Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi. Reja


Qo‘shilgan kapital hisobi


Download 104.5 Kb.
bet9/10
Sana13.02.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1194080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi.

3. Qo‘shilgan kapital hisobi

Qo‘shilgan kapital oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalar nominal qiymatidan oshiqcha summalar, bundan tashqari, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig‘indisidan tashkil topadi.


Qo‘shilgan kapital, aksiyalarning nominal qiymatidan oshiqcha bahosi bo‘yicha birinchi sotuvdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Bundan tashqari, qo‘shilgan kapitalning tarkibida Nizom kapitaliga qo‘yilgan omonatlarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlarning summasi ham hisobga olinadi.
Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagicha:
8410 – «Emissiya daromadlari»
8420 – «Nizom kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.
8410 – «Emissiya daromadlari» schyoti aksiyalarining nominal qiymatidan Yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Kelib tushgan summalar 8410 – «Emissiya daromadlari» schyotining Kti bo‘yicha hisobga olinadi, xususiy aksiyalarni sotib olishda va sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning Dti bo‘yicha hisobga olinadi.
8420 –«Nizom kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti Nizom kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo‘ladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Valyuta va valyuta qiymatliklari hisobiga Nizom kapitalini shakllantirish vaqtida Nizom kapitaliga badal to‘lash vaqtida amal qilingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi.
Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va boshqa mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ta’sis hujjatlaridagi baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo‘lgan bu kursdagi farqlar 8420 –«Nizom kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy farqlar, mulklar, valyuta va valyuta qiymatliklari schyotlarining Dti bo‘yicha va 8420 –«Nizom kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti Kti bo‘yicha, salbiy farqlar esa teskari tartibda buxgalteriya provodkalari bo‘yicha aks ettiriladi. Baholardagi va kursdagi baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan Nizom kapitalidagi ta’sischilar ulushining o‘zgarmasligiga imkon beradi.
Nizom kapitalini shakllantirishda hosil bo‘lgan kursdagi farqlarning tahliliy hisobi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiya egalari bilan hisoblashishdan tashqari, har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar o‘zgarmasdan qolishi lozim bo‘lgan Nizom kapitalidan farqli o‘laroq qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida to‘ldirilishi mumkin:

  • emission daromadni Yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan Yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishi holatida;

  • kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Nizom kapitalini shakllantirish chog‘ida;

  • emission daromad Yuqorida ko‘rib o‘tilgandek‚ aksiyalar sotilish bahosi va nominal qiymatii o‘rtasidagi tafovutni hisobga olingan hamda faqatgina birlamchi emissiya chog‘ida aks ettiriladi.

Misol. 1000 so‘mlik nominal qiymati bo‘lgan aksiyalar 1200 so‘mdan sotilgan‚ quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
5110‚ 5010 – pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari Dti – 1200.
4610 – «Nizom kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzi» hisobvarag‘i Kti – 1000.

  1. – «Emission daromad» hisobvarag‘i Kti – 200.




Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling