Kapital qo’yilmalar va kapital bozori


Download 13.75 Kb.
bet3/6
Sana14.05.2023
Hajmi13.75 Kb.
#1459982
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kapital qo’yilmalar va kapital bozori

1. Investitsiya siyosatini tanlash. Bu bosqich investorning maqsadi va investitsiya qilinadigan mablag'larning hajmini aniqlashni o'z ichida oladi. Investitsiya maqsadlari daromad olish bilan birga tavakkalchilikni ham hisobga olib aniqlaniahi zarur. Investitsiya jarayonining bu bosqichi asosiy portfelga kiritish uchun moliyaviy aktivlarning potential xillarini tanlab olish bilan tugallanadi. Tanlashda investitsiyaning maqsadi, investitsiya qilinayotgan mablag'larning hajmi, soliq to'lovchi sifatida investorlarning maqomini va boshqa fikr-mulohazalarini hisobga oladi.

2. Qimmatli qog'ozlar bozorining tahlili. Bu sohadagi ishlar qimmatli qog'ozlarning asosiy kategoriyasi ichida uning alohida xillarini o'rganishdan iborat. Bunday tahlilning maqsadlaridanbiri hozirgi vaqtda noto'g'ri baholanib qolgan qimmatli qog'ozlarni aniqlashdir. Qimmatli qog'ozlar tahliliga yondoshishning ko'plab usullari bor. Lekin ularning ko'pi quyidagi 2 xil usulga tegishli bo'ladi:

Tehnik tahlil o'tkazish.

Texnik tahlilda aksiya bozoridagi aksiya kursiga bo'lgan talab o'rganiladi. Bundan maqsad – aniq bir firmaning aksiya kursi sur'atini bashorat qilishdir.

Fundamental tahlil.

Fundamental tahlil har qanday moliyaviy aktivning haqiqiy qiymatiga asoslanib ish yuritadi.

3. Qimmatli qog'ozlar portfelini shakllantirish. Qimmatli qog'ozlar portfelini shakllantirish mablag'larni kiritish uchun anniq aktivlarni aniqlash va aktivlar o'etasida investitsiya qilinadigan kapitalni taqsimlash.

4. Portfel ma'lumotlarini qayta ko'tarish. Ma'lum vaqtdan so'ng investitsiya maqsadlari o'zgarib turadi. Natijada to'plangan ma'lumotlar optimal darajada bo'lmay qoladi. Shuning uchun to'rtinchi bosqichda portfel ma'lumotlari qayta ko'riladi.

5. Investorning har doim duch keladigan daromad va xo'jalik tavakkalchiligi to'g'risidagi ma'lumotlar samaradorligini baholab borish. Bunda, albatta, taqqoslash mumkin bo'lgan namunalar, standartlar, daromad va tavakkalchilik ko'rsatkichlari ishlatiladi. Bunday qarorlarning ko'plari hozirgi davrdagi xarajatlar va kelasi davrdagi foydani tahlil qilishdan iborat. Firma o'z xarajatlarini qoplay olafimi yo'qmi, ko'pincha kapital mablag'lari hisobiga qilinadigan foydani oldindan etish qiyin. Amalda ular tutilgandan ko'p yoki kam bo'lib qilishni mumkin. Bu yerda vaqt omili muhim ahamiyatga ega. Masalan, ko'mir, temir rudasi va boshqalarni qazib chiqarish yoki o'rmon yog'pchlarini olish uchun ularni ekan vaqtdan to tayyor yog'och materialised bo'lgunicha qancha vaqt o'rin ketadi. Mineral xomashyo resurslari zacirasi qazib olinishi bilan kòpayib boradi, ularni to'ldirib bo'lmaydi. Shunda "sarflangan kapital mablag'larning qaytimi (foydasi) qanday bo'ladi?" degan savollarni o'rganishga to'g'ri keladi.


Download 13.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling