Karbon kislotalar


Download 52.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.03.2023
Hajmi52.36 Kb.
#1255211
Bog'liq
Karbon kislotalar - Vikipediya



Karbon kislotalar
Karbon kislotalar – tarkibida karboksil guruh saqlovchi organik birikmalar. Karboksil guruh bilan
bogʻlangan radikalga qarab K.k. alifatik (toʻyingan, toʻyinmagan), alitsiklik, aromatik va
geterotsiklik boʻlishi mumkin. Karboksil guruhning soniga qarab bir, ikki va koʻp asosli yoki
molekulasiga —ON, =SO, N, kabi guruhlar kirishiga qarab oksi-, keto- va amino- K.k. deb ataladi.
K.k. koʻpincha, anʼanaviy (trivial) nom bilan ataladi: sirka, salitsil, moy, kapron valerian kabi
kislotalar kuchsiz boʻlib, dissotsialanish konstantasi 1,410 5 atrofida. Lekin karboksil guruhi
elektrofil radikal bilan bogʻlangan boʻlsa, uning kislotalik kuchi ortadi, mas, benzoy kislota
(S6N5SO-ON), propiol kislota (NS=S-SOON) va b.
K.k. kimyoviy faol boʻlib, karboksil guruhining gidroksilini boshqa guruhlarga almashtirishi mumkin,
mas, K.k. spirtlar taʼsirida, mineral kislotalar ishtirokida) murakkab efirlar, RS15, tionil xlorid,
sulfuril xlorid taʼsirida esa xlorangidridlar, suv tortib oluvchi vositalar ishtirokida esa angidridlar
(RCO2)2O hosil qiladi. K.k. amidlarini xlor angidridlarga ammiak, aminlar taʼsir ettirib olish mumkin.
K.k. radikal qismi boʻyicha ham turli xil reaksiyalarga kirisha oladi.
K.k. tabiatda erkin va birikma holida keng tarqalgan. Ular yogʻ, efir moyi, hoʻl mevalar tarkibiga
kiradi. K.k. tabiiy birikmalardan (yuqori yogʻ kislotalari, limon kislotasi va b.) yoki sintetik usulda,
mas, spirtlar, aldegidlarni oksidlab olinadi. Achitish (moy kislotali, sut kislotali, sirka kislotali
achitish) yoʻli bilan K.k. olish ham keng tarqalgan. K.k. va ularning hosilalari xalq xoʻjaligida keng
qoʻllaniladi. Mac. paxta moyidan olinadigan distillangan yogʻ kislotalari asosida turli xil sovunlar
tayyorlanadi. Telomerizatsiya usulida olingan yuqori tarmoqlangan yogʻ kislotalar (VIK) asosida
lok, emallar i.ch. yoʻlga qoʻyilgan.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 1 yil avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Kimyoga oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Karbon_kislotalar&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Karbon_kislotalar&oldid=227
8194
" dan olindi

Download 52.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling