Moliyaviy(pul) kapital - Moliya iqtisodiy kategoriya bo'lib, xo'jalikning barcha sohalarida pul munosabatlarini hosil qilish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Mazkur jarayonda iqtisodiy faoliyat ustuvor ahamiyatga ega, ya'ni u pul bo'lishini talab qiladi. Tovarlar va xizmatlar taqsimlanganda so'ng iste'mol qilinadi hamda qiymat shaklida turli xil maqsadlarni mo'ljallangan pul resurslari hosil bo'ladi. Shuningdek bu pul tovarlarga ayirboshlanadi, pirovardida iste'mol qondiriladi. Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondiga kirib yig'ilib boradi va moliyaviy resursga aylanadi.
Jismoniy(texnik) kapital - Ishlab chiqarishning turli xil fazalarida ishlatiladigan va insonning mehnat unumdorligini oshiradigon(stanoklar, binolar, kompyuterlar va oshunga o'xshashlar) moddiy vositalar yig'indisidir. Jismoniy kapital – ayrim qimmatbaho qog'ozlardan foydalanish bo'yicha huwuqlar majmuasi. Lekin bu huquqlar uning egasiga hech qanday mehnat xarajatlarisiz daromad keltiradi. Boshqacha qilib aytganca, jismoniy kapital tovarlar ishlab chiqarish va ishlardi bajarishda ishtirok etadigan, ilgari ishlab chiqarilgan tovar zapaslari hisoblanadi.
Insoniy kapital. - Ular investitsiyalarning natijasi bo'lib, ma'lum davr mobaynida daromad kestirib turadi. Insoniy kapital bu shunday qo'yilmalarki, ular kishining jismoniy va aqliy qobiliyatlarini ko'paytirishga olib keladi, kishilarda to'plangan daromad keltirmen olish qobiliyati, tug'ma iqtidor va qobiliyatni, shijoatni, shuningdek, bilim va olingan kasb malakasini o'ziga to'plagan bo'ladi. Inson kapitali ham mashina va dastgohlarga o'xshash – insonning o'zi uchun, o'zi yoki ota-onalari yordamida o'qishi uchun, malakasini oshirishi uchun investitsiya xarajatlari hisobiga yaratiladi.
Investitsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |