Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi. Reja
Download 104.5 Kb.
|
Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi.
8310-Oddiy aksiyalar schyoti davlat ixtyoridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning Nizom fondini hamda aksiyadorlik va shirkat jamiyatlarining Nizom kapitalini hisobga olish uchun xizmat qiladi.
8320-Imtiyozli aksiyalar schyotida imtiyozli aksiyalar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining miqdori hisobga olinadi. 8330-Pay va ulushlar schyotida aksiyadorlik shaklidan tashqari, boshqa mulkchilik turlarida tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning Nizom kapitali shakllanishi hisobga olinadi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin uning Nizom kapitali emissiya prospektida 200,0 mln. so‘m miqdorida ro‘yxatga olindi: bunda 8310-Oddiy aksiyalar schyotining Kti va 4610-Nizom kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari schyotining Dtida aks ettiriladi. Korxonaning aksiyadorlik kapitali hisobida ro‘yxatdan o‘tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan), chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasi bo‘yicha alohida tahliliy hisob-varaq yuritish talab qilinadi. Xo‘jalik sub’ektining iqtisodiy faoliyati davomida unda Nizom kapitalini oshirish yoki kamaytirish zaruriyati paydo bo‘lishi mumkin. Bunda muassislar qarori bilangina Nizom kapitalini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi va matbuotda uning o‘zgarishi haqida e’lon beriladi hamda ta’sis xujjatlari qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Nizom kapitalining oshirilishi ta’sischilarning qo‘shimcha qo‘yilmalari hisobiga yoki taqsimlanmagan foydadan ajratma qilish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Masalan: xo‘jalik sub’ekti Nizom kapitalini taqsimlanmagan foyda hisobidan 500000 so‘mga oshirishga qaror qildi. Bu buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi: 8710-Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) schyotining Dti va 8330-Pay va ulushlar (Yuqoridagi taklif bo‘yicha 8330 yoki 8340 schyot) schyotining Kti Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling