Kapital infestitsiya va uning turlari


Jahon tajribasida kichik biznesni qo'llab quvvatlash va inavatsiya faoliyatini rivijlantirish


Download 35.1 Kb.
bet5/6
Sana19.07.2023
Hajmi35.1 Kb.
#1661041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KAPITAL INFESTITSIYA VA UNING TURLARI

7. Jahon tajribasida kichik biznesni qo'llab quvvatlash va inavatsiya faoliyatini rivijlantirish

Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni, uning innovatsion faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirishga alohida ahamiyat berilgan. Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va unga keng yo’l ochib berish aholi bandligini samarali ta’minlash va bu orqali aholi farovonligini oshirishning muhim omili sifatida e’tirof etiladi.

Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning mukammal va puxta ishlab chiqilgan tizimi mavjud bo’lib, bu tizim iqtisodiyotning globallashuvi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta’minlaydi. Bu holat esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmining to’la darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.

Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manbalardan hisoblansada, biroq innovatsion faoliyatni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajadagi o’rinni egallaydi. Uning ulushi ko’pchilik rivojlangan davlatlarda xususiy sektorga nisbatan 1.3-2.5 marta kam.

Jahon tajribasida kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va uning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, bu rivojlangan mamlakatlarda turlichadir (2-jadval).

Ko’pgina mamlakatlarda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish hamda muvofiqlashtirish yetarli resurs imkoniyatlariga va boshqaruv vakolatiga ega bo’lgan maxsus davlat organlari zimmasiga yuklatilgan.

Jahonning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida Kongress tomonidan “Kichik biznes ma’muriyati” deb nomlangan maxsus tashkilot tuzilgan bo’lib, u xu­susiy sektorga ko’maklashish, uni moliyalash hamda kreditlash, innovatsion faoliyatini rag’batlantirish ishlarini samarali yo’lga qo’ygan. Kichik biznes ma’muriyatining 90 dan ziyod mintaqaviy va hududiy bo’limlari tuzilgan bo’lib, ular joylarda xususiy sektor subyektlari oldida tug’iladigan har qanday muammolarni kechiktirmay hal etishni asosiy maqsad qilib olgan. Kichik biznes va tadbirkorlikka oid birinchi qonun 1953-yilda qabul qilingan va undan so’ng esa ko’plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ushbu qonunlarning bajarilishini shu ma’muriyat qoshida tuzilgan Advokatura qattiq nazorat qilib boradi. Bu Advokatura ma’muriyat kabi yuqori maqomga ega hisoblanadi. Uning rahbari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va faqat Prezident hamda Kongressga hisobot beradi. Advokatura vakillari Kongress yig’ilishida biznes va tadbirkorlik manfaatlarini himoya qiladilar hamda xususiy sektorga ma’muriy bosim ko’rsatish holatlarini bartaraf etadilar. Qonunlarga davlat idoralari ham, kichik biznes va tadbirkorlik vakillari ham birdek amal qiladilar. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar vakillarining fikricha, tadbirkorlar oldida vujudga keladigan muammo pulning yetishmasligidan emas, balki aksar hollarda bilimning yetishmasligidan kelib chiqadi. Shu sababdan ham joylarda tadbirkorlar uchun bepul kutubxonalar va maslahatxonalar tashkil etilgan. AQSh da innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bilan Kichik biznes ma’muriyatidan tashqari yana boshqa tashkilotlar ham shug’ullanadi. Milliy ilmiy fond, NASA, universitetlar hamda tarmoq vazirliklari shular jumlasidandir.

AQShda davlat venchur firmalar va tadqiqot markazlarini tashkil etishni rag’batlantirib boradi. Milliy ilmiy fond tashabbusi bilan AQShda eng samarali tadqiqotlar markazi hamda venchur firmalar birinchi 5 yilida to’la yoki qisman federal byudjetdan moliyalashtirilishi mumkin.

Milliy ilmiy fondning ma’lumotlariga asosan, hozirgi davrda ilmiy-texnik taraqqiyotda kichik biznes va tadbirkorlik ilmiy tekshirish ishlarining o’rni tobora kuchayib bormoqda.

Boshqa texnologik rivojlangan mamlakatlar kabi AQShda ham venchur firmalar, “spin-off” firmalar (oliy o’quv yurtlari, mustaqil institutlari, davlat tadqiqot markazlari, yirik korporatsiyalarning maxsus labaratoriyalaridan ajralib chiqqan firmalar) hamda investitsion firmalar faoliyat ko’rsatib bormoqda. Davlat faol ravishda “spin-off” firmalarni yirik notijorat ilmiy markazlar,



universitetlar tomonidan subsiyidalashtirilib bormoqda. Bundan tashqari “spin-off” firmalari orqali ilmiy yutuqlarni tarqatish maqsadida, mamlakatda milliy ilmiy fond tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator innovatsion fondlar faoliyat


Download 35.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling