Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi. Reja


Nizom kapitali (fondi), uni tashkil qilish, o‘zgarishini hisobga olish, ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish


Download 104.5 Kb.
bet2/10
Sana13.02.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1194080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi.

2. Nizom kapitali (fondi), uni tashkil qilish, o‘zgarishini hisobga olish, ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish

Nizom kapitali o‘zida xo‘jalik sub’ektini tashkil qilish vaqtida uning ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ta’sischilarning ulushlari yig‘indisini ifodalaydi.


Har bir xo‘jalik sub’ekti o‘zining moliyaviy resurslarini tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Bu mablag‘larning manbai esa foyda, amortizatsiya ajratmasi, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, aksiya egalarining badallari va ta’sischilarning ulushlari, Ktlar, ajratilgan grantlar, maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va Shunga o‘xshash yo‘nalishdagi mablag‘lardir.
Sub’ektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki ta’sis hujjatlari asosida yaratilgan jamg‘armalar va zaxiralar qo‘shilgan holda, ularning harakati va holati o‘rganiladi va nazorat qilinadi.
Xususiy kapital xo‘jalik sub’ektining aktivi va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassamlashtiradi. Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Xususiy kapital uch qismdan tashkil topadi:

  1. Nizom kapitali;

  2. Qo‘shilgan kapital;

  3. Rezerv kapitali.

Korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantirishi talab etiladi. Bunday resurslar, odatda, xo‘jalik sub’ektlari ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini Nizom kapitaliga ulush sifatida qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Ushbu moliyaviy resurslarning asosiy manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, aksiya va obligatsiyalarni sotishdan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari hisoblanadi.
Tashkil etilayotgan xo‘jalik sub’ektining Nizom kapitali uning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kiritilgan mablag‘lar hisobiga jamlanadi. U muassislarning umumiy mol-mulki va ayni vaqtdagi yuridik shaxs sifatida sub’ektning mol-mulki ham hisoblanadi. Demak, bu Nizom kapitali bir tomondan korxona o‘z mablag‘lari manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, har bir muassisning mol-mulkidir.
Nizom kapitalining shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda korxona va tashkilotlarning tashkiliy - huquqiy shakllariga muvofiq ta’sis hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Mulkchilikning turli shakllardagi korxonalarda Nizom kapitalining miqdori quyidagicha belgilanadi:

  • aksiyadorlik jamiyatlarida-Nizom kapitali nominali bo‘yicha aksiyalar jami qiymatiga muvofiq;

  • mulkka jamoa egaligi bo‘lgan korxonalarda-barcha xodimlar ulushlari summasiga muvofiq;

  • davlat korxonalarida-Nizom kapitali davlat xo‘jaligini amalga oshirish uchun korxonaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulk summasiga muvofiq;

  • mas’uliyati cheklangan jamiyat(shirkat)larda - ta’sis xujjatlariga binoan mulkka egalik hissalari summasiga muvofiq;

  • davlatga qarashli korxonalarda - Nizom fondi miqdori uning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan biriktirilgan mol-mulk summasiga muvofiq keladi. Bu miqdor ta’sis hujjatlarida korxonani tashkil qilish va uning balansiga mol-mulkni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda qayd etilgan miqdorga mos kelishi kerak.

Shirkatlarda ushbu jarayonlarni hisobga olish xususiy korxonalardagi hisobga o‘xshash bo‘lib, farqli tomoni Shundan iboratki, shirkatlarda har bir sherik bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.

Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling