Karies va uning turlari


Download 498.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi498.33 Kb.
#1406847
Bog'liq
Camu Mahmudov DiyorbekS122



KARIES VA UNING TURLARI
Karies
— og’iz bo’shlig’ining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir. Karies
paydo bo’lganda avvalo tish emali shikastlanadi, agar davolanmasa, u dentin
(tishning qattiq to’qimalari) ni shikastlaydi. Karies lotin tilidan olinganda
«chirish» degan ma’noni anglatadi, xalq orasida karies «tish chirishi», «tish
qurtlashi» degan atamalar bilan nomlanadi, ikkinchi atamani ishlatish tibbiyot
nuqati nazaridan biroz noto’g’ri.
Kariesning dastlabki belgisi — tish emalidagi qora dog’lar paydo bo’lishi. Agar bu
dog’larga e’tibor berilmasa, karies diametri oshishi va patologiya tish
to’qimalariga chuqurroq tarqalib, «teshik» paydo qilishi mumkin. Karies tish
emalini va dentinni shikastlab, teshib o’tsa, u pulpa (tish yumshoq to’qimalari) ga
yetib boradi va juda kuchli og’riqqa sabab bo’lishi mumkin. Pulpaning
yallig’lanishi — pulpit deya nom olgan.
Tishning zararlanishi darajasi qarab kariesni 
dog’lar
(tish sirtida rang o’zgarishi),
yuzaki karies
(sirt zararlanish), 
o’rta karies
(dentinning yuqori qismi
zararlangan) va 
chuqur karies
(dentin deyarli butunlay zararlanib, pulpagacha
yetib borgan) ga ajratishadi. Bundan tashqari, emal, dentin va ildiz sementlarining
karieslari alohida tasni anadi — ildiz sementi kariesida kasallik milk ostida paydo
bo’ladi.


Yuzaga kelishi joyiga qarab 
ssur 
(tish chuqurchasida sodir bo’ladi), 
approksimal
(tishlar orasida) va 
bo’yin oldi
(milk yaqinida yoki undan pastda) kariesi
tasni anadi. Bundan tashqari, oldingi tishlarning karieslari ham mavjud bo’lib,
ular ayniqsa tabassum estetikasiga salbiy ta’sir qiladi. Odatda oldingi tishlar
zararlanganda, hatto stomatologlardan qo’rqqanlar ham ularga darhol murojaat
qilishadi.
Stomatologga tashri dan ozod bo’lish uchun og’iz bo’shlig’ini o’zingiz mustaqil
tekshirishingiz kerak. Agar kariesni dastlabki bosqichda aniqlasangiz, uni tish
shifokori yordamisiz ham to’xtata olasiz.
TISH KARIESI BELGILARI
Sizda tish kariesi bor-yo’qligini aniqlash juda oson. Tish sirti rangi o’zgarishi (dog’
qoramtir yoki oqimtir bo’lishi mumkin) yoki uning tuzilishi, masalan g’adir-
budurligi — kasallik paydo bo’lishidan dalolat beradigan alomatlardir. Shuningdek,
ovqatlanganda tish og’rig’i, ayniqsa shirin, issiq va sovuq ta’sirida yuz beradigan
kuchli og’riq ham kariesdan dalolat beradi. O’g’izdan nohush hid kelishi ham
kasallik alomati bo’lishi mumkin.
Agar kasallik o’rta bosqichga o’tib ketgan bo’lsa, tishda chuqurcha paydo bo’lgan
bo’ladi — odatda u til bilan osonlikcha seziladi. Biroq, «teshik» faqatgina karies


tufayli sodir bo’lmaydi, aniq tashxisni faqat tish shifokori qo’yadi.
KARIES SABABLARI
Kariesning (tish chirishining) asosiy sababi — kislotalar ishlab chiqaradigan
bakteriyalardir, ular tish to’qimasidan ftor va kaltsiyni yuvilishiga sababchi bo’ladi.
Mikroorganizmlar og’iz bo’shlig’ini tozalashdan 1-2 soat o’tgach, ko’payishni va
tishni shikastlashni boshlaydi va tishda karash paydo qiladi.
So’lak ajralishining yetishmovchiligi ham karies rivojlanishiga hissa qo’shishi
mumkin. Aslida, so’lakning mineral moddalari bakteriyalar tomonidan ishlab
chiqariladigan kislotalarni qisman bartaraf qilishga qodir. So’lak juda kam hosil
bo’lganda, kislotalar tishlarni tezda yemirishni boshlaydi. Bundan tashqari, so’lak
qisman karashlarni yuvib turadi. Kserostomiya (og’izda «quruqlik») turli
kasalliklar, masalan qandli diabet, gipertoniya, burundan nafas olishning buzilishi
natijasida rivojlanishi mumkin.
Bundan tashqari, tishning yemirilishga tez-tez shirinliklarni iste’mol qilish
ham sabab bo’lishi mumkin va bu qancha glyukoza iste’mol qilinganiga emas,
balki qancha vaqt davomida tishlar bilan aloqa qilganligiga bog’liq, ya’ni tishlarga
«yopishib» qolishi davomiyligi. Noto’g’ri ovqatlanish nafaqat tishga, balki
umuman og’iz bo’shlig’ining salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
!


Agar karies aniqlangan bo’lsa, siz ovqatlanishga o’zgartirishlar kiritishingiz, og’iz
gigienasiga ko’proq e’tibor berishingiz, shuningdek tarkibida kaltsiy va ftor yuqori
bo’lgan tish pastalariga afzallik berishingiz kerak. Tish shifokori huzuriga borish
majburiydir. Faqat kariesni o’z vaqtida davolashgina tishlarni saqlab qolishga
yordam beradi.
TISH KARIESINI DAVOLASH
Agar karies dog’ bosqichida bo’lsa, tishlarni yetarli darajada ftor va kaltsiy bilan
to’yintirish uni bartaraf qilish uchun yetarli hisoblanadi. Agar kasallik sirtki, o’rta
yoki chuqur bosqichda bo’lsa, bormashina ishlatmay, ehtimol boshqa chora
bo’lmaydi. Kariesni davolash uchun tishning zararlangan qismini arralab tashlash
va uning tabiiy shaklini plomba materiallari yordamida tiklash kerak. Chuqur
karieslarni davolashda, odatda, stomatologga ikki marta tashrif buyurish kerak
bo’ladi — birinchi marta vaqtinchalik plomba, so’ngra esa doimiy plomba qo’yiladi.
Agar karies plomba ostida paydo bo’lsa, uni aniqlash uchun rentgenogra ya
qo’llaniladi.
Kariyeslarni davolashning ikkita asosiy usuli mavjud: noinvaziv («arralashsiz») va
invaziv (ta’sirlangan to’qimalarni arralab tashlash bilan). Usulni tanlash
kasallikning bosqichiga bog’liq.
Shuningdek, Karies, boshqa omillar bilan bir
qatorda, immunitet tizimi faoliyatining buzilishi
sababli ham rivojlanishi mumkin. Buzilshning
sababi esa stress bo’lishi mumkin. Stress,
shuningdek, og’iz bo’shlig’ida mineralizatsiya
jarayonlarini sekinlashtira oladi.
!


ARRALASHSIZ KONSERVATIV DAVOLASH
Ushbu davolashda arralash qo’llanilmaydi. Ushbu usul, agar kasallik dastlabki
bosqichda bo’lsa, ya’ni emalning rangi o’zgargan bo’lsa yoki bemor organizmining
xususiyatlari (masalan, og’riqsizlantiruvchi preparatlarga allergik reaktsiya)
mavjud hollarda qo’llaniladi.
Noinvaziv usulning mohiyati emalning yumshoq karashi va minerallanishini olib
tashlashdir. Davolash bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: tekshirish,
milkdan ajratish va zarur materiallarni qo’llash. Jarayonning davomiyligi
taxminan bir soatcha bo’ladi, bu jihozlarga va stomatolog malakasiga bog’liq. Agar
davolanish sifatli amalga oshirilsa, kasallik tishlar to’g’ri parvarish qilinganda
qaytalanmaydi. Biroq, bemor yana o’z yomon odatlaridan voz kechmasa, bu yerda
shifokorning aybi bo’lmaydi.
TISHNING QATTIQ TO’QIMALARINI ARRALASH
BILAN DAVOLANISH
Tishning zararlangan qismlariga og’riqsizlantirish bilan apparat yordamida ishlov
berish. Davolash bosqichlari kasallikning bosqichiga bog’liq.
O’rtacha karieslar quyidagi sxema bo’yicha davolashadi:
Og’riqsizlantirish;
Mexanik va dori-darmonlar bilan ishlov berish;
Himoya qoplamasi o’rnatish;
Plombalash materiallari yordamida tishning anatomik shaklini tiklash;
Silliqlash va pardozlash.
Chuqur kariesda qoplama qo’yishdan oldin zararlanish darajasini tekshirish talab
qilinadi, ya’ni ta’sirlangan pulpaning yuzaga qanchalik yaqin ekanligini. Bu
davolanishdan so’ng og’riq yuzaga kelmasligi uchun amalga oshiriladi. O’rta va
chuqur kariesni davolash davomiyligi bir soat, ba’zan ikki soatgacha davom etadi.
O’rtacha karieslar, avval aytganimizdek, odatda bir marta tashrif buyurish bilan
davolanadi, chuqur karies bo’lganda esa stomatologga ikki marta tashrif buyurishi


kerak, og’ir holatlarda — uch yoki undan ko’proq marta. Davolashning
samaradorligi foydalaniladigan dorilarning sifatiga, mutaxassisning malakasiga va
organizmning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Noto’g’ri oziqlanish va yomon
gigiena, shuningdek zaif immunitet bo’lganda kasallik bir muddatdan keyin yana
qaytalanishi mumkin.
ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI
Kariesni davolashda zamonaviy yondashuvlar — yangi usullardan biri kimyoviy-
mexanik usul hisoblanadi. Bu usul zararlangan tish sohasiga maxsus vositalar
qo’yish va keyin tishning zararlangan qismini olib tashlash va plombalashdan
iborat. Ushbu usulning afzalliklari — og’riqsiz kechishi va chuqur arralashning
hojati yo’qligi.
Patologik to’qima shuningdek kuchli havo yoki suv purkash natijasida, maxsus
kukunlar qo’llagan holda olib tashlanishi mumkin. Ammo bu usul faqat kariesning
dastlabki bosqichlarida samarali bo’ladi. Zararlangan joylar lazer bilan olib
tashlanishi ham mumkin. U ta’sirlangan to’qimalarni taniydi va bug’lantirib
yuboradi. Bunday zamonaviy usullar albatta ko’p noqulaylik tug’dirmaydi va
og’riqsiz kechadi, ammo bunday muolajalar bemorga ancha qimmatga tushishi
mumkin.
KARIESNI OLDINI OLISH
Tishlarni kariesdan himoya qilish uchun, tishni yuvayotganda ularni supuruvchi
harakatlar bilan tozalash kerak. Ushbu muolaja bo’yicha harakatlar kamida 3-5
daqiqa bo’lishi kerak. Tilni tozalashni ham unutmang. Ovqatlangandan keyin
albatta tishlaringizni tozalang. Oziqlanish ham karies rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Shirin yoki juda nordon (yashil olma, limon) iste’mol qilganingizdan keyin biroz
suv iching va og’zingizni yaxshilab chayqab tashlang. Kaltsiy va ftorga boy bo’gan
meva va sabzavotlar iste’mol qiling, shuningdek vitamin C va D ga ham e’tibor
qarating. Xom sabzi tishlari sog’lig’iga ayniqsa foydali ta’sir ko’rsatadi.
Har olti oyda bir marta tish shifokoriga tashrif buyurib turish kerak, shunda
kariesni dastlabki bosqichda aniqlash va uning rivojlanishining oldini olish
mumkin bo’ladi. Zero karies nafaqat tish yuzasida, balki bemor ko’ra olmaydigan
tish sohalarida bo’lishi ham mumkin.

Download 498.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling