Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari
Qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari
Download 339.2 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. 2-maruza
2.3. Qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari Ko‘rib chiqilgan masalalar qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning butun milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaragandan majburiy chora emas, balki ob’ektiv zarurat va hatto davr talabidir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog‘i “oqsayotgan” bo‘lsa, xo‘jalikni boshqarishda bozorga xos bo‘lmagan usullarni qo‘llayotgan bo‘lsa, bunday iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti deb bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni (tarmoq iqtisodiyotini ham, milliy iqtisodiyotni ham) faqat boshqaruvning barcha pog‘onalarida, hamma joyda bozor mexanizmlari amal qilgan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti deb atash mumkin. Bunga erishmaguncha bozor iqtisodiyoti haqida jiddiy gapirish mumkin emas. Afsuski, bugungi kunda qurilish majmuasining ahvoli aytarlik yaxshi emas, bu tarmoq ilgari ham ob’ektlarning qurilishi haddan tashqari “uzoq vaqtga cho‘zilishi”, bitmagan qurilishlar soni ko‘payishi, kapital qo‘yilmalarning son- sanoqsiz ob’ektlarga taqsimlanib ketgani, yo‘qotishlar, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan harajatlar va boshqalar tufayli har doim ham yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lavermas edi. Bugungi kunda esa kapital qurilishni jonlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun boshqacha chora-tadbirlar kerak bo‘lmoqda. Shu maqsadlarda «Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida» O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni (06.05.2003 y., № PF-3240) e’lon qilindi. Unda asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagilar ko‘zda tutilgan: 1) pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish; 2) xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, qurilish sohasida o‘rta va kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; 3) kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda buyurtmalarni joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan foydalanishga tayyor holda («qulf-kalit»gacha) topshirish shartlari asosida amalga oshirish; 4) investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini oshirish, ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning moddiy-texnik bazasini yangilash; 5)tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir- ikki bo‘g‘inli boshqaruv tizimlariga o‘tish;
6)qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to‘lovni ishlarning tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish; 7)qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish va sifatini oshirish. Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda uni amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan. Quyida ko‘rsatilgan ob’ektlarning texnik-iqtisodiy asoslashlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi: a)xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan holda hukumat kafolati asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar, loyihaning qiymatidan qat’i nazar; b) respublika investitsiya dasturiga kiritilgan, har yili davlat budjeti bilan birga tasdiqlanadigan ob’ektlar. Investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari va boshqa kerakli hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagunga qadar belgilangan tartibda tegishli ekspertizadan o‘tishi lozim. Investitsiya va qurilish loyihalarining tanlov asosida tanlab olinishi qurilish majmuasini tashkil qilish va uni boshqarishdagi eng muhim nuqtalardan biriga aylanib bormoqda. U ayniqsa quyidagi hollarda keng qo‘llanilmoqda: loyihalash, injenerlik-tadqiqot ishlari, konstruktorlik ishlari va hokazo; ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bino va inshootlarini, korxoalarni qurish va texnik qayta jihozlashda, shu jumladan “qulf-kalit” qilib topshirishda; komplekt texnologik asbob-uskunalar va boshqa mehnat vositalarini yetkazib berishda; loyihani boshqarishda, maslahat xizmati ko‘rsatishda, nazoratda. Tanlovlarning (tenderlarning) samarasini oshirish maqsadida va pudrat bozorida raqobatchilikni kuchaytirish maqsadida bu bozorda maxsus qoidalar va talablarga rioya qilingan holda xorijiy loyihalash va qurilish kompaniyalarining qatnashishi ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni qurilish majmuasi, butun iqtisodiyot kabi, avvalgi “yopiq” holatini yo‘qotib, mamlakatdagi qonunchilik doirasida xorijiy investorlar uchun ochiq bo‘lib bormoqda. Shu munosabat bilan investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning va ekspertlarning malakasi, roli kuchayib bormoqda. Ekspertlar kerakli professional ma’lumotga, tajribaga va kasbiy intuitsiyaga ega bo‘lishlari lozim. Xorijiy amaliyotda ekspertlarning xulosasi, odatda, qayta ko‘rib chiqilmaydi va hatto muhokama qilinmaydi. Bizning
sharoitlarda ekspertlar sifatida boshqaruv organlarining mutaxassislari, olimlar, tadqiqot va loyihalash tashkilotlarining xodimlari, turli sohadagi rahbarlar qatnashishi mumkin. Ekspertlarning vazifasi tashabbus-mantiqiy tahlil qilish va loyihada amalga oshirilgan hisob-kitoblarni tekshirib ko‘rishdan iborat. Ekspertlarning xulosasi loyihaviy ishlanmalar uchun tenderda qatnashishga asos bo‘la oladi. 2.4 Qurilishni shartnoma asosida tashkil etish Qurilish ob’ektlarini foydalanishga tayyor holda pudrat usulida qurish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarining taxminan 80 foizi shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital qurilish pudrat shartnomasi” asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentabrdagi 395-sonli qarorining 3-ilovasida ishlab chiqilgan va amaliyotga kiritilgan. Shartnomada quyidagi tariflar qo‘llaniladi:
bo‘lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o‘zgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi yozuvlar bilan birgalikda ob’ekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o‘rnatilgan asbob- uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo‘llanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ayrim mas’uliyatli konstruksiyalarni oraliq davrda qabul qilinishi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob- uskunalarning yakka tartibdagi sinovi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar; qurilish maydoni - mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma bo‘yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi. Ob’ektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo‘yiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo‘yiladi; vaqtinchalik inshootlar - Pudratchi tomonidan qurilish maydonida o‘rnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar;
aniqlash mumkin bo‘lmagan, keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo‘yicha ob’ektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash. Pudratchi shartnoma shartlariga ko‘ra loyihada ko‘zda tutilgan ob’ektni foydalanishga tayyor holda qurish bo‘yicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno: qurilish qiymatini ko‘paytirishga yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab bo‘lganda; ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan o‘zgartirilganda; ob’ektning qurilishi bir yildan ortiqqa o‘zgartirilganda.
Qurilish muddati bir yildan ortiq bo‘lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Pudratchining majburiyatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: barcha ishlarni shartnomada ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda o‘zining kuchlari yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni buyurtmachiga shartnoma shartlariga muvofiq topshirish; qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash; qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish; buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili to‘g‘risida xabardor qilish; qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, o‘tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo‘yicha zarur tadbirlar bajarilishini ta’minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o‘rnatish; qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish; mazkur shartnoma bo‘yicha ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini o‘ziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo‘shatish; qurilish maydoni qo‘riqlanishini ta’minlash; Pudratchi shartnoma bo‘yicha barcha ishlarning o‘z kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda ob’ektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun buyurtmachi oldida to‘liq mulkiy javob beradi. Buyurtmachining majburiyatlari asosan quyidagilardan iborat: shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda shartnomaga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo‘lgan qurilish maydonini ob’ekt qurilishi va qurilish tugallangungacha bo‘lgan davrda dalolatnoma bo‘yicha pudratchiga berish;
ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni ta’minlash; pudratchining barcha murojaatlarini o‘n kun muddatda ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish; moliyalashtirish jadvaliga binoan pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish; shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida pudratchiga ishlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ijro hujjatlari ro‘yxatini taqdim etish; Pudratchi shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi avans to‘lovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi. To‘lovlar va hisob-kitoblar bo‘yicha quyidagi shartlar belgilanadi:
Buyurtmachi pudratchiga shartnoma bo‘yicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga 15 foizdan) bo‘lgan holda avans o‘tkazadi; Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq ob’ektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining 50 foizigacha doirasida amalga oshiriladi. Ob’ektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 50 foizi uchun buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin ikki bosqichda; ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida; shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom bo‘lgandan keyin - ishlar qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi. Pudratchi ob’ekt foydalanishga topshirilgunga qadar shartnoma bo‘yicha ob’ektga mulk huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ob’ekt buyurtmachiga topshirilgunga qadar ob’ektning tasodifiy yo‘q qilinishi va shikastlanishi xavfi pudratchining zimmasida bo‘ladi. Buyurtmachi shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘lashdan ozod qilinmaydi. Buyurtmachi qurilish maydonida o‘z vakilini - texnik auditorni tayinlaydi, u buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustn Respexnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshirib boradi. Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o‘z fikrini bayon qiladi. Pudratchi daftarda buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko‘rsatilgan kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda bo‘lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Qabul qilib olingan paytdan boshlab ob’ekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi. Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudratchi va buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi. Agar pudratchi bajarilgaiy investorlar sonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko‘rsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda buyurtmachi kafolat summasini pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega: shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra pudratchi tomonidan bir oydan ko‘p vaqtga kechiktirilganda; ishlarni tugatishning shartnomada belgilangan muddati pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga ko‘paygan holda, pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda; pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish me’yorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda. Pudratchi quyidagi hollarda shartnoma ni bekor qilish huquqiga ega: ishlarning bajarilishi pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yilganda; buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda. ob’ektni foydalanishga tayyor holda qurishga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari to‘xtatib qo‘yilgan ob’ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qaroriga asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi va shartlarini esa ushbu Qarorda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom» belgilaydi. Nizom tanlov savdolarini o‘tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini belgilab beradi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Umumiy qoidalar Tanlov savdolari qatnashchilari Tanlov savdolari shakllari Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari Tanlov savdolarini o‘tkazishga tayyorgarlik Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi Ofertalarni taqdim etish Tanlov savdolarini o‘tkazish va ularni yakunlash
Ушбу схемани матннинг электрон версияси ор=али слайд шаклида диапроектор ор=али намойиш этиш мумкин. 2-илова Tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi monitoringi Narxlarga tuzatishlar kiritish va sug‘urta Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari Tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi
1.Umumiy qoidalar Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida markazlashtirilgan manbalar (davlatning kapital qo‘yilmalari), davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishda majburiy hisoblanadi. Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilish ob’ektlari uchun Nizom talablari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi. Nizom, agar xorijiy kreditlar va grantlar berish shartlariga ko‘ra o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lsa, tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga joriy etilmaydi. Tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror buyurtmachi tomonidan faqat tanlov savdolari predmeti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank ma’lumotnomasi, qurilishlarning aniq ro‘yxati, davlat boshqaruv organi qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan ta’minlangan taqdirda qabul qilinadi. Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari predmetining hisoblab chiqilgan qiymati;
tashkil etiladigan vaqtinchalik organ; baholovchi komissiya - erkin savdoda xaridni amalga oshirishda buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ; baholash mezonlari - talabgorlarni tanlash hamda ofertani baholash va savdolar g‘olibini aniqlash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar; buyurtmachi - investor yoki tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda investor tomonidan belgilangan yuridik shaxs; talabgorning malakasini oldindan aniqlash - tanlov savdolarida qatnashishga qo‘yish uchun talabgorlarni tanlash; investor - tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga o‘z mablag‘larini yoki qarz olingan mablag‘larni (budjetdan moliyalashtirishda - nazarda tutilgan mablag‘larni) qo‘yuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ob’ektlar va asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish;
oferent tomonidan buyurtmachining talabiga ko‘ra ular bo‘yicha dastlabki majburiyatni bank beradigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkreditivlar, cheklar shaklidagi tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan istalgan majburiyatning, yoxud ta’minlashning boshqa turlarida ta’minlanishi;
talabgor - ofertasi savdo tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar taklif etilgan shartlarda tanlov savdolarida qatnashish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Download 339.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling