa, bolada kasallik rivojlanishi ehtimoli 70-75% ga qadar ortadi.
Bolalarda allergiya rivojlanish ehtimollari
Allergiyaning kelib chiqish sabablaridan yana biri chaqaloq va yosh bolalarga antibiotik dorilarni pala-partish qo`llashdir. Hatto bunday vaqtda bolada bronxial astma kelib chiqishi kuzatiladi.
Eyiladigan ovqatimiz ham allergiyaning kelib chiqishiga sababchi bo`layotganligini ko`rsatib o`tishimiz lozim. Yuz yil oldingiga qaraganda eyiladigan ovqat tarkibi o`zgardi. Kerakli moddalar miqdori ikki marta qisqargan bo`lsa, kaloriya miqdori oshdi. Harakatchanlik esa kamaydi. Bu narsa semirishga olib kelmoqda. Natijada har xil kasalliklar soni ham oshib bormoqda.
Rivojlanish sabablari
Immun tizimi allergen (yot begona narsa) bilan uzviy aloqada bo`lganda uning xususiyatlarini xotirasida saqlab qoladi. Keyin o`sha allergen bilan qayta uchrashganda esa uni “tanib” qarshi hujumga o`tadi. Ushbu jarayon sensibilizasiya jarayoni deyiladi. Bu turli kishilarda turlicha kechadi va bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Har bir kishi allergiyaning turlari haqida qisqacha ma`lumotga ega bo`lishi kerak.
Download 70.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling